104
bir qancha masalalarini hal qiladi. ATK da xo‘jalik yuritish sharoitlarining o‘zgarishi
harakat tarkibiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash ishlarini boshqarish uchun
eng yangi, zamonaviy tashkiliy usullarni qo‘llashni taqozo etadi. Bunda hududiy
servis bozorlarining vaziyatini ham e‘tiborga olish lozim. Biroq TXK va ta`mirlash
ishlarining texnologiyasi jiddiy o‘zgarmaydi, chunki transport
vositalarining texnik
holatini saqlab turishga bo‘lgan talablar har qanday iqtisodiy vaziyatda bir xil
darajada qoladi. Ularni shartli ravishda to‘rtta o‘zaro bog‘liq masalalar majmuasiga
keltirish mumkin.
1.
Ishlarning dasturini aniqlash ya‟ni tashxislash, texnik xizmat ko‟rstaish
rejalashtirilayotgan avtomobillar soni, majmuasi va ta`mirlash ishlar hajmi.
2.
Mavjud ehtiyot qismlar, materiallarni, avtomobillarga, agregatlarga,
postlarga taqsimlash va ularning zahirasini to‟ldirish.
3.
Avtomobillarni postlarning ixtisoslashuvi, jihozlanishi va bandligi bo‟yicha
taqsimlash.
4.
Ta`mirlovchi ishchilariga vazifalarni postlar va mintaqalar bo‟yicha
taqsimlash.
Bu masalalarni samarali hal qilish, avtomobil transporti korxonasi harakat
tarkibiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash bo‘yicha ishlab chiqarishni tashkil
qilish va boshqarishni markazlashtirish orqali
erishiladi, yangi tizim boshqaruvining
markazlashgan tizimi (BMT) deb ataladi (2.14-rasm).
Ishlab chiqarishni markazlashgan boshqaruv tizimi (ICHMBT) quyidagi
tamoyilarga amal qilishni ko‟zda tutadi.
1.
Rahbar xodimlari orasida ma‘muriy va tezkor funksiyalarni aniq taqsimlash
va tezkor boshqarishni yagona markazga ya‘ni ishlab chiqarishni boshqaruv
bo‘limiga (ICHBB) birlashtirish.
ICHMBTning asosiy vazifalari - bu bajarilishi zarur bo‘lgan
ishlar hajmini,
ishlab chiqarish resurslarini tahlil qilish asosida ishlab chiqarish bo‘linmalarning
faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish hisoblanadi.
106
Avtomobil transporti korxonasi muhandis-texnika
xizmati ishlab chiqarish
majmuasi tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
- texnik xizmat ko‟rsatish va tashxis majmuasi (TXKT)
, o‘z tarkibiga KX, 1-
TXK, 2-TXK va tashxis brigadalarini birlashtiradi;
- joriy ta`mirlash majmuasi (JT)
, bevosita avtomobillarda ta`mirlash ishlarni
bajaruvchi bo‘linmalarni birlashtiradi;
- ta`mirlash mintaqalari majmuasi (TM)
, agregatlar,
uzellar va detallarning
aylanma jamg‘armasini tiklash bilan band bo‘lgan bo‘linmalarni birlashtiradi.
4. Ishlab chiqarishni tayyorlash, ya‘ni ehtiyot qismlar va materiallarning
aylanma jamg‘armasini komplektlash, zahiralarini
saqlash va rostlash, agregatlar,
uzellar va detallarni ishchi postlariga etkazish, ta`mirlash jamg‘armasini
komplektlash, ishchilarni asbob-uskunalar bilan ta`minlash, avtomobillarni texnik
xizmat, ta`mirlash va kutish mintaqalarida olib yurish.
Ishlab chiqarishni tayyorlash majmuasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Dostları ilə paylaş: