O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 XX asr adabiyotimizda qaysi janrlar paydo bo’ldi?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   187
5. XX asr adabiyotimizda qaysi janrlar paydo bo’ldi? 
 
Yangi o’zbek adabiyotining tug’ilishi, shakllanishi, rivoji bir asr davomida 
uch xil ijtimoiy tuzum – rus chorizmi istibdodi, sho’ro hokimiyati va istiqlol 
davrida, xilma-xil siyosiy, mafkuraviy oqimlar – jadidchilik, bolshevizm va milliy 
istiqlol mafkurasi ta’sirida taraqqiy etdi. Asr boshida adabiyotimizda roman, qissa, 
drama, komediya, sochma, erkin she’r, sonet
13
kabi bir qator janrlar paydo bo’ldi. 
6. XX asr adabiyoti qanday davrlashtiriladi? 
Yangi o’zbek adabiyoti xalq va jamiyat hayotining o’ziga xos badiiy 
tarixidir. Uning asosiy tasvir ob’yekti borliq hayot – yangi voqelikdir. Bu 
adabiyotning mavzu va mundarijasi yangidir, u bevosita yangi hayotni aks ettiradi. 
Yangi o’zbek adabiyoti hayotdagi barcha muhim voqealarga faol aralashadi va
10
Modernizm (fr. moderne – eng yangi, zamonaviy) – san’at va adabiyotdagi realizmga zid yo’nalish. 
11
Postmodernizm (fr.postmodernisme - modernizmdan keyingi) – o’tgan asrning ikkinchi yarmidan adabiyot va 
san’atda, umuman, ijtimoiy-gumanitar sohalarda kuzatila boshlagan oqim, ijodiy metod. 
12
Absurd – bema’ni, mantiqsiz. 
13
Sonet (ital.sonetto, provanscha sonnet-qo’shiq so’zidan) – qat’iy she’r shakllaridan biri, shakl xususiyatlariga 
ko’ra tasnif etiluvchi lirik janr. Sonet o’n to’rt misradan iborat bo’ladi, ya’ni 4+4+3+3 shaklida 


ular haqida o’z fikrini obrazli qilib aytadi. Bu adabiyotni quyidagicha 
davrlashtirish mumkin: 
1. Asr boshida o’zbek adabiyoti. 
2.20-yillar adabiyoti. 
3.30-40-yillar adabiyoti. 
4. 60-90-yillar adabiyoti
5.Hozirgi adabiy jarayon (90-yillardan boshlab ). 
7. XX asr adabiyotining ilk davri tarixda qanday nom bilan kirdi? 
 
XX asr boshlariga kelib milliy uyg’onishga chorlovchi jadidchilik harakati 
yuzaga keldi va tobora rivojlana bordi. Bu harakatning asosiy maqsadi – xalq 
ommasini ma’rifatli qilish orqali mamlakat rivojiga, mehnatkashlar hayotini 
yaxshilashga ko’maklashishdan iborat edi. Shu tarzda adabiyot ham “Milliy
uyg’onish davri o’zbek adabiyoti” nomi bilan tarixga kirdi.
Jadidlar milliy uyg’onish davri g’oyalarini hayotga tatbiq etishda matbuot, 
maktab-maorif hamda adabiyot va san’at imkoniyatlaridan unumli foydalandilar. 
Turli xil to’siqlarga qaramay, “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Vaqt”, “Samarqand”, 
”Oyna”, “Shuhrat”, “Turon”, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg’ona” kabi 
gazetalarni tashkil etib, o’sha davrning muhim g’oyalarini, ma’rifatparvarlik, 
millatparvarlik, vatanparvarlik g’oyalarini targ’ib qildilar. 
Jadid matbuotida bo’lganidek, jadid adabiyotida ham ma’rifat, maktab-
maorif va hurriyat mavzulari davr sadosi sifatida yangradi. Mehnatkash ommani 
jaholatga qarshi ilmli-bilimli bo’lishga, ma’rifatga chaqirish jadid yozuvchilari 
ijodining asosini tashkil etdi. Bu xususiyat Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar 
Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda 
Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Tavallo, Muhammadsharif 
So’fizoda kabi shoir va yozuvchilar ijodida yaqqol ko’rinadi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin