O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə337/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Tropik chullar zonalari. Afrikada savannalar shimoliy va janubiy yarim
sharlarda asta-sekin tropik cho‘llar va chala cho‘llar landshaft zonalari bilan 
almashinadi. Landshaft zonalarining bundai namgarchilikdan qurg‘oqchilikka
qarab o‘rin almashunuviga sabab, tropik kengliklardagi tropik havo massalarining 
tarkibida namlikning nihoyatda kamligi, doimiy passatlarni hukmronligi va
oqibatda yog‘ingarchilikning kam bo‘lishidir. Binobarin, tropik cho‘llar va chala 
cho‘llar yog‘ingarchilik juda kam yog‘adigan, o‘simlik qoplamining siyrak
o‘sadigan, havo harrrati yuqori bo‘lgan landshaft zonalaridir. 
Shimoliy Afrikada cho‘l zonasi Janubiy Afrikadagiga Qaraganda juda katta
maydonni egallaydi. Bunga Shimoliy Afrika maydonining Janubiy Afrikaga 
nisbatan kattaligi va shimolda kontinental iqlimning barqarorligi sababdir.
Umuman, Afrika savanvalari va cho‘llar eng ko‘p tarqalgan materik hisoblanadi. 
Afrikaning shimoliy qismida Yer yuzidagi eng katta cho‘llardan biri Saxroi
Kabir yastanib yotibdi. Bu cho‘l zonasi uchun sutkalik va yillik haroratlar 
amplitudasining kattaligi xosdir. Masalan, sutka davomida eng yuqori va eng past
haroratning farqi havoda 45°S ni va tuproq yuzasida 7()°S ni tashkil etadi. Sutkalik 
harorat amplitudasining kattaligi fizik nurashning faollashigiiga ta’sir ko‘rsatadi.
Natijada bu jarayon tof jinslarini parchalab toshloq va qumli cho‘llarni mayda 
zarrachali jinslar bilan boyitadi. Sahroi Kabirda asosan toshloq qumli va gilli
cho‘llar katta-katta maydonlarni egallab yotadi. Qumli cho‘llarda va voxa 
atroflarida barhan tepaliklari kutarilib turadi.
Afrika cho‘l zonalarida chirindiga juda kambag‘al bo‘lgan tropik cho‘l 
tuproqlari uchraydi. Bunday tuproqlarning tarkibida chirindining kam bo‘lishiga
sabab o‘simlik qoplamining siyrak bo‘lishidir. Gilli cho‘llardagi tuproqlarda 
o‘simlik hayoti uchun zarur bulgan mineral tuzlar ko‘p bo‘ladi. Tropik cho‘l
zonalarining toshloq va qumli landshaft komplekslarining katta maydonlarida 
tuproq qoplami yaxshi rivojlanmagan va o‘simliklar kam uchraydi.
Tropik cho‘l zonalarida o‘simliklar umuman siyrak holda tarqalgan. 
Shimoliy Afrika cho‘l zonasining o‘rta polosasida butali akatsiya, pakana buyli
saksovul, yulg‘un, xad, tikanli butalar, boshoqli o‘simliklardan tariq, aristida va 
boshqalar o‘sadi. Cho‘l o‘simliklarining e’tiborli tomoni shundaki, ularning
ko‘pchiligida ildizi yaxshi rivojlangan. Bunday ildizlar juda chuqurdan va keng 
atrofdan suv yig‘ib olishga imkon beradi. Masalan, yantoq, juzg‘un, drin,
efedralarning ildizlari ana shunday xususiyatga ega. Ko‘p o‘simliklarning bargi 
suvni kam bug‘lantirishga moslashgan, shuning uchun juda mayda, hatto ular



ko‘pchilik o‘simliklarda tikanga aylangan. Sahroi Kabirning barcha vohalarida


xurmo o‘sadi. 
Shimoliy Afrika cho‘l zonasida issiq va quruq iqlim sharoitiga moslashgan
hayvonlar yashaydi. Antilopalar tipik cho‘l hayvoni hisoblanadi. Bu yerda 
toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar uzok, vaqt suvsiz yashaydi. Yirtqichlardan
giyenalar, chiyaburilar, tulkilar uchraydi. Har xil xashoratlar keng tarqalgan. 
Janubiy Afrika tropik cho‘llar zonasi Atlantika okeani sohillarida joylashgan
bo‘lib, ular kichik maydonni egallaydi. Qirg‘oq bo‘ylab chuzilib yotgan Namib 
cho‘lining iqlimining shakllanishiga Bengala sovuq oqimi ta’sir ko‘rsatib turadi.
Shuning uchun yoz oyida harorat 20°, 24°S, qish oyida 14°, 20°S bo‘ladi. 
Cho‘lning markaziy qismida yillik yog‘in miqdori 10 mm dan oshmaydi. Bu cho‘l
zonasi uchun yalang‘och urug‘lilar oilasiga mansub, uzoq geologik utmishdan 
saqlanib qolgan relikt velvichiya o‘simligi xosidir. Uning juda qisqa tanasi yer
yuzidan atigi 20 sm ko‘tarilib turadi va uzunligi 3 m ga yetadigan go‘shtdor 2 ta 
barg chiqaradi. Velvichga boshqa o‘simliklardan farq qilib 500-600 yil yashaydi.
Janubiy Afrika tropik cho‘llar zonasi sharqqa va janubga tomon chala cho‘l 
zonasi bilan almashina boradi. Chala cho‘llarda yostiqsimon tikanln o‘simliklar,
ayniqsa ixroj va aloelar ko‘p uchraydi. Bu yerda sersuv mevali yovvoyi tarvuzlar 
ham o‘sadi. Ularni mahalliy aholi suv o‘rnida iste’mol qiladilar va chanqoqligini
qondiradilar. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin