O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   122
Usmanov darslik

 
 


284 
6.6.
ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISHDA XODIMLAR BILAN 
TEXNIK VOSITALAR MAJMUASI ORASIDAGI O‟ZARO 
BOG‟LANISHNI TASHKIL ETISH
 
 
ATK larda ma‘lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi markazlashgan axborot 
tizimi shaklida yoxud markazlashmagan holda tashkil etilishi mumkin. Ma‘lumotlarni 
qayta ishlash texnologiyasi markazlashmagan holda tashkil etilganda xodimlar 
birlamchi hujjatlarni qo‘l kuchi bilan qayta ishlaydilar, chiqish hujjatlarini 
shakllantiradilar.
ATK larda ma‘lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi markazlashgan axborot 
tizimining umumiy sxemasi (6.7-rasm) avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari (AIO‘) ni o‘z 
ichiga oladi.
 
6.7-rasm. ATK axborot tizimining tuzilmasi. 
Ayrim avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarining vazifasi turli ATK larda turlicha 
bo‘ladi (yo‘lovchi, yuk, taksomotor va boshqa korxonalar). Bundan qat‘iy nazar 
hamma ish o‘rinlari yagona (mahalliy) tarmoq miqyosida ishlab, umumiy 
ma‘lumotlar bazasidan foydalanishi kerak.


285 
ATK da axborot tizimini joriy qilish ma‘lum ketma-ketlikda bajariladi. Hamma 
ish o‘rinlari axborot ma‘nosida bir-birini ta`minlab turadi. Birinchi bosqichda 
me‘yoriy va ma‘lumotnoma axborotlari bilan, ikkinchi bosqichda – birlamchi joriy 
axborot bilan ishlovchi, uchinchi bosqichda – chiqarish hujjatlarini ta`minlovchi ish 
o‘rinlari yaratiladi.
Korxonaning majmuaviy tizimini yaratishda birinchi bosqichda «Texnik 
bo‘lim» va «Kadrlar bo‘limi» avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarini yaratish lozim, 
chunki harakatlanuvchi tarkib va xodimlar haqida ma‘lumot bo‘lmasa, boshqa kichik 
tizimlar samarali ishlay olmaydi. 
Ikkinchi bosqichda dispetcher faoliyati, yo‘l hujjatlarini qayta ishlash, yonilg‘i 
sarfini hisobga olish bo‘yicha kichik tizimlar yaratish kerak. Yo‘l varaqalarini qayta 
ishlash natijasida yonilg‘i sarfi, haydovchilar ishi va avtomobillar bosib o‘tgan yo‘l 
haqida ma‘lumotlar shakllanib bo‘ladi.
Uchinchi bosqichda, buxgalteriyaning (ish xaqlarini hisoblash) va reja 
bo‘limining ish o‘rinlarini (korxona faoliyatini tahlil etish bo‘yicha hujjatlar) yaratish 
mumkin.
To‘rtinchi bosqichda, bosib o‘tilgan yo‘llarini hisobga olish yo‘lga qo‘yilgach, 
shinalarning ishini hisobga oluvchi texnik, ta`mirlash mintaqasi (1-TXK, 2-TXK ni 
rejalashtiruvchi, TXK ga va JT ga qo‘yuvchi dispetcher, TXK va JT ishlarini hisobga 
oluvchilar), ombor bo‘yicha avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarini yaratish mumkin.
ATK xodimlari hal qiladigan masalalarni ikki guruhga ajratish mumkin: 
hisobga olish-statistik va boshqaruvga oid. Axborot tizimlarini ATKga joriy qilishni 
birinchi guruh masalalardan boshlash kerak (xodimlar ishini, yonilg‘i va ehtiyot 
qismlar sarfini, ta`mirlashlar va boshqalarni hisobga olish). Axborotlarni yig‘ish, 
saqlash jarayonlari va hisobot kog‘ozlarini shakllantirish yo‘lga qo‘yilgach, ikkinchi 
guruh masalalariga – parkning ishlash qobiliyatini, yonilg‘i, shina va ehtiyot qismlar 
sarfini boshqarishga o‘tish mumkin.
Texnik vositalarni ATK da qo‘llash tahlil qilinganda ma‘lum bo‘ldiki, 
hujjatlarni mashina yordamida qayta ishlashga o‘tilganda axborotlar hajmi birlamchi 
hujjatlar bo‘yicha 2 marta, ikkilamchi hujjatlar bo‘yicha 10-15 marta kamayar ekan. 


286 
Umuman, kompyuterlardan foydalanilganda axborotlarni qayta ishlash xarajatlari 
60% qisqarishi mumkin. Bunda, ishlarning qiyinligi qo‘yidagicha taqsimlanadi. 
Kompyuterlarga ma‘lumotlarni kiritish – 95-96%, axborotga ishlov berish va chiqish 
hujjatlarini olish – 4-5%.
Kompyuterlarni joriy qilishda texnologik zanjirning eng nozik joyi axborotlarni 
bazaga qo‘l kuchi bilan kiritish bo‘lib qoladi. Bu ishlarni ob‘ektlarni avtomatik 
identifikatsiyalash vositalari yordamida avtomatlashtirish mumkin.
Shunday qilib, xodimlarning 95..96% vaqti birlamchi axborotni kompyuterga 
kiritish uchun sarflanar ekan. Bundan tashqari, ma‘lumotlarni ataylab buzish 
hodisalari bo‘lishi mumkin, ayniqsa, yo‘lovchi tashuvchi transportda (bajarilmagan 
reyslarni qo‘shib yozish, harakatning muntazamlilik ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish, 
rejadagi yo‘l tushumini kamaytirish va hakazo). Bunday kamchiliklarni bartaraf etish 
uchun ob‘ektlarni identifikatsiyalash vositalari (magnitli, shtrixli, radiochastotali) dan 
va nazorat tizimidan foydalaniladi. 
Identifikatsiyaning mohiyati shundaki, ob‘ektlarga (avtomobillar, xodimlar, ish 
turlari, ehtiyot qismlar va hakazo) kodlar beriladi. Kodlar bevosita ob‘ektlarning 
o‘ziga tushiriladi, masalan, shtrix yorliqlari (yozuvlari), radiochastotali belgilar 
ko‘rinishida, kompyuter tizimidagi ma‘lumotlar bazasida esa bu kodlarga muayyan
axborot tayinlanadi. Bu axborot ob‘ektning o‘zini tavsiflaydi (masalan, ehtiyot 
qismning nomi, narxi va ombordagi miqdori). Skaner (kodlarni o‘qiydigan qurilma) 
lar yordamida ob‘ektlar to‘g‘risida bajarilayotgan harakatlar (kirim, chiqim) yoki ular 
holatidagi o‘zgarishlar (ta`mirga, TXK ga yuborish), bu harakatlar sodir etilgan sana 
va vaqti qayd etiladi, bu axborotlar avtonom to‘plagichlarda saqlanadi va avtomatik 
rejimda kompyuter tizimiga uzatiladi. Avtomatik identifikatsiya vositalarining 
samaradorligi – axborotlarni kompyuterga bir onda kiritish imkoniyatida bo‘lib, 
bunda ma‘lumotlarni tasodifan ham, ataylab ham buzish mumkin emas. 
Magnitli va shtrixli kodlarni qo‘llash texnologiyasi bir-biriga o‘xshash. Ikkala 
holatda kodlangan axborot tushirilgan kartochkalardan foydalaniladi. Bu axborotni 
maxsus qurilmalar avtomatik tarzda o‘qiydi. Shtrixli kod o‘ziga xos alfavit shaklida 
tuziladi, ularning yordamida axborotni avtomatik tarzda kodlashtirish va keyin, 


287 
o‘qish mumkin. Shtrixli kodlarning yo‘l-yo‘l chiziqlari ikkita raqamni bildiradi: enli 
chiziq «1» ni, ensizi – «0» ni. Har bir kodning uchta elementi bor: boshlang‘ich 
chiziqlar to‘plami (kodning boshlanishi), kodlangan ma‘lumotlar, kod oxirining 
chiziqlar to‘plami. Shtrixli kodlarning taxminan 20 xili bor. Eng oddiysi «5 dan 2» 
deb ataladi (6.2-jadval).
6.2-jadval 
«5 dan 2» turdagi shtrixli kod alfaviti 
Kodlanadigan axborot 
Kodning timsoli 

































































Kodning boshlanishi 



Kodning oxiri 



Bunday kod yordamida faqat raqamlarni (0 dan 9 gacha) kodlash mumkin; har 
bir raqam uchun 5 ta chiziq beriladi, bulardan 2 tasi enlik, 3 tasi – ensiz. Bu koddagi 
chiziqlar orasi hech nimani bildirmaydi va oraliq ensiz chiziqchalik keladi.
Masalan, «125» raqamli ta`mirlash varaqasi, shu kod yordamida kodlangan, 
uning raqamlar qatori – 110100010100110100101 (6.8-rasm).
Ba‘zi kodlar murakkab tuziladi. Masalan «39» deb atalgan kodda chiziqlar 
ham, ularning oralig‘i ham ma‘lum ma‘noga ega; bu usul bilan raqamli va timsoliy 
axborotlarni kodlash mumkin. 


288 
6.8-rasm. «125» raqamli ta`mirlash varaqasining nomeri («5 dan 2» kodi bilan 
shtrixlangan).
 
Shtrixli identifikatsiya usullari turli ob‘ektlar (tovarlar, xizmatlar, moddiy 
buyumlar) ning harakatini (kirim, chiqim) hisobga olish masalalari uchun qo‘llanadi. 
Bunda ob‘ektlarning o‘zidan tashqari ularni qabul qiluvchilar yoki beruvchilar ham 
kodlanadi (avtomobillar, ehtiyot qismlar, agregatlar, detallar, moylash materiallari, 
ish turlari va hakazo). Beruvchilar va oluvchilar, xodimlar (omborchilar, 
haydovchilar, ta`mir ishchilari) ham, bo‘limlar (omborlar, ishlab chiqarish zonalari, 
mintaqalari) ham bo‘lishi mumkin. Shtrixli kodlarni ATKning qo‘yidagi hisobga 
olish masalalarida qo‘llash mumkin:
- omborlarda ehtiyot qismlar va materiallarning harakati; 
- harakatlanuvchi tarkibning yo‘ldagi ishi; 
- avtomobillarning garaj ichidagi harakati; 
- yonilg‘i sarfi; 
- ta`mirlash zonasi ishchilarining ishi.
 
Ob‘ektlarni shtrixli identifikatsiyalash yordamida kompyuter 88 ...90% gacha 
birlamchi ma‘lumotlarni kiritib, qoloq ish uslublarini ancha kamaytirish mumkin. 
Umuman, korxona miqyosida, ma‘lumotlarni kompyuterlarga kiritish bo‘yicha 
mehnat sarfi 78 ...80% ga kamayishi mumkin. 
Shtrixli identifikatsiya qo‘llanadigan, keng tarqalgan masalalardan biri – moddiy 
boyliklarning harakatini hisobga olish (6.9-rasm).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin