deyarli bir xil bo‘ladi. Havo harorati yil bo‘yi 250-27°S ni, o‘rtacha yillik yog‘in
miqdori 3000-4000 mm ni tashkil etadi.
Yekvatorial nam o‘rmonlarning tuprog‘i asosan qizg‘ich-sariq ferralit laterit
tuproklardan va qisman dengiz sohillaridagi pastkam
tekisliklarda botqoq
tuproqlardan iborat. Ular ko‘p yarusli qalin o‘rmonlar bilan qoplanan. Malakka
yarim orolining 75% maydoni o‘rmonlar bilan band. O‘rmon o‘simliklari turlarga
boy. Birgina Malakkaning o‘zida 7,5 ming tur o‘simlik uchraydi.
Daraxtlarning
kesilishi tufayli o‘rmonlar maydoni keskin kamaymokda. Suv bosadigan dengiz
sohillarida ekvatorial nam o‘rmonlar mangra daraxtzorlari bilan almashinadi.
Mangra o‘rmonlarida
nipa palmasi, pandanuslar, mangralar va sho‘r
suvga
moslashgan boshqa o‘simliklar o‘sadi. Zona hududida yovvoyi buqa, malay tapiri,
fillar, karkidonlar, orangutan, gibbon, lemurlar va ko‘rshapalaklar yashaydi.
Topshiriq: Yuqoridagi reja va ma’lumotlardan foydalangan holda seminar
mashg‘uloti yozish.
Dostları ilə paylaş: