O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


partiya va sho’ro hukumatining adabiy siyosati to’g’ri yo’ldan borganida, bu ijod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   187

partiya va sho’ro hukumatining adabiy siyosati to’g’ri yo’ldan borganida, bu ijod 
ahli ko’plab o’lmas asarlarni yaratgan bo’lardilar. 
30-50-yillar adabiyoti, XX asr o’zbek adabiyoti taraqqiyoti tarixining boshqa 
davrlari singari, o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Bu har ikkala jihatni 
xolis tahlil etish va baholash faqat adabiyotimiz tarixchilarininggina emas, balki 
ijod ahlining ham vazifasidir. Zero, Abdulla Qodiriy va Cho’lpon, Oybek va 
G’afur G’ulom singari ulkan yozuvchilarning ijodiy yo’li xalaflar uchun hamisha 
buyuk saboq va dorilfunun bo’lib xizmat qiladi. 
10. XX asrning 30-yillar she’riyatida Jordano Bruno obrazini kim yaratdi? 
 
XX asrning 30-yillarida ijodkorlarimiz zamonaviylik bilan bir qatorda 
tarixiy o’tmishni ham unutmadilar. Shoir Sulton Jo’ra she’riyatimiz mundarijasini 
kengaytirib, Jordano Bruno obrazini yorituvchi she’riy asar yaratdi. 
11. XX asr 30-yillar o’zbek she’riyatida Alisher Navoiy siymosiga ilk bor 
qaysi shoirlar murojaat qilishdi? 
 
30-yillar she’riyatida shoirlarimiz tarixiy o’tmishni ko’p esga oldilar. Oybek 
va Shayxzoda Alisher Navoiy siymosiga ilk bor murojaat etib, o’zbek xalqining 
ulug’ farzandi haqida ballada va dostonlar yaratish mumkin ekanligini namoyish 
qildilar. Oybekning “Navoiy”(Oybek shu nom bilan tarixiy-biografik roman ham 
14
Иззaт Султон. Aср сaбoқлaри. – “Ўзбeкистoн aдaбиёти вa сaнъaти” гaзeтaси, 2001 йил, 1 янвaр. 


yozgan), “Navoiy va Guli” dostonlari, Shayxzodaning “O’rtoq Navoiy” asari 
fikrimizning dalili bo’la oladi. 
12. 30-40-yillarda xalq ertaklari asosida yaratilgan “Tohir va Zuhra” dramasi 
kimniki?  
30-40-yillarda o’zbek xalq og’zaki ijodi ta’sirida yozilgan “Tohir va Zuhra” 
dramasi shoir va dramaturg Sobir Abdulla qalamiga mansub. “Tohir va Zuhra” 
asari xalq ertaklari syujeti asosida o’zbek yozuvchilari tomonidan yozilgan eng 
yaxshi asarlardan biri sifatida adabiyotimiz xazinasida bir umrga qoldi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin