101
Brigadaga biriktirilgan ishlarni bajarish uchun majmua brigadalar turli kasbdagi
ijrochilar bilan to‘ldiriladi. Bunda har bir brigada, o‘ziga biriktirilgan ishchi joylariga,
TXK va ta`mirlash postlariga, o‘zining texnologik jihozi va asboblariga, ehtiyot
qismlar va aylanma agregatlar zahirasiga ega, ya‘ni avtomobillarga
texnik xizmat
ko‘rsatish va ta`mirlash ishlarini tashkil qilishni murakkablashtiradigan material
vositalarining samarasiz tarqalib ketishi va dasturning qisqarishi sodir bo‘ladi.
Bu usulda turli majmua brigadalar bo‘yicha ayrim ijrochilarning bandligini
tartibga solish, ishlab chiqarish quvvatlari va material resurslar bilan harakat qilish
qiyinligi tufayli boshqarish murakkablashadi. Shunday vaziyatlar vujudga keladiki,
unda majmuaviy brigadalardan birining ishchilari ish bilan haddan ortiq yuklanganda,
boshqasi - ish bilan to‘liq ta`minlanmagan bo‘ladi, ammo brigadalar bunday sharoitda
o‘zaro yordam ko‘rsatishdan manfaatdor bo‘lmaydilar. Ishni bunday tashkil qilishda
TXK uchun javobgarlik etarli emasligi saqlanadi.
Bundan tashqari bu usulda
avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishni oqimli tashkil qilish qiyinlashadi material
texnika vositalari brigadalar bo‘yicha taqsimlanishi oqibatida ulardan samarali
foydalanilmaydi.
Bu usulning muhim yutug‘i texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta`mirlash
bo‘yicha bajarilgan ishlar sifatiga butun brigada javobgar hisoblanadi.
3. Agregat-uchastka usulining
mohiyati shundaki,
avtotransport korxonasining
harakatdagi tarkibiga TXK va ta`mirlash bo‘yicha barcha ishlar bir yoki bir nechta
agregatlarga (uzellar, mexanizmlar va tizimlar) TXK va JT ishlarini bajarishga
ma‘sul bo‘lgan ishlab chiqarish mintaqalari orasida taqsimilanadi. Ishlab chiqarishni
tashkil qilishning bunday shaklida mintaqalarga biriktirilgan agregat, uzel va
tizimlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash sifati uchun moddiy va ma‘naviy
javobgarlik aniqlashadi. Ishlab chiqarishni agregat-uchastka
usulida tashkil qilishda
avtomobil transporti korxonasi muhandis-texnika xizmati tuzilmasi 2.13-rasmda
ko‘rsatilgan.
102
Bajariladigan ishlar avtomobil transporti korxonasining o‘lchamlariga bog‘liq
bo‘lgan ishlab chiqarish dasturi va harakat tarkibini ishlatish jadalligini hisobga olgan
holda ishlab chiqarish mintaqalari orasida taqsimlanadi. Ishlab chiqarish
ustaxonalarining ish natijalari - ustaxonaga biriktirilgan agregatlar va tizimlarini
texnik nosozligi sababli avtomobillarning turib qolishi bo‘yicha hamda tegishli
agregatlarni JT uchun sarflanadigan o‘rtacha ishlash davomiyligi bo‘yicha
baholanadi.
Avtomobillar jadal ishlatiladigan o‟rtacha va katta o‟lchamli avtomobil
transporti korxonalarida texnik xizmat ko‟rsatish va joriy ta`mirlash ishlari
taqsimlanadigan mintaqalar soni 4 tadan 8 tagacha bo‟lishi mumkin.
Asosiy ishlab
2.13-rasm. Ishlab chiqarishni agregat-mintaqa usuli bilan tashkil qilishda
ATK muhandis-texnika xizmatining tuzilmasi.
103
chiqarish mintaqalariga biriktirilgan ishlar texnik xizmat ko‘rsatish va joriy
ta`mirlash postlarida hamda mos ustaxona va mintaqalarda ularning brigadalari
tarkibiga kirgan ijrochilar tomonidan bajariladi
Agregat-uchastka usuli ishlab chiqarish jarayoning barcha elementlarini va
ehtiyot qism va materiallar sarfini aniq hisobga olish imkonin beradi.
Rejalashtirish
va iqtisodiy rag‘batlantirishning yangi usullari sharoitlarda ishlab chiqarishni bunday
tashkil qilish texnik xodimlarning ishga bo‘lgan qiziqishi va ma‘suliyatini oshirish
hisobiga avtomobil transporti korxonasining ish samaradorligini oshiradi.
YUqorida qarab chiqilgan usullar bilan taqqoslaganda agregat-uchastka usuli
ma‘lum bir ustunliklarga ega bo‘lishi bilan birga bir qancha kamchiliklardan ham xoli
emas, ularning ichida eng asosiysi - ishlab chiqarishning tarqoqligi bo‘lib u, ishlab
chiqarishni tezkor boshqarishni qiyinlashtiradi. Butun avtomobil bo‘yicha
ta`mirlashlarning bajarilish jaryoni haqidagi axborot bo‘lmasligi ishlab chiqarish
maydonlaridan, material va mehnat resurslaridan ratsional
foydalanish imkonini
bermaydi. Ishlarni bajarish ketma-ketligi ishchilarning bitta avtomobilda
to‘planishiga va texnik xizmat yoki ta`mirtalab boshqa avtomobillarning ortiqcha
bekor turishiga olib keladi. Texnik xizmat va ta`mirlashga olib kelingan avtomobillar
ishlab chiqarish mintaqalari bo‘yicha taqsimlanishi butun avtomobil bo‘yicha
ta`mirlashning tugash muddatini rejalashtirish imkonini bermaydi.
Agregat-uchastka tizimini joriy qilish ma‘lum yaxshi natijalarni beradi. Lekin
yaxshi natijalar bilan birga ayniqsa katta o‘lchamli avtomobil transporti korxonalari
va birlashmalarida ishlab chiqarishni samarali boshqarishga to‘sqinlik
qiluvchi
kamchiliklar ham namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: