266
6.1-jadval.
Ishlab chiqarishdagi hisobga olish ob‘ektlarining namunalari.
ATK ishlab chiqarish bo‘linmalari (avtosaflar, TXK va ta`mirlash uchastkalari,
omborlar, mintaqalar) va xizmatlar (buxgalteriya, rejalash bo‘limi, texnika bo‘limi va
hakazo) ning majmuasidan iborat bo‘lib, ularning har birida
muayyan masalalar hal
qilinadi. Hamma bo‘linmalarni (ulardagi xodimlarni) ikki qismga ajratish mumkin:
vazifalarini korxona hududida bajaruvchi va hududdan tashqarisida bajaruvchi.
Bo‘linmalar va xodimlarning faoliyati turli hujjatlarda qayd etiladi (tabellar, yo‘lga
chiqish haqida naryadlar, yo‘l va ta`mirlash varaqalari, ehtiyot qismlarni olish uchun
talabnoma va hakazo). Korxona faoliyatining natijalari turli hisobotlar va
ma‘lumotlar ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Shunday qilib, axborot manbalari bo‘lib
ATK ning bo‘linmalari
xizmat qiladi, ulardagi xodimlar muayyan xildagi ishlarni
bajaradilar. Ba‘zi manbalar va axborot tashuvchilar namunasi 6.1-rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: