147
Ketma-ket
egallanadigan
lavozimlar
O‘rtacha ishlash muddati, yil
Lavozim pog‘onalari turlari va uning amalga oshish ehtimolligi
Ishlab chiqarish
0,55
Boshqaruv
0,27
Aralash
0,18
Birinchi
1,7
3,6
3,6
Ikkinchi
2,7
3,6
2,9
Uchinchi
4,2
3,2
3,0
Boshqaruv sxemasi shu bilan o‘ziga xoski, muhandis MTX ning boshqaruv
apparatida dastlabki va keyingi lavozimlarni band etadi (muhandis,
katta muhandis,
texnika bo‘limi boshlig‘i va boshqalar). Aralash sxemada esa boshqaruvda
mutaxassis sifatida ishlash bilan birgalikda, turli darajalarda ishchi jamoalarga
rahbarlikni ham o‘z zimmasiga oladi [50, 23 b].
Boshqaruv ierarxiyasida mutaxassisning
ilgarilab borishi, uning bajaradigan
vazifalari xarakteri va mazmunida ham o‘z aksini topadi. Agar kompleks ATK
muhandis-texnika xizmati bo‘yicha o‘rtacha ish vaqti asosiy vazifasining 36%
ekspluatatsiyaviy-texnologik faoliyatga, 32% ishlab chiqarish-boshqaruv
faoliyatiga,
17% o‘quv-ishlab chiqarish va tarbiyaviy faoliyatga to‘g‘ri keladi.
Oddiy muhandis uchun
esa bu mos holda:
-
ekspluatatsiyaviy-texnologik faoliyatga 80%;
-
ishlab chiqarish-boshqaruv faoliyatiga 4%;
-
o‘quv-ishlab chiqarish va tarbiyaviy faoliyatga 17% ni tashkil qiladi.
Texnika bo‟limi boshlig‟i uchun
:
-
ekspluatatsiyaviy-texnologik faoliyatga 31%;
-
ishlab chiqarish-boshqaruv faoliyatiga 33%;
-
o‘quv-ishlab chiqarish va tarbiyaviy faoliyatga 23% ni tashkil qiladi.
Bosh muhandis uchun
:
-
ekspluatatsiyaviy-texnologik faoliyatga 12%;
-
ishlab chiqarish-boshqaruv faoliyatiga 50%;
-
o‘quv-ishlab chiqarish va tarbiyaviy faoliyatga 27% ni tashkil qiladi.
148
Ikkinchidan ishlab chiqarishning o‘zi o‘zgarmoqda, jumladan: avtotransport
texnikasi va texnologik jihozlar darajasi, talablar, me‘yorlar,
qonunlar, metodlar,
boshqaruv texnologiyalari va mezonlari va boshqalar. Mutaxassisning ishlab
chiqarishdagi o‘rnining o‘zgarishiga va ishlab chiqarishning, o‘zining o‘zgarishiga
tayyorgarlik darajasi va moslashuvchanligini, talablarning
uchinchi tashkil etuvchisi
ta`minlab beradi (3.8-rasm. III) va uni kasbiy bilimlarning o‘suvchanligi deb atash
mumkin. Ushbu tashkil etuvchi, ishlab chiqarishning joriy modernizatsiyasini va
mutaxassisning lavozim pog‘onalari bo‘ylab ilgarilashini (IIIʹ)
hamda istiqbolda
ishlab chiqarishning tamoyil jihatdan o‘zgarishini (IIIʹʹ) hisobga olishi zarur. Ushbu
talablar guruhining asosi mutaxassisni tayyorlash paytida yaratilishi, so‘ngra esa aniq
vaziyatni hisobga olgan holda (tarmoqda ilmiy-texnik taraqqiyotning sur‘atlari,
yuzaga keladigan muammolar, mutaxassisning lavozim pog‘onalari bo‘ylab ilgarilab
borishi va boshqaruv ierarxiyasida mutaxassisning ko‘tarilib borishga tayyorlash va
boshqalar) quyidagi metodlar yordamida qo‘shimchalar qilib borilishi zarur:
- har 4-5 yilda o‘tkaziladigan muntazam, maqsadli
qayta tayyorlash va malaka
oshirish (kurslar, malaka oshirish fakultetlari);
- tashabbusli uzluksiz malaka oshirish va mustaqil bilim oshirish;
- boshqaruv tizimida vazifalarining ko‘zda tutilgan o‘zgarishi bilan yoki
mutaxassisning o‘zining shaxsiy hohishi bilan bog‘liq holda qo‘shimcha ta‘lim olish
(ikkinchi mutaxassislik, magistratura, doktorantura, biznes maktablari va boshqalar).
Bakalavr-muhandisning ATK MTX da ixtisosligi bo‘yicha ishlashi jarayonida
lavozim pog‘onalari bo‘ylab ilgarilab borishining variantlarini qarab chiqamiz.
Lavozim pog‘onalari bo‘yicha ko‘tarilib borishning mumkin bo‘lgan uchta sxemasi
mavjud (3.9-rasm, 3.10-rasm).
3.9-rasm. Ishlab chiqarish sxemasi
Usta
Mexanik
Bosh
mexanik
ICHTB boshlig‘i
Bosh muhandis
1,7 yil
2,7 yil
4,2 yil
149
Ushbu sxema bo‘yicha bosh muhandis lavozimigacha ko‘tarilib borish
davomiyligi – 8,6 yil. Amalga oshish ehtimolligi – 0.55.
3.10-rasm. Boshqaruv sxemasi.
Bosh muhandis lavozimiga ko‘tarilib borish davomiyligi – 10, 4 yil. Amalga
oshish ehtimolligi – 0,27.
Aralash (ishlab chiqarish boshqaruB) sxema bo‘yicha
bosh muhandis
lavozimigacha ko‘tarilish davomiyligi 9,5 yilni tashkil qiladi.
Ayniqsa ishlab chiqarish sxemasida xizmat pog‘onalari bo‘yicha ko‘tarilib borish
nisbatan tezroq kechadi.
Mavjud ishbilarmonlik muhitida, dastlabki mablag‘ mavjud bo‘lganda (kredit
olish imkoniyati) o‘zining ishini tashkil eitsh mumkin (tashuvlar, avtoservis va
boshqalar).
Dostları ilə paylaş: