O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov


MUTAXASSISLARGA ASOSIY TALABLAR VA ULAR BILAN



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   122
Usmanov darslik

3.3.
MUTAXASSISLARGA ASOSIY TALABLAR VA ULAR BILAN 
KORXONANING TA`MINLANGANLIGI
 
―Muhandis‖ atamasi va tushunchasi lotin tilidagi ingenium so‘zdan kelib 
chiqqan bo‘lib, ixtiro qiluvchi, zehnli, qobiliyatli, ma‘lumotli, bilimdon degan 
ma‘nolarni anglatadi.
Muhandis lavozimi O‘zbekistonda qariyib ikki ming yildan beri mavjud. 
Muhandislik mehnati, boshqa mehnat turlari kabi, o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Asosan texnologik jarayonning o‘zi va uning alohida elementlari hamda u haqida 
turli shakllarda namoyon bo‘luchi axborot - muhandisning mehnat predmeti 
hisoblanadi. Muhandislik va boshqaruv metodlari hamda texnologik moslamalar, 
uskunalar va jihozlar esa muhandisning mehnat vositalaridir. 
Muhandislik mehnatining
boshqaruv xususiyati
muhandisga (mutaxassisga, 
rahbarga, menejerga) mehnatni taqsimlash munosabati bilan eng murakkab vazifalar: 
ishlab chiqarishni koordinatsiyalash, tayyorlash va tashkil qilishning yuklanishi bilan 
belgilanadi.
Muhandislik mehnatining 
moddiy xususiyati
ekspluatatsiya jarayonida 
mashinalarni, jihozlarni, mashinalar va jihozlar kompleksini, texnologik jarayonlarni 
yaratish va ularni boshqarish bilan belgilanadi. 
Muhandislik mehnatining 
ishlab chiqarish xususiyati
tovar ishlab chiqarishini, 
xizmatlarni taqdim etishni tashkil etish, ya‘ni yalpi ichki mahsulotning o‘sishini 
shakllantirishi bilan belgilanadi. 
Zamonaviy tushunchada muhandis bu oliy ma‘lumotli mutaxassis bo‘lib, 
nazariy bilimlarga, kasbiy malakalarga, ishchanlik xususiyatlariga tayangan holda 
texnik, texnologik va boshqa tizimlarni belgilangan ish ko‘rsatkichlari bilan ishchan 
holatda saqlash, o‘zgartirish va yaratishni ta`minlaydi. 
Ishlab chiqarishning xususiyatlaridan, ishlab chiqarish masalalarining xarakteri 
va metodlaridan kelib chiqqan holda butun muhandislik sohasini quyidagi guruhlarga 
bo‘lish mumkin: 


143 
1) yangi buyumlar, tizimlar va inshootlarni konstruksiyalash va loyihalash 
(konstruktorlar, loyihachilar, sinovchilar va boshqalar); 
2) yangi buyumlar va tizimlarni sanoat miqyosida tayyorlash yoki 
inshootlarning industrial qurilishi (texnologlar, ishlab chiqaruvchilar va boshqalar); 
3) qidirish-izlash ishlari (geodezistlar, geologlar, kartograflar va boshqalar); 
4) buyumlar, inshootlar va tizimlarni ekspluatatsiya qilish (texnolog-
ekspluatatsiyachilar, elektriklar, gidravliklar, TXK va ta`mirlash bo‘yicha 
muhandislar va boshqalar). 
To‘rtinchi guruhdagi mutaxassislar son jihatidan ko‘pchilikni tashkil qiladi. 
Aynan ushbu guruh muhandislari va uning rahbarligida ishlovchi ekspluatatsiya 
xodimlarining mehnati tufayligina, mashinasozlik va qurilish komplekslari sohasida 
yaratilgan yangi qurilmalar, inshootlar yoki tizimlar potensial xususiyatlarining 
haqiqiy ish imkoniyatlari amalda namoyon bo‘ladi. 
Mutaxassisga talablarning birinchi tashkil etuvchisi (3.8-rasm I) ta‘lim 
muassasalarida aniqlanadi va mutaxassisda ijtimoiy va dunyoviy qarashlar 
pozitsiyalarini shakllantiradi. 
Mutaxassisning ishlab chiqarishdagi aniq vazifalarni malakali tarzda hal qila 
olish ko‘nikmasi, uning raqobatbardoshliligini, kasbiy moslashuvchanligini va 
boshqaruvning pog‘onalarida ilgarilab borishini ta`minlab beradi. U ta‘lim olish 
paytida, mavjud ishlab chiqarish masalalarini bajarishga qanchalik yaxshi 
tayyorlangan bo‘lsa, uch yilgacha davom etadigan moslashish davri shunchalik tez 
o‘tadi va mutaxassisning kasbiy faoliyati shunchalik muvaffaqiyatli kechadi. 
Mutaxassisga talablarlarning ikkinchi tashkil etuvchisini shartli ravishda 
boshlang‘ich kasbiy talab deb atash mumkin va u ishlab chiqarishning mavjud darjasi 
bilan va ishlab chiqarishda yosh mutaxasisiga taqdim qilinadigan dastlabki 
lavozimlar bilan aniqlanadi (3.8-rasm ІІ). 
Mutaxassisning faol mehnat faoliyati davomiyligi kami bilan 27-30 yilni 
tashkil qiladi. Ushbu muddat davomida, birinchidan, korxonani, firmani boshqarish 
ierarxiyasida mutaxassisning o‘rni o‘zgarib boradi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, 


144 
avtotransport korxonasi MTX mutaxassisi 9-11 yil davomida, o‘rta hisobda ikki-
to‘rtta lavozim pog‘onalarini o‘tadi. 
3.8-rasm. Mutaxsssisning tayyorgarlik darajasiga talablarning shakllanishi 
sxemasi 
Masalan, usta —> mehnat jamoasi rahbari —> ishlab chiqarish-texnika 
bo‘limi, sex boshlig‘i —> bosh muhandis. Tabiiy holda aniq mutaxassisning lavozim 
pog‘onalari o‘ziga xos. Ammo lavozim pog‘onalari bo‘ylab ilgarilashning uchta 
xarakterli sxemalari, barcha ma‘lum holatlarning qariyib 75-80% qamrab oladi (3.1-
jadval). 


145 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida avtomobil transporti korxonalarida faoliyat 
ko‘rsatayotgan mutaxassislarning lavozim vazifalari doirasi kengaydi va ular nafaqat 
ishlab chiqarish, moddiy-texnik ta`minot, balki tadbirkorlik va boshqa masalalar
 
bilan 
ham shug‘ullanishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Hozirgi kunda mutaxassislardan keng 
qamrovli bilimlarga ega bo‘lishlari talab qilinmoqda. SHu sababli avtomobil 
transporti mutaxassislari malakasini oshirish, qayta o‘qitish, qayta tayyorlash, 
o‘qitishni kengaytirish va takomillashtirish hamda ularga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash 
va bashoratlash muhimdir. 
Mutaxassislarga bo‘lgan talabni aniqlashda texnologik va qo‘shimcha ehtiyoj 
ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi. 
Texnologik ehtiyoj
- bu, harakat xavfsizligini, transport vositalari texnik holatini 
ta`minlash, iqtisodiy-ijtimoiy talablarni hisobga olgai holda avtotransport faoliyati 
samaradorligini ta`minlashga qodir mutaxassislar sonidir. 
Qo‟shimcha ehtiyoj
— amaliyotchilarni almashtirishdagi, ish hajmi o‘sishi va 
tabiiy kamayishni qoplash uchun zarur mutaxassislar sonidir. Qo‘shimcha ehtiyoj 
umumiy texnologik ehtiyojning 5...15% ini tashkil etadi va tarmoqning rivojlanish 
sur‘atlariga, mutaxassislar harakatiga va boshqa omillarga bog‘liq. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin