5.6.
XIZMATLARNI SERTIFIKATLASH TARTIBI, XIZMAT VA
BUYUMLARNI SERTIFIKATLASHDA SINOV
LABORATORIYALARINING O‟RNI
Mahsulotlar sifati va xavfsizligi bo‘yicha sertifikatlashtirish jarayoni
mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini sinash bilan amalga oshiriladi.
Sinash, sinov laboratoriyasining tartib va qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi hamda
sinov usuli me‘yoriy hujjatlarga asosan belgilanadi. Akkreditlangan sinov
laboratoriyalari muayyan mahsulotni yoki muayyan sinov turlarini, o‘rnatilgan
tartibda amalga oshiradi va sertifikatlashtirish uchun sinov bayonnomasini taqdim
etadi.
Bayonnoma mahsulotning amaldagi sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari
to‘g‘risidagi sinov natijalari bo‘yicha rasmiylashtiriladi, bu esa sertifikatni berish
yoki bekor qilish uchun xolisona asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu sertifikatni olish
huquqini tasdiqlovchi yagona talab emas, biroq bu ish zarurdir. Sinovlarni o‘tkazish
jarayoni 5.4-rasmda keltirilgan.
5.4-rasm. Sinovlarni o‘tkazish jarayoni.
244
O‘rnatilgan talablardan kelib chiqqan holda sinov laboratoriyasi va sinovlar
aniqlanadi. Sinov laboratoriyalari (sertifikatlashtirish jarayonidagi uchinchi tomon)
akkreditatsiya sohasiga kiruvchi mahsulotlarni sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini
sinashi, laboratoriyaning layoqatligi rasman tan olingan, sertifikatlashtirish ob‘ekti
iste‘molchilar, ta`minotchilardan mustaqil bo‘lgan shartlarda sinovlarni o‘tkazishga
huquqi mavjuddir.
Mahsulotlar sifati va xavfsizligini sinash bo‘yicha sinov laboratoriyalari
akkreditlashda so‘ralgan mahsulotlarni sinash laboratoriyalari (SL) va putur
etkazmasdan tekshirish (PT) laboratoriyalariga bo‘linadi, O‘z DSt ISO/IEC
17025:2007 va O‘z DSt 20.202:2001 standartlariga muvofiq umumiy talablar
bo‘yicha akredittsiyalanadi.
Mahsulotlar sifati va xavfsizligini sinash bo‘yicha sinov laboratoriyalari
faoliyatini aniqlovchi asosiy huquqiy hujjat «Sinov laboratoriyasi haqidagi Nizom»
(keyinchalik – Nizom) hisoblanadi (5.5-rasm.).
Nizomda quyidagilar keltiriladi:
- laboratoriyaning huquqiy maqomi;
- ma‘muriy bo‘ysinuvchi;
- laboratoriya tuzilmasi;
- laboratoriya maqsadlari va masalalari;
- laboratoriya bajaradigan vazifalari;
- buyurtmachilar, yordamchi pudratchilar yoki korxonaning tarkibiy
bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligi tartibi;
- ijara qilinayotgan uskunadan foydalanish tartibi;
- tarkibiy birliklar (bo‘linmalar, uchastkalar) ni laboratoriyaga bo‘ysinishi;
- tekshirish (sinash) ob‘ektlari ko‘rsatilgan laboratoriya, qo‘llayotgan sinov
turlari va/yoki PT turlari (usullari) (SL va/yoki PT laboratoriya pasporti);
- laboratoriya huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
- chet tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi;
- sifat bo‘yicha talablar bayon etilgan bo‘lishi kerak.
245
Laboratoriyaning yuridik maqomi, o‘tkazilayotgan ishlarning natijalariga ta‘sir
qilishi maqsadida laboratoriya xodimlariga har qanday tazyiqni bartaraf etishni
ta`minlashi zarur.
5.5-rasm. Mahsulotlar sifati va xavfsizligini sinash bo‘yicha sinov
laboratoriyalarini akkreditlashtirish uchun hujjatlari to‘plami.
Agarda laboratoriya, korxonaning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lsa, unda ob‘ektlarni
tekshirish (sinash) bo‘yicha o‘tkazilayotgan ishlar natijalarini mustaqilligi va xolisligi
246
sharoitlarini ta`minlash uchun u korxonada sifat uchun javobgar bo‘lgan yuqori
lavozimdor shaxsga (sifat bo‘yicha direktoriga, sifat bo‘yicha direktor moviniga,
bosh muhandisga), ma‘muriy tomondan bevosita bo‘ysinishi kerak hamda SL va PT
bo‘yicha rahbarlikni amalga oshirish va tayyorlash (montaj qilish) ishlatish va
ta`mirlash jarayonida ob‘ektlarni sinash va PT o‘tkazishi va arbitraj vazifalarini
bajarishi lozim.
Laboratoriyaga biriktirilgan ob‘ektlarni sinash va PT bo‘yicha ishlarini
bajarayotgan
laboratoriyaning
barcha
xodimlari
tekshirilayotgan
ob‘eklar
qaramog‘ida bo‘lgan korxona ishlab chiqarishi bo‘linmalarining rahbarlariga
ma‘muriy va iqtisodiy tobe bo‘lmasligi kerak.
Laboratoriya tuzilmasi Nizomida bayon etilgan texnik vazifalari bajarilishini
ta`minlashi kerak.
Laboratoriya mutaxassislarining tarkibi, ularning bilimi va kasbiy malakasi, ish
tajribasi laboratoriyani o‘z vazifalarini bajarishini ta`minlashi kerak.
Sinash va PT lozim bo‘lgan ob‘eklarning nomlarini ro‘yxati, qo‘llanilayotgan
hujjatlar, foydalanilayotgan uskunalar va standart na‘munalar, PT (sinash) ni
qo‘llanilayotgan turlari va usullari, mutaxassislar tarkibi, ishlab chiqarish maydonlari
haqidagi axborot laboratoriya pasportida taqdim etilgan bo‘lishi lozim.
Ob‘ektlarni PT ni PT radiatsion turi bilan bajarayotgan laboratoriyalar
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi tomonidan belgilangan tartibda
beriladigan sanitar pasportiga ega bo‘lishi, radiatsion xavfsizlikning sanitariya
me‘yorlari va qoidalari talablariga muvofiq kelishi, shuningdek, radioaktiv
manbalarni saqlanishi bo‘yicha talablariga va O‘zR IIV tomonidan belgilangan
yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq kelishi kerak.
Ob‘ektlarni PT GOST 18353 bo‘yicha PT ni magnit, singib o‘tuvchi moddalar
turlari bilan bajaruvchi hamda oson alangalanuvchi defektoskopik materiallardan
foydalanuvchi laboratoriyalar belgilangan me‘yorlarga muvofiq o‘t o‘chirish
vositalari bilan jixozlangan bo‘lishi kerak.
PT o‘tkazishda radioaktiv manbalardan foydalanayotgan laboratoriyalar ushbu
manbalarni etkazib berish va ularni saqlash vositalari bilan, shuningdek, ular
247
tarkibiga kiruvchi PTV ni zaryadlash va qayta zaryadlash vositalari bilan jixozlangan
bo‘lishi kerak.
Laboratoriyada, Nizomda belgilangan faoliyat sohasiga, bajarilayotgan ishlar
tavsifiga va hajmiga muvofiq bo‘lgan hamda o‘lchash va tekshirish (sinash)
natijalarning haqqoniyligi, xolisonaligi va kuzatuvchanliligini tekshirilishini
ta`minlaydigan sifat tizimi amal qilinishi kerak.
Sifat
tizimining
hujjatlari
sifat
bo‘yicha
qo‘llanma
ko‘rinishda
rasmiylashtirilishi yoki «Sinov laboratoriya haqidagi Nizom» ga bo‘lim bo‘lib kirishi
mumkin.
Sifat bo‘yicha qo‘llanmaga sifat tizimida bo‘ladigan o‘zgarishlar muntazam
ravishda kiritilishi lozim (sifat bo‘yicha qo‘llanmani faollashtirish).
Laboratoriyada sifat tizimining ishlab turishi uchun javobgar mutaxasis
tayinlangan bo‘lishi kerak.
Sifat bo‘yicha qo‘llanmani faollashtirishini laboratoriya rahbari yoki sifat
tizimining ishlashi uchun javobgar etib tayinlangan mutaxassis bajarishi kerak.
Sifat bo‘yicha qo‘llanma:
- sifat sohasidagi siyosati;
- laboratoriyani faoliyati sohasi;
- laboratoriyaning tashkiliy tuzilmasi, ma‘muriy bo‘ysinuvi, laboratoriya
tarkibiga kiruvchi korxona bo‘linmasi;
- ob‘ektni PT o‘tkazish mumkinligini aniqlash maqsadida konstruktorlik
hujjatlarini ko‘rib chiqishi protsedurasi;
- ob‘ektni tayyorlash (montaj qilish), ishlatish va ta`mirlash jarayonida PT
ishlab chiqish, joriy etish, uni o‘tkazish protsedurasi;
- PT bo‘yicha MH ishlab chiqish, amalda joriy etish, qo‘llash protsedurasi;
-
lavozim
yo‘riqnomalariga
muvofiq
laboratoriya
xizmatchilarini
majburiyatlari;
- PT bo‘yicha ishlarni o‘tkazish protseduralari, shu hisobda natijalarini
rasmiylashtirish va xulosalar qilish;
- PT o‘tkazishda qo‘llaniladigan ma‘yoriy hujjatlar;
248
- qiyoslash va attestatlashni tashkil etish va o‘tkazish;
- texnik xizmat ko‘rsatishni o‘tkazish tartibi;
- PT dan oldin texnik holatni tekshirish tartibi;
- ichki auditni o‘tkazish tartibi;
- mulkchilikning maxfiyligini va huquqlarini himoya qilishni ta`minlash
qoidalari;
- da‘volarni (reklamatsiyalarni) ko‘rib chiqish tartibi;
- xodimlarni o‘qitish, attestatlash tartibi;
- ob‘ektni PT bajarish uchun xodimlarga ruxsat berish tartibi;
- yordamchi pudrat va chet tashkilotlar bilan ishlash tartibi aniqlangan bo‘lishi
kerak.
Laboratoriya korxonaning tarkibiy bo‘linmasiga (masalan markaziy zovod
laboratoriyasiga) kirgan holda, bunday tarkibiy bo‘linma uchun muayyan PT
laboratoriyasiga qo‘yiladigan talablar bayon etilgan Nizomi va sifat tizimini ishlab
chiqishga ruxsat etiladi.
Dostları ilə paylaş: |