O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


AFRIKANING TABIAT ZONALARI (SEMINAR)



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə335/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

AFRIKANING TABIAT ZONALARI (SEMINAR) 

Reja: 
1. Afrika materigining tabiat zonalari. 
2. Balandlik iqlim mintaqalari.

Tabiat zonalari 
Afrika tabiat (landshaft) zonalarining geofafik joylashishi boshqa 
materiklardagidan keskin farq qilib, u yerda ekvatorial o‘rmonlar zonasidan
tashqari boshqa zonalar simmetriya hosil qilib ikki martadan takrorlanadn. Buning 
sababi ekvator Afrikani qariyb o‘rtasidan kesib o‘tib uni teng ikki kismga
bo‘lganligidir. Materikdagi landshaft zonalari anik, ifodalangan tabiiy chegaralarga 
ega bo‘lmay, ular bir-biri bilan keng o‘tkinchi polosa hosil qilib asta-sekin
almashinadi. Tabiat zonalarining asosiy xususiyatlarnni materikning iqlim sharoiti, 
tuproq-o‘simlik qoplami kabi asosiy omillar belgilaydi. Qupida siz Afrika
hududida mavjud bo‘lgan landshaft zonalarining ta’rif-tavsifi bilan tanishasiz. 


Yekvatorial o‘rmonlar zonasi. Kongo daryosi havzasini kesib o‘tgan
ekvatorning har ikki tomonida va Gvineya ko‘ltig‘i sohillarida Afrikaning nam 
ekvatorial zonasi joylashgan. Uning sharqiy chegarasi Sharqiy Afrika yassi
tog‘ligigacha borib, taxminan 30° sharqiy uzoqlikdan o‘tadi. Ekvatorial iqlim 
mintaqasida ekvatorial o‘rmonlar zonasining hosil bo‘lishi yil bo‘yi issiqlik va
namlik miqdorining ko‘pligi bilan bevosita bog‘liqdir. Sharqiy Afrikada esa shu 
kengliklarni o‘zida nam ekvatorial o‘rmonlar o‘rniga siyrak o‘rmonlar va
savannalar vujudga kelgan. Chunki bu yerlarda yilning aksariyat paytlarida quruq 
passatlar sirkulyatsiyasi hukmronlik qilib turadi.
Yekvatorial o‘rmonlar zonasi tipik ekvatorial iqlim harkteriga ega. Bu yerda 
Quyosh nuri yil bo‘yi tik tushadi va harorat bir xil bo‘ladi. Yil davomida o‘rtacha
harorat 26°, 27°S ga teng. Yog‘in mikdori 2000-3000 mm va undan ham ko‘proqni 
tashkil etadi. Yomg‘ir yil bo‘yi deyarli bir tekisda taqsimlangan. Faqat Gvineya
qo‘ltig‘i sohillarn baxor va kuzda namgarchilik kuchli bo‘ladi. 
Yekvatorial o‘rmonlar zonasida tarkib topgan tuprokdarning ona jinslari
temir birikmalariga juda boy. Bunday ona jinslarning ustida hosil bo‘lgan 
tuproqlarning rangi ham qizil bo‘ladi. Shuning uchun bu tuproqlar qizil-sariq,
lateritlar yoki ferralitlar deb , nomlangan. Ekvatorial o‘rmonlar zonasining iqlim 
sharoiti o‘simliklar va mikroorganizmlar xayoti uchun juda qulay, bu hol tuproq
hosil bo‘lish jarayoniga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqqa tushadigan organik 


moddalar oxirigacha parchalanib, tuproqqa singa olmaydilar. Chunki organik


ozuqalarni o‘simlik qoplam tezda so‘rib olib, uzoq vaqt o‘z tarkibida saqlaydi. 
Ekvatorial o‘rmonlarda namgarchilik yil bo‘yi ko‘p bo‘lishi tuproqning to‘xtovsiz
yuvilib turishiga, pastqam joylarda botqoqlanishiga olib keladi.
Yekvatorial o‘rmonlar zonasi o‘simlik turlariga nihoyatda boy. Bu zonada
o‘simliklarning 25000 turi mavjud. Faqat daraxt turlarining o‘zi 3000 ga yaqin. 
Shulardan 1000 ta turi o‘rmonlarning yuqori yarusini tashkil etadi. Yuqori yarus
tarkibidagi daraxtlarning balandligi 40-80 m gacha yetadi. Bunday daraxtlarning 
shoxlari faqat ularning yuqori qismidagina bo‘ladi, qolgan tanalari ustunlarga
uxshab turadi. Ularning ostida uncha baland bulmagan va yoruglikni kamroq 
sevuvchi daraxtlar bir necha yarus bo‘lib o‘sadi. Bu o‘rmonlar shakllanish tarixiga
ko‘ra eng qadimiy, keksa relikt o‘rmonlar hisoblanadi. 
Yekvatorial o‘rmonlarning yuqori yarusi fikuslar, xilma-xil palmalar, kola
va seyba daraxtlaridan tarkib topgan. Quyi yaruslarda bananlar, daraxsimon 
qirqquloqlar, kofe daraxti, kauchuk beradigan daraxsimon lianalar-landolfiyalar
ko‘pchilikni tashkil etadi. Lianalar daraxtlar tanasiga va shoxlariga chirmashib 
o‘sib, o‘rmonda utib bulmaydigan changadzorlarii hosil qiladi.
Yekvatorial o‘rmonlar qimmatbaxo o‘simliklar vatani hisoblanadp. Bu yerda 
keng tarqalgan palmalarning mevasidan eng qimmatli palma yog‘i olinadi. Ko‘plab
daraxtlarning yog‘ochidan uy jixozlari tayyorlanpb xorijiy mamlakatlarga 
chiqariladi. Qora va tuk yashil rangli eben daraxtining yog‘ochi, qizil daraxtnpng
yog‘ochi chet mamlakatlarga olib ketiladi. 
Yekvatorial o‘rmonlar zonasining hayvonot dunyosi juda boy. Bu yerdagi
hayvonlarning boshqa zonada yashaydigan hayvonlardan farqi shundaki, ularning 
aksariyati daraxtlarda yashaydi. Daraxtlarda qushlar, kemiruvchilar va
xashoratlardan tashqari maymunlarning bir nema turlari-martishka, shimpanze va 
boshqalar ham yashaydi. Yerda yashaydigan hayvonlardan o‘rmon chuchqasi, mitti
qutos, afrika bug‘usi va jirafa oilasiga kiruvchi okaplar uchravdi. Okaplar Afrika 
uchun endemik bo‘lib, boshqa materiklarda uchramaydi. O‘rmonlarning eng qalin
joylarida yirik odamsimon maymunlardan-gorillalarning ikki turi saqlanib qolgan. 
Afrikada sernam tropik o‘rmonlar XX asrning boshlarida 2 mln. km2 maydonni
egallab olgan. Xozirgi paytda esa 1 mln. km2 ga yaqin maydonda o‘rmonlar 
saqlanib qolgan. Dexqonchilik qilish uchun yer ochish va yog‘och tayyorlash
maqsadida katta-katta maydonlardaga o‘rmonlar kesib yuborilgan. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin