O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Yangi o’zbek adabiyotining tashkil topishi va rivojida qaysi holat alohida



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
3. Yangi o’zbek adabiyotining tashkil topishi va rivojida qaysi holat alohida 
tahsinga sazovor voqea sifatida baholandi? 
Bu matbuot va nashr ishlarining keng tus olishi bo’ldi. XIX asrning 
oxirlarida chiqa boshlagan “Turkiston viloyatining gazeti” dastlabki tajriba 
8
Шaрaфиддинов Озод. Уч чўққининг бири. – “Ўзбекистон адабиёти ва санъати” гaзетаси, 2001 йил, 23.ХI. 
9
XX aср менинг тақдиримда. – “Жaҳoн aдaбиёти” журнaли, 2001 йил, январ сoни, 24-бет. 


maydoni bo’ldi. XX asr boshlariga kelib “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat”, 
“Samarqand”, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg’ona”, “Hurriyat” gazetalari, 
“Oyna”, “Al-isloh” jurnallari qalam ahlining bosh minbariga aylandi. 
“Ishtirokiyun”, “Qizil O’zbekiston”, “Qizil bayroq”, “Turkiston”, “Yangi 
Farg’ona”, “Yangi Sharq”, “Inqilob”, “Mushtum”, “Bilim o’chog’i”, “Maorif va 
o’qituvchi”, “Yer yuzi”, “Alanga” kabi gazeta-jurnallar o’sha davr adabiyotining 
ko’zgusi edi. Adiblarning asarlari ham qo’lda ko’chirilmay, zamonaviy bosma 
usulida yuzlab, minglab nusxalarda alohida kitob holida chiqa boshladi. Umuman, 
yangi o’zbek adabiyoti ilk qadamlaridanoq ommaviy adabiyot sifatida qad rostlay 
boshladi. 70-80-yillari “Sharq yulduzi”, “Guliston”, “Yoshlik” kabi jurnallar 
“O’zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligi nusxasi bir necha yuz mingga yetdi. 
4. Qaysi holatlar Yangi o’zbek adabiyoti rivojiga, ifoda tarziga yangi 
xususiyatlar olib kirdi? 
 
Yangi o’zbek adabiyoti rivoji ayni paytda axborot vositalari, san’atning 
ko’plab yangi turlari – teatr, kino, radio, televideniyening tashkil topishi jarayonida 
ular bilan o’zaro hamkorlik va raqobatda kechdi. Bu hol ham so’z san’ati uslubi, 
ifoda tarziga yangi xususiyatlar olib kirdi. 30-yillardayoq jahon adabiyotining 
“Hamlet”, “Otello”, “Boris Godunov”, “Yevgeniy Onegin”, “Demon” kabi nodir 
namunalarining badiiy go’zalligini o’zbek tilida ifoda etish imkoniyati tug’ildi. 
Keyinroq “Shoh Edip”, “Ilohiy komediya”, “Faust”, “Urush va tinchlik”, “Jinoyat 
va jazo”dan XX asr adabiyotining g’oyat xilma-xil yo’nalishlariga mansub “Usta 
va Margarita”, “It yurak”, “Oshkora qotillik qissasi”, “Judolikdagi yillar”, 
“Qumdagi xotin”, “Qiyomat”gacha, F. Kafka, J. Joys, A. Kamyu, H. Heyne kabi 
modernizm
10
, postmodernizm
11
, absurd
12
adabiyoti namoyandalarining o’ta 
murakkab asarlari ham o’zbek tilida chop etildi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin