O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   122
Usmanov darslik

- komplektlash mintaqasi
- mintaqa ishchilari tezkor boshqaruv bo‘limi
topshirig‘iga binoan ta`mirlash ishlarini bajarish uchun zarur ehtiyot qismlarga 
talablarni rasmiylashtiradi va ularni ombordan olib ishchi postlariga etkazadi hamda 
ta`mirlash uchun echib olingan nosoz agregat, uzel va detallarni tashishni qiladi;
 
- oraliq ombor

bu erda cheklangan majmuadagi ehtiyot qismlar saqlanadi va 
ularning zahirasi belgilangan darajada saqlab turiladi; 
- yuvish-nuqsonlarni aniqlash mintaqasi
- bu erda ta`mirlash jamg‘armasini 
qabul qilish va saqlash, agregatlarni qismlarga ajratish, uzellar va detallarni yuvish, 
defektovka qilish va ta`mirlash uchun ta`mirlash majmuasiga jo‘natishdan oldin 
komplektlash amalga oshiriladi; 
- asbob-uskunalar mintaqasi
- asbob uskunalarni saqlash, tarkatish, taqsimlash 
va ta`mirlash bilan shug‘ullanadi; 
- transport mintaqasi
haydovchilari avtomobillarini asosiy haydovchilardan 
qabul qilib, ta`mirlashni kutish mintaqasida saqlash, og‘ir vaznli agregat, uzel va 
detallarni tashishni amalga oshiradi. 


107 
5. Ishlab chiqarishni markazlashgan boshqaruv tizimida avtomatika
telemexanika, hisoblash texnikasi vositalaridan aloqa vositalari sifatida foydalanish. 
Avtomobil transporti korxonasining texnika xizmati tarkibiga ishlab 
chiqarishni boshqaruv markazi, ishlab chiqarish majmualari, ishlab chiqarishni 
tayyorlash majmualari va 2.5 paragrafda keltirilgan bo‘linmalar ham kiradi. 
Ishlab chiqarishni markazlashgan boshqaruv tizimiga rahbarlikni boshliq 
amalga oshiradi, boshqarish bo‘yicha asosiy tezkor ishlar, tezkor boshqaruv bo‘limi 
dispetcherlari va ularning yordamchilari - texnik operatorlar tomonidan bajariladi. 
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash bo‘yicha barcha 
ishlarga tezkor rahbarlikni ishlab chiqarishni markazlashgan boshqaruv tizimining 
tezkor boshqaruv bo‘limi amalga oshiradi. 
Tezkor boshqaruv bo‟limi xodimlari quyidagi asosiy ishlarni bajaradilar: 
- smenani qabul qiladi, ya‘ni ishlab chiqarish holatini, bajarilgan dasturni
tugallanmagan ishlab chiqarish o‘lchamlarini, ishlab chiqarishdagi mavjud holatlarni 
va belgilangan grafikdan chetga chiqishlarni qayd etadi; 
- tashxis, 1-TXK, 2-TXK o‘tkazish rejalari bajarilishining tezkor nazoratini 
amalga oshiradi; 
- harakat tarkibini ta`mirlash ishlarining bajarilishini tezkor rejalashtirish, 
rostlash, hisobga olish va nazoratni amalga oshiradi; 
- reglament ishlari va ta`mirni o‘tkazish uchun ehtiyot qismlar va materiallarni 
o‘z vaqtida tayyorlash bo‘yicha ishlarning bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi; 
- smenani topshiradi. 
Axborotga ishlov berish va tahlil bo‟limi 
zimmasiga boshqaruv tizimining 
axborot ta`minotini tashkil qilish bilan bog‘liq barcha ishlar yuklatiladi. Axborotga 
ishlov berish va tahlil bo‘limining asosiy vazifasi, texnika xizmati barcha 
bo‘linmalari faoliyati haqidagi axborotni tizimlashtirish, qayta ishlash, tahlil qilish va 
saqlash hamda avtomobillarning bosib o‘tgan yo‘li, asosiy agregatlarning harakati va 
texnik ta‘sirlarini rejalashtirish hisobini olib borishdan iborat. 
Axborotga ishlov berish va tahlil qilish bo‘limi tarkibiga ta`mirlash hujjatlarini 
qayta ishlash, axborotni tahlil qilish bo‘yicha xodimlar kiradi. 


108 
Axborotga ishlov berish va tahlil bo‟limi quyidagi asosiy ishlarni bajaradi: 
- ishlov berish uchun dastlabki hujjatlarni qabul qiladi, ularni to‘g‘ri va to‘liq 
to‘ldirishni nazorat qiladi va axborotni keyingi ishlov berish uchun tayyorlaydi: 
- axborot - ishlov berish texnikasining sodda vositalari va shaxsiy 
kompyuterlar yordamida qayta ishlanadi; 
- axborotga ishlov berish natijalari bo‘yicha tahlilni amalga oshiradi va 
natijalarni aniq choralar ko‘rish va avtomobil transporti korxonasi muhandis-texnika 
xizmatining ishini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish uchun 
rahbariyatga topshiradi. 
Ishlab chiqarishni tayyorlash majmuasi
texnik xizmat ko‘rsatish, tashxis va 
joriy ta`mirlash majmualarini ehtiyot qismlar va materiallar bilan ta`minlash ishlarini 
amalga oshiradi. Ishlab chiqarishni markazlashgan boshqaruv dispetcheri - ishlab 
chiqarishni tayyorlash majmuasi ustidan tezkor rahbarlikni majmuaning texnik 
operatorlari orqali olib boradi. 
Detallar, uzellar va agregatlarni etkazish, tarqatish jarayoni - komplektatsiya 
mintaqasi tomonidan quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 
1) 
ta`mirlash varaqasidagi axborotga asosan, ta`mirlash ishlarini bajarish 
uchun zarur detallarga, uzellar va agregatlarga talabni aniqlaydi; 
2) 
ishlab chiqarishni markazlashgan boshqaruv dispetcheri - ishlab 
chiqarishni tayyorlash majmuasi texnik operatoriga zarur ehtiyot qismlarni postga 
etkazishni ta`minlashga farmoyish beradi; 
3) 
ishlab chiqarishni tayyorlash majmuasi texnik operatori - oraliq va asosiy 
ombordagi 
ehtiyot 
qismlarning 
mavjudligini 
tekshiradi 
va 
chilangar 
komplektovchilardan biriga zarur ehtiyot qismni, ishlab chiqarish majmuasining 
postiga etkazishga buyruk beradi. 
Avtomobil transporti korxonasi harakat tarkibiga texnik xizmat ko‘rsatish va 
ta`mirlash ishlab chiqarishini boshqarishning markazlashgan tizimi avtomobillarning 
me‘yordan ortiq bekor turishlarini kamaytirishga va ishchilar hamda rahbar 
xodimlarning samarasiz vaqt sarfini kamaytirishga imkon beradi. 


109 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin