O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org
zonasi. Tayga
landshaftlari
egallagan
maydoni
jihatidan
Yevrosiyoning boshqa zonalari orasida yetakchi rol o‘ynaydi. Tayga asosan
Rossiya hududida keng tarqalgan bo‘lib, uning maydoni 9 mln. km2 dan oshadi.
Fennoskandiyaning ham katta qismi tayga landshaftlari bilan band. Taygada
podzol va muzloq-tayga tuproqlari ustida rivojlangan igna barg‘li o‘rmonlar
hukmronlik qiladi.
Taygada yoz oylari tundra va o‘rmon-tundra zonalariga Qaraganda iliqroq,
qishi esa sovuqroq bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha harorati shimoliy taygada 13°S dan
janubiy taygada 19°S gacha ko‘tariladi. Zonaning sharqiy qismida ko‘p yillik
muzloq yerlar keng tarqalganligi sababli termokarst hodisalari ko‘p uchraydi.
Tayganing materik muzliklari qoplagan ko‘pchilik rayonlarida tepalik va gryadali
morena landshaftlari yaxshi saqlagan. Zonaning yog‘ingarchilik ko‘proq
bo‘ladigan mutadil kontinental iqlimli g‘arbiy va sharqiy chekka qismlarida
yellardan tarkib topgan qoramtir igna barg‘li o‘rmonlar, keskin kontinental iqlimli
o‘rtaliq qismida tilogochlardan tarkib topgan yorug‘ igna barg‘li o‘rmonlar usadi.
Qoramtir o‘rmonlar asosini yYevropa yeli, pixta, kedr va qarag‘aylar, yorug‘
o‘rmonlar asosini Sibir tolog‘ochi, Sukachyov tilog‘ochi, Dauriya tilog‘ochlari
tashkil etadi. Taygada mayda barg‘li daraxtlardan qayinlar, tog‘ teraklar aralash
holda uchraydi.
Tayga zonasi ham o‘rmon-tundraga o‘xshash kuchli botqoqlangan. Jumladan
G‘arbiy Sibir pasttekisligi taygasining 70% maydoni botqoqliklar bilan band. Bu
joylarda baland (oligotrof) botqoqliklar hukmronlik qiladi. Botqoqliklarda oliy
sifatli va qalin qatlamli sfagn torflari hosil bo‘lgan. Fitomassalarning umumiy
zaxirasi shimoldagi tabiat zonalariga nisbatan ancha ko‘p bo‘lib, o‘rta va janubiy
taygalarda 150-300 t/ga ni tashkil etadi.
Tayga zonasi o‘rmon va o‘rmon-tundra zonalariga qaraganda Hayvonot
dunyoga boy. Uning tipik hayvonlari los, qo‘ng‘ir ayiq, olmaxon, silovsin,
oqquyon, sobol, burunduqlar hisoblanadi. Tayga zonasining eng katta boyligi
o‘rmonlar va muynali hayvonlardir. Taygadagi dastlabki inson ta’sirida
o‘zgarmagan o‘rmonlar materikning sharqiy qismida, aholi juda siyrak joylashgan
Sibir tekisliklarida va tog‘larida saqlanib qolgan.