O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov


TEXNIK TIZIMDA MUHANDIS, BAKALAVR BILIMLARINING



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122
Usmanov darslik

3.6.
TEXNIK TIZIMDA MUHANDIS, BAKALAVR BILIMLARINING 
O‟SUVCHANLIGI 
 
Texnik tizimda muhandis – nazariy bilimlarga, kasbiy ko‘nikmalarga, 
ishbilarmonlik sifatlariga suyanib, talab qilingan (berilgan) ish ko‘rsatkichli texnik, 
texnologik va boshqa tizimlarni yaratish, qayta o‘zgartirish va ularni ishga qobiliyatli 
holatda tutishni ta`minlaydigan oliy ma‘lumotli mutaxassisdir. 
Mashinasozlik va qurilish majmualari sohasida yaratiladigan yangi buyumlar, 
inshootlar va tizimlar potensial xususiyatlarining ro‘yobga chiqishi muhandislar va 
ular qo‘l ostida ishlaydigan ekspluatatsiya xodimlariga bog‘liqdir.
Muhandis mehnat faoliyatini bevosita ishlab chiqarishdan boshlasa, usta, 
mexanik sifatida ishchilarning quyi jamoalarini (brigadalar, uchastkalar) boshqaradi 
va uning xizmat joylari muhandis-texnik xizmati chegaralarida o‘zgaradi, boshqaruv 
Muhandis 
Bosh mexanik 
Bo‘lim boshlig‘i 
Bosh muhandis 
3,6 yil 
3,6 yil 
3,2 yil 


150 
ishlaridan boshlasa, dastlabki va keyingi lavozimlarini muhandis-texnik xizmatining 
boshqaruv apparatida egallaydi (muhandis, katta muhandis, texnik bo‘limi boshlig‘i 
va boshqalar); aralash faoliyat yuritsa, boshqarmadagi ish bilan bir qatorda har xil 
darajadagi ishchi jamoalarini ham boshqaradi. 
Davlat ta‘lim standartiga asosan muhandisning bilim darajasiga qo‘yiladigan 
umumiy talablardan tashqari quyidagi yo‘nalishlarda ham talablar qo‘yiladi: 

gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bo‘yicha; 

matematika va boshqa tabiiy-ilmiy fanlar bo‘yicha; 

umumiy ta‘lim fanlari bo‘yicha; 

maxsus fanlar bo‘yicha (shu jumladan, avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi 
bo‘yicha). Talablar quyidagi shaklda tuzilgan: tushunchaga ega bo‘lmoq, 
bilmoq va foydalanish, qo‘lidan kelmoq, tajribaga ega bo‘lmoq. 
Ko‘rsatilgan talablar oydinlashtiriladi va o‘quv rejalarida, dasturlarda, 
tayyorlash amaliyotida amalga oshiriladi hamda ixtisoslikning muhandisiga mos 
ravishda quyidagi asosiy bloklarga birlashtiriladi. 
Umum madaniyat, kasbiy va sotsial faoliyatning ijtimoiy va insonparvarlikka 
yo‟naltirilganligi: 

inson shaxsi, huquqlari, hayoti va sog‘lig‘ining ustuvorligini tushunish; 

konstitutsiya va qonunlarga bo‘lgan hurmat, ularga amal qilish; 

xalqparvarlik, qonunlarga itoat etish, intizomlilik; 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
manfaatlarini 
tushunishga 
asoslangan 
vatanparvarlik, uning tarixi, texnika sohasi ziyolilari an‘analari, avtomobil 
transporti va oliy maktab tarixi va an‘analari; 

jamiyat, iqtisodiyot va texnikaning umum rivojlanish qonuniyatlarini 
tushunish; bu qonuniyatlar va yo‘nalishlardan kasbiy faoliyatda 
foydalanish; 

tadbirkorlik, faollik, peshqadamlikka intilish; 

yuqori ma‘naviy, madaniy va kasbiy daraja; 

hamkasblar, mijozlar, xodimlar va qo‘l ostidagi odamlar bilan 
munosabatlarda vijdonlilik va hamkorlik; 


151 

ishchi jamoa, kasbiy uyushmalar va tashkilotlarda kasbiy va ijtimoiy 
faollik; 

o‘zining, ayniqsa rahbariyat oldida, qarashlari va fikrlarini himoya qila 
bilish; 

o‘zining fikr va takliflarini yozma va og‘zaki ravishda bayon qila bilish. 
Yuqori kasbiy bilimlar va ko‟nikmalar:

muhandis-texnika 
xizmatining 
maqsadlari 
va 
o‘rni, 
transport 
qonunchiligining asoslari va mazmunini bilish; 

iqtisodiy usullar, tarmoq va korxonalarni boshqaruv mexanizmlarini 
tushunish; 

o‘z faoliyat doirasida marketing tahlilini o‘tkaza bilish; 

zamonaviy avtomobillar konstruksiyalari, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va 
ta`mirlash, texnologik jihoz va materiallarni bilish; 

me‘yoriy-texnik hujjatlarni yuritish asoslarini va ularni amaliyotda 
qo‘llashni bilish; 

texnik xizmat ko‘rsatish, ta`mirlash, saqlash va yonilg‘i quyish texnologik 
jarayonlari va usullarini bilish; 

muhandislik, texnologik va iqtisodiy hisob-kitob qilish usullarini egallash; 

mehnat qonunchiligi, xodimlarning huquq va vazifalari, xavfsizlik texnikasi 
va mehnat muhofazasi talablarini bilish; 

atrof-muhitning avtomobil transportidan ifloslanishi sabablari, manbalari va 
miqdorlarini bilish; 

ish yuritish va hisob-kitob asoslarini egallash; 

ilmiy-texnik adabiyotlar bilan ishlash va kerakli axborotni olish mahorati 
(statistik hisobot, ma‘lumotnomalar, standartlar, jurnallar); 

eng kamida bitta chet tilini bilish; 

yangi axborot texnologiyalarni egallash va ulardan amalda foydalanish 
(shaxsiy kompyuter, tarmoqlar, serverlar, internet va boshqalar); 


152 

o‘z ish joyini tashkil qilish mahorati va tashqi ko‘rinishini maqtovga 
sazovor darajada tutish. 
Boshqaruv va muhandislik qarorlarini qabul qilish mahorati: 

o‘zining huquq va vazifalarini, bo‘linma vazifalari va uning boshqaruv 
tizimi pog‘onalaridagi tutgan o‘rnini bilish (korxona, tashkilot, firma va 
boshqalar); 

tizim rivojlanishi qonuniyatlarini tushunishga asoslangan ilmiy bashoratlash 
manbalarini egallash; 

muammolar va kelishmovchiliklarning paydo bo‘lishini oldindan ko‘ra 
bilish; 

bo‘linmaning istiqbolli va joriy (tezkor) maqsadlarini aniqlash va 
taqsimlash; 

tizimning bosh maqsadlariga to‘g‘ri keladigan o‘zining maqsad va 
vazifalarini ifodalashni bilish; 

kerakli ma‘lumotlar kelib tushishini, ularga o‘z vaqtida ishlov berish va 
tahlil etishni tashkil qila olish; 

muqobil qarorlar zarurligini tushunish, ularni ifodalash va taqqoslay bilish; 

ishlab chiqarish va bozor vaziyatlarida qarorlar qabul qilishning standart 
ususllarini egallash, bu vaziyatlarni identifikatsiya
8
qila bilish; 

nostandart vaziyatlarda qarorlar qabul qilish asoslarini egallash;

boshqa mutaxassislar, rahbariyat yoki tashqi maslahatchilarga murojaat 
qilishning maqsadga muvofiqlik sharoitlarini tushunish; ular oldiga qaror 
qabul qilish va kelishishni talab qiladigan savollarni qo‘ya bilish; 
Qarorlarni amalga oshirish va xodimlar bilan ishlash mahorati: 

bajaruvchilar va qo‘l ostidagi xodimlarga masalalarni aniq qo‘yish va 
maqsadlarni ifodalash; 

o‘z vazifalarini qo‘l ostidagi xodimlarga qisman bo‘lib bera bilish; 
8
Identifikatsiya (lot. identificare – aynanlashtirmoq, tenglashtirmoq) ob`yektning umumiy va xususiy belgilari 
majmuiga qarab aynanligini aniqlash [48]. 


153 

qarorlarni amalga oshirish shartlarini rahbariyat oldida aniqlash (muddatlar, 
resurslar, cheklashlar); 

rahbariyat va mijozlar bilan bo‘lgan munosabatlarda o‘ta xushmuomalalik; 

qarorlar bajarilishini muntazam va bosqichma-bosqich nazorat qilishni 
tashkillash; 

qo‘l ostidagi xodimlar bilan munosabat va ishbilarmonlik uslubini egallash: 
xushmuomalalik, talabchanlik; 

bilim va ko‘nikmalarni boshqalarga etkazish, «menga o‘xshab bajar» 
shaklidan foydalanish; 

xodimlarning foydali tashabbusi va faolligidan foydalanish, uni 
umumlashtirish va rivojlantirish; 

qo‘l ostidagi xodimlarning ilm olishiga, kasbiy va madaniy o‘sishiga 
g‘amxo‘rlik qilish, zahira (shu jumladan o‘zining lavozimi uchun) 
tayyorlash; 

qo‘l ostidagi xodimlarni haqqoniy va ochiq, ma‘naviy va moddiy 
rag‘batlantirish yoki jazolash; 

maxsus mutaxassislar jamoasini tashkillash va bosh bo‘lish, javobgarlikni 
o‘z zimmasiga olish. 
O‟zgarayotgan ishlab chiqarishga moslashuv va kasbiy o‟sishga imkon 
beruvchi mutaxassis bilimlarining o‟suvchanligi:

tarmoqda amal qiladigan asosiy qonuniyatlar va mutanosibliklarni 
tushunish; 

ish uslublari va qarashlarning (fikr-mulohazalarning) tizimliligi; 

uddaburonlik (epchillik) va moslashuvchanlik; 

texnik ekspluatatsiya nazariy asoslarini va ulardan amalda foydalanishni 
bilish; 

vatan va chet el tajribasidan foydalanish va umumlashtirishni bilish; 

ilmiy-texnik taraqqiyot yo‘nalishlari va bashoratlarni bilish, tarmoq 
rivojlanishining asosiy g‘oyalarini bilish; 


154 

tarmoqdagi ilmiy-tadqiqot ishlari, shu jumladan qidiruv va fundamental 
ishlar natijalari bilan tanishish; 

kasbiy-ijtimoiy tadbirlarda faol qatnashish (seminar, konferensiya, 
ko‘rgazma va boshqalar); 

o‘z malakasini muttasil oshirish va o‘z-o‘zini tanqid qilish ruhi; 

kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar va mahoratning to‘planib borishi jarayonida 
mehnat bozoridagi raqobatbardoshlik va o‘zi haqidagi fikrning o‘sishi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin