O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov


SERVIS TIZIMLARINING UZLUKSIZ ISHLASHINI TA`MINLASH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   122
Usmanov darslik

5.9.
SERVIS TIZIMLARINING UZLUKSIZ ISHLASHINI TA`MINLASH
 
Servis tizimlarining uzluksiz ishlashini tashkil etishning texnologiyasi, ya‘ni 
barcha ishlar bajarilishining ketma – ketligi, tartibi ratsional, maqsadga muvofiq 
bo‘lishi kerak.
Ratsional texnologik jarayon quyidagi talablarga javob berishi lozim:
-
sodda va qulay bo‘lishi;
-
hammabop va universal bo‘lishi;
-
ishlarni yakunlashga imkon berishi;
-
xavfsizligi;
-
mexanizatsiya, avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish vositalarini keng 
qo‘llashga imkon berishi.
Ommabop texnologiya - uning hamma joylarda ham qo‘llash imkoniyati 
mavjudligidir. Universalligi deyilganda turli modeldagi, turdagi avtomobillarga 
xizmat ko‘rsatishda shu texnologiyani qo‘llash mumkinligi tushuniladi.
Texnologiyani tugallanishi avtomobil har bir ustaxonadan o‘tganda shu 
ustaxonada rejalashtirilgan ishlarni to‘la bajarilishi tushuniladi.
Servis xizmatini ko‘rsatuvchi yirik kopmaniyalar, firmalar o‘zlarining texnik 
xizmat ko‘rsatish stansiyalarida, avtomarkazlari uchun ishlab chiqarish jarayonlari 


252 
tashkil etilishining turli variantlarini ishlab chiqqanlar. SHulardan biri 5.6 rasmda 
keltirilgan.
Servis korxonalarida xizmat ko‘rsatish ish turlarining eng muhimi 
avtomobillarga TXK va ta`mirlashdir.
TXK va ta`mirlash ishlari ishlab chiqarish binosining maxsus jihozlangan 
ishchi postlarda va ustaxonalarda bajariladi (5.6-rasm).
5.6. Avtomobillarga servis xizmat korxonalarida xizmatni uzluksiz tashkil etish 
texnologik jarayoni:
avtomobillar xarakatining asosiy yo‟nalishi;
avtomobillar harakatining mumkin bo‟lgan yo‟nalishi. 
Avtomobilni yuvish – tozalash ishlari qo‘lda, yarim mexanizatsiyalashgan va 
to‘la avtomatlashtirilgan holda bajariladi. Bunda yuvish mashinalari, quritishni 
kamerasi va chang yutkichdan foydalaniladi.


253 
Avtomobillarni qabul qilish va egasiga topshirish posti ikki, to‘rt ustunli 
elektromexanik ko‘targich va kalitlar, priborlar komplekti bilan jihozlangan bo‘ladi.
Yirik va o‘rta quvvatni avtoservis korxonalarida TXK va ta`mirlash 
mintaqalarining ayrim ishchi postlari ixtisoslashgan bo‘ladi. Masalan: moylash posti, 
tormozlarni tekshirish, sozlash, suyuqligini almashtirish posti va hakazo.
TXK va ta`mirlashning barcha ishlari, chunonchi, sozlash, qotirish, agregatlar, 
qismlarni avtomobildan echib olish, joyiga qaytadan o‘rnatish universal postlarda 
bajariladi.
TXK va JT mintaqasida ishchi postlarning 70-80 % ko‘targichlar bilan 
jihozlangan bo‘ladi.
Ba‘zi avtoservis korxonalarida o‘z – o‘ziga xizmat ko‘rsatish postlari ham 
tashkil etiladi.
Avtomobillarga TXK ishlari ―Avtomobilning servis daftarchasi‖ tomonlariga 
asosan belgilanadi.
Har 10-15 ming km da bajarilishi mo‘ljallangan ishlar nomlari va hajmi 
keltiriladi.
1-sonli talon bo‘yicha TXK 20-30 ming km yo‘l bosilgandan so‘ng bajariladi, 
so‘ngra har 10-15 ming km da avtomobillarning konstruktiv va modellariga qarab 
o‘tkaziladi.
Avtoservis korxonalarida ishlab chiqarish texnologiyasining muhim tarkibiy 
qismlaridan biri bu jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va 
kompyuterlashdir.
Mexanizatsiyalash – yuvish – tozalash, agregatlarni avtomobildan echish va 
o‘rnatish, qismlarga ajratish, ko‘tarish – tashish, ombor xo‘jaligi ishlarida keng 
qo‘llaniladi.
Avtomatlashtirish – tashxis, yonilg‘i qo‘yish, avtomobillarni yuvishda 
qo‘llaniladi.
Kompyuterlash – hisob – kitob ishlarida, axborotlarni to‘plash, ularga ishlov 
berish, ishlab chiqarish jarayonlarini tahlili qilishda qo‘llaniladi.
Avtoservis korxonalarining funksional vazifalariga quyidagi ishlar kiradi:


254 
1)
avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash; 
2)
avtomobil agregat, uzel va mexanizmlarni ta`mirlash;
3)
avtomobillarni sotishga tayyorlash va sotuv oldi ishlarini bajarish;
4)
avtomobillarga kafolatli xizmat ko‘rsatish; 
5)
avtosavdo joylari – avtomobillar, ehtiyot qismlar bilan savdo qilish.
TXK mintaqalarda avtomobillarni tashxis qilish, qotirish – sozlash, moylash –
tozalash ishlari bajariladi. JT mintaqasida – avtomobil agregat – mexanizmlarda 
vujudga kelgan nosozliklarni tuzatish, ta`mirlash, nosoz agregatlarni avtomobildan 
echish, tuzatilganlarini avtomobilga o‘rnatish ishlari bajariladi.
Avtomobilni nosoz agregat va mexanizmlari ta`mirlash mavjud ta`mirlash 
ustaxonalarida bajariladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin