249
Ishlarni yuqori sur‘atini ta`minlashda ishlab chiqarishning asosiy fondlari
(binolar,
inshootlar, jihozlar) dan, hamda ishchi kuchlaridan oqilona foydalanish,
xizmat ko‘rsatish
ishlari tannarxni kamaytirish, foydani va rentabellikni oshirish, bu
esa xizmatlarni vaqtida bajarilishidan dalolat beradi va u
mijozlarni jalb etishga va
ushlab qolishga imkon beradi.
Korxonani bir ma‘romda ishlashini ta`minlashda ishlab chiqarishni reja –
grafigining mavjudligi muhim o‘rin tutadi va u ishlarni vaqtida bajarilishini nazorat
qilish,
bunday nazorat, ishlab chiqarish jarayonida ayrim post va ustaxonalarda
vujudga keladigan kamchiliklarni o‘z vaqtida oldini
olish yoki bartaraf etishni
ta`minlaydi.
Ishlab chiqarish dasturini ayrim kunlarda bajarmasligiga sabab ehtiyot
qismlarni
vaqtida etkazilmaganligi, ishchilarni moddiy rag‘batlantirilmasligi bo‘lishi
mumkin.
Servis korxonasida bajariladigan ishlarning tezkor xisobni olib borishda asosiy
hujjat, naryad – buyurtma hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda naryad – buyurtma ayrim
ishlarni bajarishda korxona va mijoz orasida tuzilgan shartnoma bo‘lib ham xizmat
qiladi.
Naryad-buyurtmada quyidagilar keltirilishi lozim:
- ijrochi – korxonaning firmaviy nomi, manzili (yuridik adresi);
-
mijozning ismi sharifi, familiyasi, telefoni va manzili;
- buyuritmani qabul qilish sanasi, bajarish muddati;
- bajarilayotgan xizmatlarni narxi va uni to‘lash tartibi;
- transport vositalarining turi, modeli, davlat raqami, asosiy agregatlar raqami;
-
transport vositasining narxi, tomonlarning kelishuviga muvofiq aniqlanadi;
- bajariladigan xizmatlarning kafolat muddatlari;
- ijrochi ishchining ismi, sharifi, familiyasi.
Agar avtomobil uzoq muddatga ta`mirga qo‘yilsa, u holda dalolatnoma tuziladi
va unda zahira g‘ildiragi, domkrat, kalitlar komplekti va boshqalar ko‘rsatiladi.