O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov


SERTIFIKATLASH SXEMASI VA MUDDATLARI, MAJBURIY



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   122
Usmanov darslik

5.5.
SERTIFIKATLASH SXEMASI VA MUDDATLARI, MAJBURIY 
SERTIFIKATLANADIGAN XIZMATLAR VA BUYUMLAR 
NOMLARI
 
Sertifikatlashtirishning, standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot ISO 
(International Organization for Standardization, ISO) tarkibidagi qo‘mita tomonidan 
tayyorlangan hujjatda uchinchi tomon tarafiga amalga oshiriladigan sakkizta sxemasi 
berilgan bo‘lib, respublikamizda ham aynan shu 8 ta sxema tadbiq etilgan. 
Birinchi sxema.
Bu sxema bilan faqat mahsulot namunalari turlarini standartlar 
talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan 
o‘tkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan namunani 
belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xolos. Bu yo‘l o‘zining soddaligi va 
unga ko‘p xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va xalqaro savdo munosabatlarida 
muayyan darajada tarqalgan. 
Ikkinchi sxema.
Bu sxemada mahsulotning namuna turlarini maxsus 
tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra uning sifatini savdo 
shaxobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat qilib 
boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baholash bilan seriyali 
chiqayotgan mahsulotning sifatini ham baholash imkonini beradi. Usulning afzalligi 
uning soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar natijasiga qarab, agar 
mahsulot standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanilsa, baribir uni savdo 


235 
shaxobchalaridan chiqarib tashlash mumkin bo‘lmaydi, yoki uni chiqarib tashlash 
uchun birmuncha qiyinchiliklar tug‘iladi. 
Uchinchi sxema.
Mahsulot namunalarining turlarini maxsus tasdiqlangan sinov 
tashkilotlarida o‘tkazish, so‘ngra sotuvchi yoki iste‘molchiga yubormasdan turib 
vaqti-vaqti bilan namunalarning tekshiruvini nazorat qilishga asoslanadi. Ikkinchi 
sxemadan farqlanuvchi tomoni shuki, mahsulot savdo shaxobchalariga tushmasdan 
turib, sinov nazorati o‘tkaziladi va standartga muvofiqligi aniqlansa, mahsulotning 
iste‘molchiga jo‘natilishi to‘xtatiladi. 
To‟rtinchi sxema.
Mahsulot namunalarining turlarini xuddi 1-3-sxemalardek 
sinovdan o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, so‘ngra savdo shaxobchasidagi, hamda ishlab 
chiqarishdan olingan namunalarining tekshirish nazorati vaqti-vaqti bilan o‘tkazish 
orqali mahsulotning sifati hisobga olinadi. Bu holda mahsulot ishlab chiqarilgan 
bo‘lib, uning chiqarilishiga ma‘lum xarajatlar bo‘lgandan keyin standart talablariga 
nomuvofiqligi aniqlanadi. 
 Beshinchi sxema.
Bu sxema mahsulot namuna turlarini tasdiqlangan sinov 
tashkilotlarida o‘tkazishga va mahsulot ishlab chiqarishning sifatini baholashga 
asoslangan bo‘lib, so‘ngra savdo shaxobchasida va ishlab chiqarishda na‘munalar 
sifatini nazorat qilib boriladi. Bu sertifikatlashtirish usuli faqat mahsulotning sifatini 
nazorat qilibgina kolmay, balki korxonada chiqaziladigan mahsulotning sifatini 
kerakli darajada bo‘lishini ham nazorat qiladi. Tabiiyki, korxonada mahsulot sifatini 
ta`minlashda, tizimni baholashda va uning mezonini aniqlash muhim ahamiyatga ega. 
Ushbu usul sanoati rivojlangan mamlakatlarida, hamda xalqaro sertifikatlashtirish 
tizimlarida eng ko‘p tarqalgan sxemadir. Birinchi-to‘rtinchi sxemalariga qaraganda 
bu sxema eng murakkab va nisbatan qimmatroq turadigan sxema bo‘lib, uning 
afzalligi iste‘molchi mahsulot sifat darajasini yuqori ekanligiga ishonch hosil qiladi, 
bu esa asosiy mezon hisoblanadi. 
Oltinchi sxema.
Faqat korxonadagi mahsulotning sifatini ta`minlash bilan 
tizimni baholashni o‘tkazishga mo‘ljallangan. Bu usul ayrim vaqtda korxona-
tayyorlovchini attestatlash deb ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat 
korxonaning belgilangan sifat darajadagi mahsulotni chiqarish qobiliyati baholanadi. 


236 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin