289
6.9-rasm. Shtrixli kodlashdan foydalanib ATKda ehtiyot qismlarning harakatini
hisobga olish sxemasi.
Bunda har bir buyumga yagona kod beriladi. Bu kod shtrixli yorliq ko‘rinishida
yoziladi va detalga (stellajga yoki o‘ramga) yopishtirib qo‘yiladi. Ehtiyot qismlarni
identifikatsiyalash uchun detalning katalog raqamidan yoki majmua (ombor)
raqamidan foydalanish mumkin. Detallarning katalog raqami, odatda, 11...18 xonali,
majmua raqami 5-6 xonali bo‘ladi. Agar tizim korxona miqyosidan tashqariga
chiqmasa, qisqa kod (majmua kodi) dan foydalanish kerak. Butun tarmoq miqyosida
(ATK, avtozavodlar, avtomobillarga TXK stansiyalari, ehtiyot qism do‘konlari va
hakazo) qo‘llansa, shtrixli identifikatsiya hammasi uchun yagona bo‘lishi kerak,
demak, katalog raqamidan foydalaniladi.
ATK ga kelib tushayotgan materiallarni skaner yordamida rasmiylashtirishda
kompyuterga ularning kodlari va miqdori kiradi. Ehtiyot qismlar harakatini hisobga
oluvchi tizim bu axborotni qabul qilib, tegishli elektron kartotekalarga yozadi va
(zarurat bo‘lsa) kirim hujjatini shakllantiradi. Agar kelib tushgan detallarda (yoki
290
ombor stellajlarida) shtrixli kod bo‘lmasa, u maxsus dastur bo‘yicha shakllantiriladi,
qog‘ozga chiqariladi va detal (yoki o‘ram) ga yopishtirib qo‘yiladi.
Ob‘ektlarni shtrixli identifikatsiyalashda 1994 yildan (birinchi marta
Yaponiyada) boshlab yangicha ikki o‘lchamli yoki matritsali shtrix-kod tobora keng
qo‘llanilmoqda. Asosan «QR» kod deb ataluvchi ushbu identifikatsiyalash vositasi
ingliz tilida «Quick Response», ya`ni o‘zbek tiliga tarjima qilinganda, ―‖ ma`nosini
anglatadi. Bunday kodning asosiy g‘oyasi katta hajmdagi shifrlangan axborotni tez
aniqlash hisoblanadi va buning uchun nafaqat maxsus skanerdan, balki fotokamera
bilan tezkor javob jihozlangan, sodda dasturiy ta`minotga ega istalgan qurilmadan
ham foydalansa bo‘ladi (6.10-rasm).
6.10-rasm. Tezkor javob kodi sxemasi
QR-kodi 4296 belgilarni, 7089 raqamlarni, 1817 ierogliflarni va ikkilangan
shakldagi 2953 bayt axborotni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, kodning tasviri 30%
gacha shikastlanganda ham, unda yashiringan ma`lumotlarni to‘liq tiklash imkoni
mavjud.
Ehtiyot qismlarni berishda ombor xodimi oluvchining, berayotgan detallarining
shtrixli kodini o‘qiydi va miqdorini ko‘rsatadi. Bu ma‘lumot skaner orqali ehtiyot
qismlarni hisobga oluvchi tizimga tushadi, tegishli kartotekalarga tuzatish kiritiladi
(zarurat bo‘lganda) sarf-xarajat hujjatlari shakllantiriladi. Ehtiyot qismlarni hisobga
olish tizimida amaliy dasturlar bloki bo‘ladi, ular yordamida ehtiyot qismlar sarfini
tahlil qilib, tegishli hisobot hujjatlarini shakllantirish mumkin.
291
Keyingi yillarda tezkor axborotlar yordamida avtomobillarni ekspluatatsiya
qilishni avtomatlashtirishga qiziqish kuchaydi. Shunday misollardan birini – shtrixli
va radioto‘lqinli kodlash yordamida shinalar resursini boshqarish masalasini ko‘rib
chiqamiz (6.11-rasm).
Shinalar shtrix kodli yorliqlar yordamida yoki mikrosxemali retranslyatorlar
yordamida identifikatsiyalanadi. Yorliqlar shinaning yon tomoniga rezina elim bilan
yopishtiriladi, shtrixli kodlar esa, cho‘zilish va ishqalanishda o‘chib ketmaydigan
maxsus siyoh bilan qo‘yiladi. Shtrixli kodlar skaner yordamida o‘qiladi.
Radioto‘lqinli mikrosxema shinaning ichki yon tomoniga mahkamlanib, uning
joylanishi shinaning tashqi tomonidan belgilanadi. Mikrosxemaning tok manbai yo‘q,
unga maxsus skaner 15...20 sm yaqinlashtirilganda, uyg‘onadi. Shunda mikrosxema
shinaning raqamini o‘n xonali identifikatlashgan raqam ko‘rinishida uzatadi. Bu
raqamni skaner eslab qoladi [15, 394 b].
6.11-rasm. Ob‘ektlarni avtomatik identifikatsiyalash vositalari yordamida shinalar
resursini boshqarishning avtomatlashtirish sxemasi.
Avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanganda mexanik, skaner yordamida
avtomobil nomerini, shina nomerini o‘qiydi, ularning har biri bo‘yicha skanerning
xotirasiga protektor naqshining chuqurligi yoziladi. Bu axborot skanerda kun bo‘yi
saqlanadi, keyin statsionar kompyuterga o‘tkazilib, keyingi hisoblash ishlarida
qo‘llanadi. Kompyuter shinalarning eyilishini protektor naqshi bo‘yicha, avtomobillar
bo‘yicha, ish yo‘nalishlari va hakazo belgilar bo‘yicha tahlil qiladi. Bu, shinalar
eyilish jadalligidagi og‘ishlarga tezkorlik bilan chora ko‘rish, eyilishdan ko‘riladigan
xarajatlarni bashorat qilish, shina ishlab chiqaradigan va ta`mirlaydigan firmalar
ishini baholash imkonini beradi.
292
Axborot tizimining samaradorligi uning tuzilmasiga (avtomatlashtirilgan ish
o‘rinlarining soni va tarkibi, hal qilinadigan masalalar ro‘yxati, foydalaniladigan
texnika vositalari va hakazo) bog‘liq, uni qo‘llash nafaqat xodimlar ishining
samaradorligiga, balki ishlab chiqarishning o‘ziga ijobiy ta‘sir etadi (6.12-rasm).
6.12-rasm. Axborot tizimlarini qo‘llaganda korxona ishi samaradorligi oshishi
omillari
EHM lardan foydalanganda xodimlar qo‘l kuchi bilan qayta ishlaydigan
axborot hajmi 60 foizga kamayadi, qayta ishlar tezligi va tezkorligi yuz, xatto ming
marta ortadi, xatolar keskin kamayadi. Biroq, asosiy samaradorlik (55...60%), asosiy
293
ishlab chiqarishni boshqarish masalalariga to‘g‘ri keladi. Bunga qabul qilinayotgan
qarorlarning tezkorligi, ishlar bajarilishini nazorat etish, bekor turib qolishlarning
pasayishi, ehtiyot qism, yonilg‘i, shina, materiallar qisqarishi sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |