O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122
Usmanov darslik

RAHBAR 
Sinov
ishlari 
Tayyorlash
ishlari 
Tajriba 
konstruktorlik 
ishlari 
Ilmiy 
tadqiqot 
ishlari 
А loyiha 
В loyiha 
С loyiha 


93 
Boshqaruv zvenolarining (departamentlar) o‘zaro munosabatlari, ular orasidagi 
aloqalar tufayli amalga oshirib boriladi va bu aloqalar gorizontal va vertikal turlarga 
bo‘linadi. 
Gorizontal aloqalar 
(teng huquli boshqaruv zvenolarining kooperatsiyasi va 
koordinatsiyasi) muvofiqlashish harakteriga ega va odatda bir darajali hisoblanadi. 
Ular, 
kompaniyalar 
bo‘linmalari 
orasida 
muammolar 
yuzaga 
kelganda, 
bo‘linmalarning o‘zaro samarali munosabatini va harakatini ta`minlashi zarur bo‘ladi. 
Vertikal aloqalar 
(subordinatsiyali, ierarxik) rahbarlik va bo‘ysinish orasida 
yuzaga keladi, ular boshqaruv ierarxik bo‘lganda, ya‘ni bir nechta boshqaruv 
darajalari mavjud bo‘lganda zarur bo‘ladi. Ushbu aloqalar idoraviy va hisobotga oid 
axborotlarni uzatish kanali bo‘lib xizmat qiladi. 
2.5.
TEXNIKA XIZMATINING TASHKILIY ISHLAB CHIQARISH 
TUZILMASI
 
Muhandis-texnika xizmatining tashkiliy ishlab chiqarish tuzilmasi
 
deganda 
uning miqdori, o‘lchami, funksional vazifasi, o‘zaro aloqasi, o‘zaro ta‘sir usullari va 
shakllarini aniqlovchi ishlab chiqarish bo‘linmalarning tartibli to‘plami
 
tushuniladi.
 
Boshqaruv tizimi tuzilmasi
- ishlab chiqarish bo‘linmalariga rahbarlikni amalga 
oshiruvchi zvenolarning tarkibi va o‘zaro bo‘ysinishidir. 
Muhandis-texnika xizmati va boshqaruv tizimi tashkiliy ishlab chiqarish 
tuzilmasini ishlab chiqishda bajarilishi zarur bo‘lgan asosiy talab, tizimning 
avtomobillar ishlash qobiliyatini saqlab turishdagi maqsad va vazifalarini belgilab 
olishdir. 
Avtomobil transporti korxonasi muhandis-texnika xizmatining vazifasi, tashish 
jarayonining grafigiga mos holda, tashishini tashkil qilish xizmati bilan belgilangan 
majmua va muddatda harakat tarkibining texnik tayyorgarligini ta`minlashdan iborat. 
Bu maqsadga erishish uchun avtomobil transporti korxonasi muhandis-texnika 
xizmati bir qancha vazifalarni bajaradi va ularni bajarish uchun tashkiliy ishlab 


94 
chiqarish tuzilmasini tashkil etuvchi ishlab chiqarish bo‘linmalari tashkil qilinadi va u 
quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi: 

bevosita avtomobilda o‘tkaziladigan texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlashning 
postda bajariladigan ishlari: 

avtomobillardan echib olingan nosoz agregatlar, uzellar va detallarni tiklash 
bo‘yicha ixtisoslashgan ustaxona va mintaqalarda bajariladigan ishlar;

ishlab chiqarishni tayyorlashni ta`minlash, oraliq va markaziy omborlarda 
agregatlar, uzellar va detallarning kamaymas zahirasini ta`minlash, ishlab chiqarish 
mintaqalarida avtomobillarini olib yurish bo‘yicha ishlar;

ishlab chiqarish texnika bazasini saqlash, tiklash va qayta jihozlash bilan bog‘liq 
ishlar. 
Muhandis-texnika xizmatining tashkiliy tuzilmasi avtomobil transporti 
korxonasining vazifalariga va maqsadlariga muvofiq keladigan, harakatdagi tarkibga 
texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta`mirlashga qaratilgan: xodimlar, material, 
moliyaviy va boshqa resurslari birlashmasini tashkil etadi. 
Hozirgi vaqtda avtomobil transportida, ham yuridik, ham jismoniy shaxslar, 
tomonidan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni davom ettirilmoqda. Bundan 
tashqari, avtomobillarga TXK va ta`mirlash bilan bog‘liq, u yoki bu shaklda xizmat 
ko‘rsatayotgan korxonalar doirasi ham ancha kengaydi. 
Odatda, ushbu korxonalarda muhandis-texnik xizmati, u yoki bu tashkiliy 
ishlab chiqarish shaklida, faoliyat ko‘rsatadi. 
Muhandis-texnika xizmati tashkiliy ishlab chiqarish tuzilmasidan iborat ishlab 
chiqarish bo‘limlari, ishlab chiqarish bazasi va resurslarga ega va ular quyidagilarni 
amalga oshiradi: 

saqlash va qator hollarda avtomobillarga yonilg‘i quyish; 

avtomobilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajariladigan TXK va joriy ta`mirlashning 
postdagi ishlari; 

ixtisoslashtirilgan ustaxonalar va sexlarda, avtomobildan echilgan nosoz 
agregatlar, uzellar va detallarni tiklash bo‘yicha bajariladigan ishlar; 


95 

ishlab chiqarish mintaqalarida avtomobillarni ko‘chirish, oraliq va markaziy 
omborlarda agregatlar, uzellar va detallar zahirasi, ishlab chiqarishni tayyorlash 
bo‘yicha bajariladigan ishlar; 

ishlab chiqarish texnika bazasini saqlash, qayta qurish va texnik qayta 
jihozlash bo‘yicha bajariladigan ishlar. 
Odatda harakatdagi tarkibga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta`mirlash tizimi 
o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bir nechta kichik tizimlardan tashkil topadi. Ularning 
asosini uchta ishlab chiqarish tagtizimlari tashkil etadi: asosiy, yordamchi va 
ta`minlovchi. 
Avtomobil transporti korxonasi muhandis-texnika xizmati tashkiliy ishlab 
chiqarish tuzilmasining umumlashgan sxemasi 2.10-rasmda ko‘rsatilgan.
Umumlashgan va eng to‘liq variantda avtotransport korxonalarining (korxonalar 
guruhi, birlashmalar, xoldinglar) muhandis texnika xizmati quyidagi tagtizimlarni 
(bo‘limlar, ustaxonalar) o‘z ichiga oladi. 
2.10-rasm. ATK muhandis-texnika xizmati tashkiliy ishlab chiqarish 
tuzilmasining umumlashgan sxemasi. 


96 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin