O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 20-yillar o’zbek adabiyotining asosiy yutug’i nimalardan iborat?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   187
8. 20-yillar o’zbek adabiyotining asosiy yutug’i nimalardan iborat? 
 
20-yillar o’zbek adabiyotining asosiy yutug’i yetuk realistik hikoya, qissa, 
roman, drama namunalari va yangicha she’riy shakllarning paydo bo’lishi bilan 
belgilanadi. Cho’lponning “Oydin kechalarda”, “Qor qo’ynida lola”, “Novvoy 
qiz”, Abdulla Qodiriyning “Uloqda” va “Jinlar bazmi”, Abdulla Qahhorning
“Boshsiz odam” hikoyalarida jahon novellachiligiga xos realistik fazilatlar 
namoyon bo’ldi. Sadriddin Ayniyning “Buxoro jallodlari” va “Qulbobo” qissalari; 
Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” va “Mehrobdan chayon”, Cho’lponning 
“Kecha va kunduz” romanlari; Fitratning “Abulfayzxon”, Cho’lponning 
“Yorqinoy”, Hamzaning “Burungi saylovlar”, G’ulom Zafariyning “Halima” va 
Abdulla Avloniyning bir qator dramalari shu davrning ulkan hodisalari bo’ldi. 
9. 30-50-yillar adabiyotining asosiy yutug’i nimalardan iborat? 
 
XX asrning 30-yillarida maktab-maorif, ilm-fan, adabiyot va san’at sohasida 
muayyan yangiliklar paydo bo’ldi. Lekin bu davrda mudhish shaxsga sig’inish 
illati tomir ota boshladi. Minglab sof vijdonli kishilar stalinizm o’qiga uchrab, 
behuda qurbom bo’ldilar. A. Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir, So’fizoda, 


Botu, Elbek singari noyob iste’dod sohiblari “Xalq dushmani” sifatida yo’q qilindi. 
Bu voqea xalq hayotiga katta ziyon yetkazdi, adabiyot va san’at rivojiga jiddiy 
halaqit berdi. Bu haqda akademik Izzat Sulton shunday yozgan edi: “XX asr 
tajribasidan kelib chiqadigan ikki muhim saboq bor: Birinchi saboq – har qanday 
sharoitda, davrlar fojialarga qanchalik to’la bo’lmasin, baribir, taraqqiyot 
to’xtamaydi, davom eta beradi. 

Ikkinchi xulosa shuki, insoniyat taraqqiyotining asosiy shakli tadrijiy 
rivojlanish bo’lib qoladi
14

30-yillar adabiyotining o’ziga xos muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu 
davrda milliy uyg’onish davri adabiyotining buyuk vakillari Abdulla Qodiriy
Fitrat va Cho’lpon o’z ijodlarining so’nggi namunalari bilan adabiy jarayonda 
qatnashdilar.
30-yillar adabiyoti erishgan eng katta yutuq uning xalq ommasi bilan yaqin 
aloqa o’rnata olganida edi. Xalq bu davrda badiiy so’zga, yozuvchining so’ziga 
ishondi. Shu bilan birga qo’pol xatolarga ham yo’l qo’yildi. Partiya adabiyotga 
rahbarlik qilarkan, yozuvchilarni o’z childirmasiga o’ynatib, hayot haqiqatiga zid 
asarlar yozishga rag’batlantirdi va shunday asarlarga, ularning muallifiga yuksak 
mukofotlar berdi. 
Urush davrida she’riyat, nasr va dramaturgiya turlarida yaratilgan ko’plab 
asarlar safarbarlik ruhiga ega bo’ldi. 30-50-yillar adabiyoti Oybek va G’afur 
G’ulom, Hamid Olimjon va Maqsud Shayxzoda, Mirtemir va Sobir Abdulla, 
Usmon Nosir va Zulfiya singari iste’dodli yozuvchilarni yetishtirib berdi. Agar 
Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin