O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə338/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Subtropik zonalar. Subtropik landshaft zonalari Afrikaning shimoli-g‘arbiy
va eng janubiy qismlarida joylashgan. Subtropiklar materikinng shimoli-g‘arbiy 
qismida, O‘rta dengiz sohillarida va Atlas tog‘larining chekka qismlarida tarkib
topgan. Zona iqlimi O‘rta dengiz subtropik iqlim tipiga ega. Yog‘in miqdori 
tekisliklarda va tog‘ etaklarida 450-600 mm ga boradi, tog‘ yon bag‘rlarida esa
1200 mm dan ortadi. O‘rta dengiz subtropiklari yoz jazirama issiq va qish sernam 
iliq bulanganligi sababln doimiy yashil o‘simliklar keng tarqalgan. Bu yerdagi
o‘simliklar yozgi qurg‘oqchil davrga yaxshi moslashgan, ularning bargi mayda va 
dag‘al bo‘ladi.
O‘rta dengiz iqlim sharoitida jigar rang, uncha qalin bo‘lmagan qizg‘ish-
jigar rang tuproqlar hosil bo‘lgan. Ular unumdor joylar hisoblanadi. Sitruslarninng
asosiy qismi ana shu yerlarda yetishtiriladi. Subtropiklar zonasining tabiiy 
o‘simliklari zaytunlardan, pistalardan, mitti palmalardan iborat. Butalardan makvis,
ladannik, mirta, oleandralar o‘sadi. Past tog‘larning yon bag‘rlarida O‘rta dengiz 
zonasiga xos eman daraxtlaridan tashkil topgan o‘rmonlar uchraydi. Shimoliy
Afrikada bu zona sharqqa borgan sari subtropik cho‘l va chala cho‘l zonalari bilan 
almashinadi.
Janubiy Afrikadagi O‘rta dengiz tipidagi subtropiklar zonasi materikning 
eng janubi-g‘arbiy qismida uchraydi. Bu yerda yozning o‘rtacha harorati 210S ga
qishning o‘ratcha harorati 12°, 15°S ga teng. Qishshing ayrim kunlarida tuproq 
qoplami muzlashi mumkin. Yog‘in 300-600 mm atrofida tushadi. Qish oylarida
yomg‘ir maydalab uzoq yog‘adi. Bu esa tuproqlarni yaxshi namlantiradi va ularni 
yuvilib ketishidan saqlaydi. Janubiy subtropiklar zonasi o‘simlik turlariga juda
boy. Bu yerda Shimoliy Afrikaga, Yevrosiyoga va Avstraliyaga xos bo‘lgan 
o‘simliklar uchraydi. Daraxt turlaridan kap zaytuni, kumush daraxti, afrika



yong‘og‘i, kap kashtani, sariq, daraxt, kedr deb ataladigan ulkan qora archalar


o‘sadi. Hayvonlardan kap arsloni, kanna antilopasi, buballar deyarli qirilib 
yuborilgan. Qurikxonalarda ko‘p miqdorda fillar saqlanib qolgan.

Topshiriq: Yuqoridagi reja va ma’lumotlardan foydalangan holda seminar 

mashg‘uloti yozish. 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin