Tropik mintaqaning tabiat zonalari. Tropik mintaka Yevrosiyoda uncha
keng tarqalmagan va Osiyoni faqat janubi-g‘arbiy qismini egallab olgan. Unta
Arabiston yarim oroli, Eron tog‘ligi va Mesopotamiyaning janubiy qismlari hamda
Hind daryosi havzasining shimoliy qismi qaraydi. Tropik mintaqa hududida chala
cho‘l, cho‘l va savannalar zonalari joylashgan.
Tropik chala cho‘l va cho‘l zonalari. Mu’tadil va subtropik mintaqalarning
chala cho‘l va cho‘llariga nisbatan tropik cho‘llarda yoz jazirama issiq va havo
harorati juda yuqori bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha harorati 30°S ga teng. Atmosfera
yog‘inlari nihoyatda kam tushadi. Chala cho‘l va cho‘llarning barcha hududida
o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 100 mm ga yetmaydi; Arabiston yarim orolidagi
Rubal-Xali qumli cho‘li eng quruq va issiq joy hisoblanadi. Bu yerlarga ayrim
yillar bir tomchi ham yomg‘ir tushmaydi. O‘simliklar qisqa vaqt ichida rivojlanish
davrini tugatadi. Tropik chala cho‘l va cho‘llarda hayvonlar juda kam tarqalgan.
Arabiston cho‘llarida yovvoyi eshaklar-onagr, uchqur qiyiq yirtqichlardan sirtlon
va chiyabo‘rilar uchraydi. Chala cho‘l va cho‘llar qo‘y va tuyalarni boqishda
yaylov sifatida foydalaniladi.
Tropik savannalar zonasi.Bu zona Yevrosiyoning barcha landshaft
zonalariga nisbatan kichik maydonni egallaydi. Tropik savannalar asosan
Hindiston yarim orolining shimoli-g‘arbiy qismida va G‘arbiy Gat tog‘larining
sharqiy tog‘oldi kengligida joylashgan. Savannalarda tropik cho‘llarga nisbatan
yog‘in ko‘proq yog‘adi. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 250-500 mm. Baland bo‘yli
g‘alla gulli o‘simliklar yaxshi rivojlangan. Ahyon-ahyonda siyrak o‘rmonlar
uchraydi. O‘tli savannalar orasida daraxtlardan sal, tik, akatsiya va palmalar usadi.
Bulardan eng yirigi sal daraxti bo‘lib, uning balandligi 30-35 m gacha boradi.
Zonaning jigar rang-qizil tuproqlari baland bo‘yli savanna o‘tlari bilan qoplangan.
Subekvatorial mintaqaga yaqinlashgan sari tropik savannalrda yog‘ingarchilik
miqdori orta boradi, o‘rmonlar qalinlashib maydoni kengaya boradi. Shuning
uchun subekvatorial savannalar tropik savannalarga nisbatan namgarchilikka va
o‘rmonlarga boy.