297
6.8.
ALOQA VA NAZORAT TEXNIK VOSITALARI
Avtomobillarga
TXK va JT mintaqalarida, uchastkalarida omborxonalarda va
butun korxonada ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning ob‘ektivligi va
tezkorligini ta`minlash uchun tashxislash bo‘yicha axborotni ishlab chiqarishni
boshqarish organlariga (korxona rahbariga,
bosh muhandisga, ishlab chiqarish
bo‘yicha nozimga, ta`minot bo‘limi boshlig‘iga va hakazo) bir zumda va tezkor
etkazishni amalga oshiruvchi nazorat - tashxislash va uzatish vositalari zarur bo‘ladi.
Avtotransport parkining texnik tayyorgarligini tezkor boshqarishni tashkil qilish va
ishlab chiqarish jarayonlari sxemalarini tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatdiki,
tizimdagi aloqa va axborotni uzatish vositalari ayni vaqt
momentida quyidagilarni
nazorat qilishni ta`minlashi zarur bo‘ladi:
• ATK dagi harakat tarkibi birligining nomi va soni bo‘yicha har birining
joylashgan o‘rnini (avtomobillarning texnik sabablar bo‘yicha; haydovchi yo‘qligi
tufayli; yuk bo‘lmasligi oqibatida bekor turishlarini, ishdagi; shahardagi;
xalqaro
tashuvlardagi avtomobillarni va hakazo);
• TXK va JT postlaridan har birining bandligi va ularda avtomobillarning bekor
turishlari vaqtini;
• ishlab chiqarish uchastkalari (sexlari) tomonidan rejadagi vazifalarning joriy
bajarilishini;
• oraliq omborda kamaymas aylanma jamg‘arma elementlarining holatini;
• markaziy omborda kamaymas zahira elementlarining holatini.
Aloqa va nazorat texnik vositalarining nazorat qilish bo‘yicha vazifalarini, mos
boshqaruv organlariga tahlil va qaror qabul qilish uchun axborotni tezkor uzatish
vazifalari bilan birlashtirish, ularni boshqaruv tizimi umumiy ta`minotining eng zarur
qismlaridan biriga aylantirdi. Axborotni nazorat, uzatish,
ishlov berish va saqlash
uchun mo‘ljallangan mavjud vositalarga standart, ya‘ni sanoat miqyosida ishlab
chiqariladigan kommutatorlar,
teletayplar, sanoat televizorlari, baland so‘zlashuv
aloqa, mikroEHM, kompyuterli lokal va global tarmoq va boshqalarni hamda
nostandart, ya‘ni yuqoridagilarga qo‘shimcha vositalarni kiritish mumkin.
298
Axborotni uzatishning standart vositalari turlari, korxonaning quvvatiga bog‘liq
holda tanlanadi.
Ishlab chiqarish nozimining korxona bo‘linmalari
bilan tezkor aloqasi
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Tezkor aloqa kommutatorlari
, operatorlar va korxona rahbarining aloqasini
tashkil qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nozimlik aloqasini tashkil qilishda
foydalaniladi. Ikkita ish o‘rniga ega bo‘lib, 19
tagacha abonent aloqalarini
ta`minlashga mo‘ljallangan.
Nozimlik kommutatorlari,
ishlab chiqarish nozimining tezkor aloqasini tashkil
qilish uchun mo‘ljallangan. Ikkita ish o‘rniga ega. 40 tadan 60 tagacha abonent
aloqalarini ta`minlaydi.
Selektorli chaqiruvga ega tezkor nozimlik aloqasi qurilmasi,
nozimlik stansiyasi
va abonenlik stansiyalaridan iborat bo‘lib, ikki o‘tkazgichli aloqa bo‘yicha
bog‘lanishni ta`minlovchi, 400-3000 Gs diapazonda ishlovchi qurilmaga ega.
Abonent stansiyalari soni 30 tagacha.
Direktorlik aloqasi kommutatori,
40 tagacha abonentlarni bog‘lash va abonentli
telefon stansiyasi bilan 4 ta aloqa bog‘lanishlariga ega.
Kammutatorning sxemasi
barcha abonentlar bilan muntazam ikkiyoqlama so‘zlashuvni olib borish
imkonini
beradi.
Direktorlik va nozimlik kommutatorlari guruhi
abonentlar bilan telefon va
baland so‘zlashuv aloqasini ta`minlaydi, muntazam kengashlarni o‘tkazish imkonini
beradi, abonentlarni tanlab yoki umumiy ajratib, kutish rejimiga o‘tkazishni amalga
oshiradi, abonentlarning o‘zaro so‘zlashuvini nazorat qilish imkonini beradi. Bunday
kommutatorlar 18, 36, 60, 120 tagacha aloqa bog‘lanishlariga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: