O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Mahmudxo’ja Behbudiy kelajak avlodga qanday vasiyat qilgan?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   187
 22. Mahmudxo’ja Behbudiy kelajak avlodga qanday vasiyat qilgan?
 
Mahmudxo’ja Behbudiy 1918-yil o’rtalarida “Musulmon ishchi va dehqon 
sho’rosi”ga maorif xalq komissari etib tayinlanadi. Turkistonning davlat tili 
to’g’risidagi dekret loyihasini tayyorlashda jonbozlik ko’rsatdi. Biroq bu ezgu 
maqsad ham o’z vaqtida amalga oshmay qoldi.  
Behbudiy qarashlarida jamiyat taraqqiyotiga to’sqinlik qilib kelayotgan eski 
urf-odatlarni, aqidalarni isloh qilish takliflari islom axloqini mustahkamlash 
g’oyasi bilan chirmashib ketadi. 
Xalqi, Vatani uchun fidoyilarcha yashagan, mehnat qilgan Behbudiyning 
umri, hayoti ham mohiyat e’tibori bilan shu xalq, shu Vatan uchun fido bo’ldi. U 
1919-yilning bahorida Buxoro amirining Shahrisabzdagi kishilari tomonidan 
hibsga olinadi va sho’ro ayg’oqchisi, jadid degan ayblar bilan Qarshi shahrida qatl 
etiladi. Bu ishni sho’rolar uyushtirgan, degan qarashlar ham bor. 
Mahmudxo’ja Behbudiy kelajak avlodga qarata shunday vasiyat qilgan edi: 
Agar bizning hayotimiz hurriyat va xalq baxt-saodati uchun qurbonlik sifatida 
kerak bo’lsa, biz o’limni ham xursandchilik bilan kutib olamiz ”. 
 
23. Qaysi shahar Behbudiy nomi bilan atalgan (vafotidan so’ng)? 
 
Behbudiy 1919-yilning bahorida – 25-martda Shahrisabzda qo’lga olinib, 
sirli bir tusda Qarshi shahrida qatl qilinadi. Qarshi shahri (Qashqadaryo viloyati 
markazi ) 1926-1937-yillarda 11 yil Behbudiy nomi bilan yuritiladi. Biroq uning 
asl qiyofasi xalqdan sir saqlanadi. Adib nomining abadiylashtirilishi shunchaki bir 
niqob edi. Qarshi shahriga uning nomi qo’yilgan o’sha 1926-yildayoq u mansub 
bo’lgan jadidchilikni aksilinqilobiy, aksilsho’roviy harakat sifatida qoralash 
kampaniyasi boshlab yuborilgan edi. 


24. Behbudiy vafotiga bag’ishlab kimlar marsiya yozishdi? 
O’z davrining Fitrat, Cho’lpon, Sadriddin Ayniy singari buyuk shoirlari 
Behbudiy o’limiga bag’ishlab marsiyalar yozishdi. Sadriddin Ayniy o’z 
marsiyasida yozadi: 
Seni bundan buyon, Turon, ko’rolurmi, ko’rolmasmu? 
 
 
Sening masnaviying Turkiston topolurmu, topolmasmu? 
 
 
Sening tarixiy davroning, sening osoriy urfoning, 
 
 
Sening noming, sening joning jahon qoldiqcha qolmasmu? 
 
 
Vatan avlodi yod etdi, sani hurmatda shod etdi, 
 
 
Va lekin intiqomingni ololurmi? Ololmasmu? 
 
Ayrim she’riy marsiyalardan tashqari, Behbudiyga bag’ishlangan katta 
janrdagi asarlar ham paydo bo’ldi. Masalan, dramaturg Hojimurod bu alloma qatl 
etilishi voqeasini markazga qo’ygan holda “Maorif qurbonlari” nomli sahna 
asarini yozdi. Biroq, ko’p o’tmay, mudhish davrlar boshlandi. Behbudiyga chin
millatchi, xalq dushmani tamg’asi yopishtirildi, uzoq yillar davomida uning nomi 
faqat salbiy ma’nolardagina tilga olindi. 
Mustaqillik davriga kelib, Behbudiyga adolatli, haqqoniy munosabat paydo 
bo’la boshladi. Allomaning o’zbek xalqi tarixidagi o’rni, nomi tiklandi. Badiiy 
asarlari, publisistik maqolalari chop tiladigan, ilmiy tadqiqotlarda hayoti va ijodi 
xolis tadqiq etiladigan bo’ldi. Bir qator olimlar Behbudiy ijodini o’rgandilar… 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin