O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   122
Usmanov darslik

 
 
6.4.
HUJJATLAR TARKIBI VA ULARGA TALABLAR. HUJJATLAR 
AYLANMASI, HAJMI 
 
 
Boshqarish jarayoni bir nechta operatsiyalar majmuasidan iborat bo‘lib, 
ma‘lum bir ketma-ketlikda bajariladi va berk texnologik siklni tashkil qiladi. 
Boshqarishning umumiy sikli rejalashtirish jarayonidan boshlanadi va 
jarayonlarning texnologik o‟zaro aloqasida 
uchta bosqichdan
 tashkil topadi: 

istiqbolli va joriy boshqaruv bosqichi; 

tezkor boshqaruv bosqichi; 

dispetcherlik boshqaruv bosqichi. 


275 
Istiqbolli va joriy boshqaruv bosqichlari
operatsiyalari asosan korxonani 
boshqarishning yuqori pog‘onadagi bo‘linmalari tomonidan ularning ixtisoslashuvini 
hisobga olgan holda bajariladi: 
rejalashtirish bo‟limi, hisobxona, kadrlar bo‟limi va 
hakazo
Istiqbolli va joriy boshqaruv sikli operatsiyalarni bajarishda qabul qilingan 
qarorlarni amalga joriy qilish tezkor boshqaruv orqali ta`minlanadi. 
Tezkor boshqaruv bosqichi
berk siklni tashkil qiluvchi operatsiyalar 
majmuasidan iborat bo‘lib o‘z ichiga 
tezkor rejalashtirish, hisobga olish, nazorat, 
tahlil qilishni oladi.
Rejalashtirish
- maqsadni qo‘yish, holatlar variantlarini aniqlash va asosiy 
ko‘rsatkichlarga erishish ehtimolligini baholash demakdir. 
Hisobga olish
- boshqarilayotgan jarayonning haqiqiy holati va o‘tgan 
davrdagi rivojlanishini tavsiflovchi axborot bazasini shakllantirish va boshqarishning 
turli bo‘limlariga zarur axborotni etkazish demakdir. 
Nazorat
- boshqarilayotgan jarayonning rejalarga, dasturlarga, yo‘riqnomalarga 
va boshqa rahbarlik hujjatlarga mos kelishini kuzatish va tekshirish jarayonidir. 
Tahlil
 
- boshqarilayotgan jarayon rivojlanishining rejadan chetga chiqishiga 
sabab va oqibatlarini boshqarish paytida aniqlash, zarur usullar va ish natijalarini 
saralash demakdir. 
Tezkor boshqarish jarayoning operatsiyalarini amalga joriy qilish - boshqarish 
apparatining barcha darajalaridagi barcha bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi 
va ba‘zi bo‘linmalarda ish hajmining asosiy qismini tashkil qiladi (ishlab chiqarishni 
markazlashgan boshqaruv bo‘limi, bosh mexanik bo‘limi, ta`minot bo‘limi). 
Dispetcherlik boshqaruv siklari yordamida tezkor boshqaruv qarorlari amalga 
oshiriladi, uning tarkibiga ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish va uni rostlash 
kiradi. 
Rostlash
 
- ishning ijrochilarini aniqlash, rejaviy topshiriqlarini ijrochilarga 
etkazish, ijrochilarning o‘zaro harakatini ta`minlash va rejaviy topshiriqlarni amalga 
oshirish davomidagi chetga chiqishlarni tuzatishdir. 


276 
Avtomobil transporti korxonasida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va 
ta`mirlashni tezkor ishlab chiqarish boshqaruvining asosiy maqsadi avtomobillarga 
texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta`mirlash bo‘yicha direktiv-rejaviy topshiriqlarni 
zarur sifat darajasida minimal xarajatlar bilan bajarilashini ta`minlashdir. 
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta`mirlash jarayonini tezkor 
boshqaruvi - avtomobil transporti korxonasidagi ishlab chiqarishini markazlashgan 
holda boshqarishning tezkor boshqaruv bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi va 
buning uchun tezkor ishlab chiqarish rejasi tuziladi. 
Tezkor boshqaruvini rejalashtirish masalalari bo‘yicha qaror qabul qilish, 
hamda uni amalga oshirish uchun ishlab chiqarishni markazlashgan boshqaruvining 
tezkor boshqaruv bo‘limi dispetcherlariga taqdim qilinadigan axborotlar, texnik 
ta‘sirlarga talablarning ikki tavsifi ko‘rinishda bo‘lihi zarur:
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin