O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   122
Usmanov darslik

texnika xizmati -
harakat tarkibini saqlash, TXK va ta`mirlash 
bo‘yicha tadbirlar kompleksini amalga oshirish, ehtiyot qismlar va agregatlar, 
yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta`minlash, orqali xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash 
tizimining ishini tashkil qiladi va boshqaradi (3.3-rasm). 
3.3

rasm. Texnika xizmatining ishlab chiqarish tuzilmasi 
 
Texnika xizmatining tashkiliy yo‟nalishdagi asosiy vazifasi
avvalo, 
ekspluatatsiya jarayonida minimal mehnat va material xarajatlarini sarflagan holda 


127 
harakat tarkibini buzilmasdan ishlashining belgilangan darajasini ta`minlash bilan 
bog‘liq. Ushbu maqsadda u TXK va ta`mirlash tizimining optimal ishlashini joriy va 
uzoq davrlarga rejalashtirishni va ta`minlashni amalga oshiradi. 
Texnika xizmati
- parkning soni, yoshi va avtomobillarni ekspluatatsiya qilish 
sharoitlari, material-texnika bazasining holati va ishchilarning malakasini hisobga 
olgan holda o‘z ishini tashkil etadi. 
Texnika xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
TXK 
mintaqasining bir maromda ishlashini va unga harakat tarkibining olib kelinishini 
ta`minlash uchun avtomobillarga TXK ning yillik, chorak va oylik rejalarini ishlab 
chiqish; harakat tarkibiga TXK va JT sifatini oshirish va bekor turish davomiyligini 
qisqartirish maqsadida xizmat ko‘rsatishni tashkil qilishni va texnologik jarayonini 
takomillashtirish; ekspluatatsiya jarayonida avtomobillarning buzilmasdan ishlashini 
ta`minlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish (buzilishlar sonini qayd etib borish va 
tahlil qilish, texnik nazoratni tashkil etish va boshqalar); haydovchilarning texnik 
tayyorgarligini oshirish; ishlab chiqarishni boshqarish tizimi orqali TXK va 
ta`mirlash sifatini uzluksiz boshqarish; harakat tarkibiga TXK ning belgilangan 
texnologik jarayonini amalga oshirish va uni takomillashtirish; TXK va ta`mirlash 
bo‘yicha ishlarning me‘yorlarini qayta ko‘rib chiqish; mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirish vositalarini joriy qilish; material-texnik ta`minotni tashkil qilish va 
amalga oshirish. 
MTX ning yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan resurslarining ichida ishlab chiqarish 
xodimlarini alohida va batafsil qarab chiqamiz. Ishlab chiqarish xodimlari, ishlab 
chiqarish texnika bazasi kabi texnika xizmatining samaradorligiga jiddiy ta‘sir qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy sharoitlarda, korxonalar o‘zlarining 
tashkiliy tuzilmasini va turli toifalar bo‘yicha ishlovchilar sonini mustaqil holda 
o‘zlari aniqlab oladilar.
Mavjud shtatlar jadvallari va ishlovchilar soni me‘yorlari tavsiya ko‘rinishiga 
ega hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida avtotransport korxonalarida ishlovchilar sonini 
quyidagi toifalar bo‘yicha aniqlash tavsiya etiladi: 


128 
1) ekspluatatsiya xodimlari (haydovchilar, konduktorlar, ekspeditorlar, 
yuklovchilar), hisob-kitob orqali aniqlanadi; 
2) ishlab chiqarish ishchilari (avtomobillarga TXK va ta`mirlash), hisob-kitob 
qilinadi; 
3) yordamchi ishchilar (korxonaning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish va TXK va 
ta`mirlash uchun ishlab chiqarishni tayyorlash), ishlab chiqarish ishchilari sonidan 
foiz hisobida qabul qilinadi; 
4) ma‘muriy-boshqaruv xodimlari (korxona rahbari, iqtisodiyot va rejalashtirish, 
hisobxona, mehnatni va ish haqini tashkil qilish, xodimlar bo‘limi va boshqalar); 
5) boshqaruv bo‘limiga taalluqli bo‘lmagan xodimlar (harakat xavfsizligini 
tashkil etish bo‘yicha muhandislar, transport taftishchilari, nazoratchilar, tushumlarni 
qabul qilish bo‘yicha g‘aznachilar, nazorat tekshiruv punkti mexaniklari); 
6) kichik xizmat xodimlari va yong‘in-qo‘riqlash xizmati; 
7) ekspluatatsiya xizmati xodimlari; 
8) MTX xodimlari. 
4-8 toifalar xodimlarining soni, ATK ning toifasiga bog‘liq holda shtatlar jadvali 
asosida qabul qilinadi. 
MTX xodimlar quyidagicha bo‘linadi: 
- ishlab chiqarish va yordamchi ishchilar (ATK da ishlovchilar umumiy sonining 
23%); 
- muhandis texnik xodimlar (oliy va o‘rta maxsus ma‘lumotli – 3,6%); 
- xizmatchilar (2%); 
- xodimlar (1%). 
Shunday qilib, ATK barcha xodimlarining 30% gacha MTX da ishlaydi. 
Statistik ma‘lumotlar bo‘yicha ATK dagi oliy ma‘lumotli mutaxassislar umumiy 
sonining 40% MTX ga to‘g‘ri keladi, 50% esa o‘rta maxsus ta‘lim ma‘lumotiga ega. 
Ushbu xizmat ishining samaradorligiga ta‘sir qiluvchi barcha resurslar (omillar) 
to‘plamida, MTX xodimlarining ta‘siri o‘rtacha hisobda taxminan 20% ni tashkil 
qiladi. 


129 
Yaqin istiqbolda Respublikamizdagi avtomobil transporti korxonalarida 
avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi uchun xodimlarga bo‘lgan talab yuqori darajada 
saqlanib qoladi. Mavjud me‘yoriy talablar bo‘yicha, har millionta avtomobillarga 17 
mingta muhandis, 75 mingta texnik-mexaniklar, 250 mingtagacha ta`mirlash va 
yordamchi ishchilar talab qilinadi. 
Yuqoridagi talablarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi hukumati 
tomonidan avtomobil transporti sohasini boshqarish va uning tuzilmalarini 
takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2001 
yil 5 iyundagi ―Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 245-son qarori e‘lon qilindi, ushbu 
qarorga ilova sifatida avtomobil va daryo transportini boshqarshining tashkiliy 
tuzilmasi respublika va hududiy darajalarda belgilab berildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2004 yil 10 martda 
―O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi118-son qarori e`lon qilindi va ushbu 
qarorga ilova sifatida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 
tashkiliy tuzilmasi qayta belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2016 yil 5 yanvardagi 
―O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini takomillashtirishga 
doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 2-son qarori bilan o‘zgartirishlsr 
kiritildi.
Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, avtomobil 
transportida tashishlar xavfsizligini ta`minlash hamda avtotransport xizmatlari 
bozorini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Pespublikasi 
Prezidentining 2018 yil 6 martdagi ―Avtomobil transportini boshqarish tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi PQ-3589 – sonli qarori qabul 
qilindi. Qarorga ko‘ra O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 
O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi («O‘zavtotrans» agentligi) etib qayta 
nomlandi va qayta tashkil qilinib, uning boshqarsh tashkiliy tuzilmasi qarorning 3-
ilovasiga muvofiq belgilandi (3.4-rasm).


130 
3.4-rasm. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining tashkiliy tuzilmasi. 
O‘zbekiston Pespublikasi Prezidentining PQ-3589 – sonli qarori 5-ilovasiga 
muvofiq O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi hududiy boshqarmasi namunaviy 
tuzilmasi belgilandi (3.5-rasm). Ilovaga ko‘ra 14 ta hududiy boshqarmalar 
xodimlarining chegaralangan soni — 863 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari 
soni - 375 kishi (shaharlar va tumanlarda avtomobil tashuvlarini muvofiqlashtirish 
sho`balarini qo‘shgan holda).
Qarorga binoan quyidagilar «O‘zavtotrans» agentligining asosiy vazifalari va 
faoliyatining yo‘nalishlari etib belgilandi. 
1. Avtomobil transporti ob‘ektlari va yo‘lovchilar xavfsizligini ta`minlovchi 
istiqbolli axborot-kommunikatsion texnologiyalarini va innovatsion yondashuvlarni 


131 
keng qo‘llagan holda yangi boshqaruv tizimlarini joriy etib, avtomobil transporti 
sohasida yagona texnika siyosatini yuritish. 
2. 
Avtomobil 
tashuvlarida 
normativ-huquqiy 
va 
metodik 
bazani 
takomillashtirish, avtomobil transporti tashishlar xavfsizligini ta`minlash bo‘yicha 
muammolari yuzasidan xalqaro normalar, ilmiy-tekshiruv, loyiha-konstruktorlik
texnologik ishlarni inobatga olgan holda texnik tartibga solish sohasida normativ 
hujjatlarning yagona ma‘lumotlar bazasini ishlab chiqish va shakllantirish. 
3.5-rasm. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi hududiy boshqarmasi 
namunaviy tuzilmasi.
 
3. Iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tashishlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda 
avtomobil transporti xavfsizligini ta`minlash choralarini inobatga olgan holda, 


132 
qishloq aholi punktlarini shaharlar, viloyat va tuman markazlarini bog‘lovchi yangi 
yo‘nalishlarni ochish, avtomobil transportini rivojlantirish bo‘yicha kompleks 
dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. 
4. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatish 
uchun sharoit yaratish, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini keng qo‘llab, avtovokzallar va avtostansiyalar faoliyatini 
markazlashgan holda boshqarish va muvofiqlashtirish tizimini joriy etish. 
5. Avtovokzallar va avtostansiyalar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari 
qaramog‘ida bo‘lgan umumiy foydalanishdagi yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlaridagi 
to‘xtash bekatlarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ta‘mirlashni tashkil 
etish. 
6. Tashish jarayonlari, qatnov jadvallariga rioya etilishi, yo‘llarda harakatlanish 
tezligi monitoringi, harakat yo‘nalishi sxemasiga rioya etilishi hamda aholiga real 
vaqt tarzidagi ma‘lumotlar xizmatining keng ko‘lamli ro‘yxati taqdim etilishi 
yuzasidan markazlashgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimini joriy etish. 
7. Tashuv yo‘nalishlarini tender asosida joylashtirish, yo‘lovchi tashishlari sifati 
va xavfsizligini oshirish, tenderlar tashkilotchilari ishini muvofiqlashtirish 
mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan avtomobil transporti xizmatlari bozorida bozor 
munosabatlari va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. 
8. Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan faol muloqot qilish orqali 
avtomobil transporti sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy davlatlarning 
vakolatli organlari bilan kelishgan holda, yangi muntazam xalqaro avtobus 
yo‘nalishlarini ochish hamda xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi xalqaro 
shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta`minlash, bu sohadagi 
amaldagi shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini tuzish, xalqaro yuk 
tashuvlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar blankalarini o‘zaro ayirboshlash. 
9. Avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarni tashish faoliyatini 
litsenziyalash, avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarni tashish qoidalariga amal 
qilish, avtomobilda tashuvlar xavfsizligini ta`minlash talablariga, og‘irlik va gabarit 


133 
ko‘rsatkichlariga hamda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlariga rioya 
etilishini nazorat qilish. 
10. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan, 
O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomobilda xalqaro tashuvlarni amalga oshirish 
shartlariga rioya etilishini nazorat qilish (O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
chegarasi orqali o‘tkazish punktlari bundan mustasno). 
11. Avtomobil transportida, eng avvalo transport xavfsizligini ta`minlash 
masalalari bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tizimli tashkil 
etish. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 6 dekabrdagi 318-
sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 
markaziy apparati qayta tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2017 yil 25 apreldagi ―Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va 
qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilartashish tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlarito‘g‘risida‖gi 238-sonli qarori bilan markaziy apparati yana qayta 
tuzildi. O‘zbekiston Pespublikasi Prezidentining PQ-3589 – sonli qarori 4-ilovasiga 
muvofiq O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi markaziy apparati tuzilmasi 
qayta tasdiqlandi (3.6-rasm). 
«O‘zavtotrans» agentligiga va uning tomonidan tashkil etiladigan maxsus 
korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni 
kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, 
transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari bilan 
kelishgan holda, tender savdolari o‘tkazmasdan, eng maqbul takliflarni tanlab olish 
yo‘li bilan avtobuslar va mikroavtobuslar faoliyatini masofadan «on-layn» tarzida 
kuzatish hamda yo‘lovchilar transportida yo‘l haqini naqd pulsiz to‘lash tizimini joriy 
etish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalari, dasturiy mahsulotlar, uskunalar, 
mexanizmlar, materiallar, butlovchi anjomlarni ishlab chiqaruvchi zavodlar (etkazib 
beruvchilar) yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
shartnomalar tuzishga ruxsat etildi. 


134 
Xodimlarning cheklangan umumiy soni – 80 nafar, 
shu jumladan boshqaruv xodimlari – 62 nafar. 
3.6-rasm. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi markaziy apparati tuzilmasi. 
«O‘zavtotrans» agentligi va uning tomonidan tashkil etiladigan yangi maxsus 
korxonalar asoslash ehtiyoji mavjud bo‘lganda texnik-iqtisodiy asoslash asosida 2023 
yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan muddatga barcha turdagi soliqlardan va maqsadli 
davlat jamg‘armalariga o‘tkaziladigan majburiy to‘lovlardan ozod qilindi, bunda 
bo‘shagan mablag‘lar yangidan tashkil etiladigan maxsus tashkilotlarning moddiy — 
texnika bazasini mustahkamlash uchun maqsadli ishlatilishi belgilab berildi. 
O‘zbekiston Respublikasiga belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatlar 
bo‘yicha olib kiriladigan transport vositalari, butlovchi anjomlar va ehtiyot qismlar


135 
uskunalar, asboblar va priborlar, mashinalar va mexanizmlar, kompyuter va 
tashxislasha texnikasi uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etilishi belgilab (bojxonada 
rasmiylashtiruvlar uchun yig‘imlar bundan mustasno) qo‘yildi. 
«O‘zavtotrans» agentligi va uning tomonidan tashkil etilayotgan yangi maxsus 
tashkilotlar o‘rtasida, shuningdek, tashkilotlar o‘zlari o‘rtasida qaytarmaslik sharti 
bilan topshirilayotgan va qabul qilinayotgan mol-mulk yuridik shaxslarning 
qo‘shimcha qiymat va daromad solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish ob‘ekti 
hisoblanmasligi belgilandi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin