O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
 
 
 
Mas’ul muharrir: 
 
K. ABDULLAYEV – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent 
 
 
Taqrizchilar: 
 
M. SULAYMONOV – filologiya fanlari nomzodi, dotsent 
М. HAMIDOVA – filologiya fanlari nomzodi, dotsent 
 
 
 
Mazkur uslubiy qo’llanma Namangan davlat universiteti ilmiy kengashi 
tomonidan nashrga tavsiya etilgan 
 
ISBN – 978-9943-989-35-1
 
 
 
 
 
 


 MUALLIFDAN 
 
Ma’lumki, Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tomonidan olib 
borilayotgan davlat siyosatida ma’naviyatga eng muhim masala sifatida katta 
ahamiyat berib kelinmoqda. Davlatimiz rahbarining deyarli barcha asarlarida 
mazkur masalaga jiddiy e’tibor qaratilib, uning asosini tashkil etadigan 
adabiyotimiz ma’naviyatimizni yuksaltirishda alohida ahamiyat kasb etishi ko’p 
marta ta’kidlanadi. “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor”
1
risolasi fikrimizga dalil bo’la oladi. Prezidentimiz bu asarda ma’naviyatni, uning 
ajralmas qismi bo’lgan badiiy adabiyotni yuksak baholab, azaliy qadriyatlarimizni 
kelgusi avlodlarga yetkazishda uning o’rni va ahamiyati katta ekaniga alohida 
urg’u beradi. 
Biz shoir deganda, avvalo, Alisher Navoiydek benazir zotlarni, yozuvchi 
deganda Abdulla Qodiriy, Oybek singari o’z xalqi uchun nafaqat noyob 
iste’dodini, ayni paytda butun hayotini bag’ishlagan buyuk va mo’tabar insonlarni 
tasavvur etamiz… Xalqimiz adabiyotni muqaddas va ulug’ bir dargoh deb 
biladi…
2
 deya ta’kidlaydi. Bu hikmatomuz fikrlarda mubolag’a yo’q. Zero, inson 
o’zligini bilishi kerak, yurti, xalqi tarixini, adabiy merosini tinmay o’rganmog’i 
lozim. Shundagina kishilarimiz Vatan qadrini yana ham yaxshi tushunadilar. Bu 
fikrlarimiz Yurtboshimiz tomonidan aytilgan quyidagi fikrlarda o’z tajassumini 
topgan: ”Bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina 
inson qadrini bilishi, o’z milliy qadriyatlarini, milliy o’zligini anglashi, erkin va 
ozod jamiyatda yashash uchun fidoyilik bilan kurasha olishi mumkin”
3

Milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy meros deganda talay ma’nolarni anglash 
mumkin. Shulardan eng muhimi, shubhasiz, o’zbek adabiyoti bo’lib chiqadi. Zero, 
har bir xalqning adabiyoti dastlab o’z milliy tarixi, an’analari, madaniyati va milliy 
ma’naviyatini ifodalash bilan qimmatlidir. Chunki adabiyot – ma’naviyat 
sarchashmasi. U yosh avlodni tarbiyalashda, ular ongiga milliy qadriyatlarimizni 
singdirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Bu haqda ham Yurtboshimizning 
1

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin