3-mavzu. G’oya va mafkura
Reja:
1. G’oya, uning mohiyati va namoyon bo’lish shakllari.
2. Mafkura, uning mazmuni, inson va jamiyat hayotidagi o’rni.
3. Hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi.
4. O’zbekistonning mustaqilligi va mafkuraviy jarayonlar.
G’oya, uning namoyon bo’lish shakllari.
«G’oya», «G’oyaviy tarbiya», «Mafkura» kabi tushunchalar tez-tez
ishlatilmoqda. Ularning mazmuni nimadan iborat? Kundalik hayotimizda kuzatilayotgan va ushbu tushunchalarda o’z
ifodasini topayotgan jarayonlarning mohiyati, o’ziga xosligi nimada?
Masalaga, falsafiy yondashadigan bo’lsak, bu
savollarga javob berish uchun, avvalo, «g’oya» o’zi nima ekanligini
tushunib olish kerak bo’ladi. Agar e’tibor bersak, har birimiz hayotimizda quyidagi holatga ko’p marta duch kelganmiz.
Ya’ni muayyan muammo, hal qilinishi zarur bo’lgan masala yuzaga kelganda, fikran uni hal etish, echish yo’lini
qidiramiz. Ana shu jarayonda paydo bo’lgan xulosa – fikrni «Menda bir g’oya paydo bo’ldi», degan shaklda bayon
etamiz. Hayotiy tajribamizda ko’p marta kuzatilgan ana shunday holatdan kelib chiqadigan bo’lsak, g’oya
bu yaxlit
fikrdir, deyish mumkin. Ammo, ana shu tajriba, har qanday fikr ham g’oya bo’lolmasligi haqidagi xulosani ham
chiqarish imkonini beradi.
Har kuni kimlar bilandir muayyan voqea, hodisa va jarayonlar haqida o’z mulohazalarimizni o’rtoqlashamiz. Bunda aksariyat
hollarda o’zimizga ma’lum narsalar
haqida fikrlashamiz, xolos. Ana shunday holatlardan farqli o’laroq g’oyada yangilik
mujassamlashgan bo’ladi. Demak, g’oya o’zida yangilikni tashuvchi fikrdir.
Bu g’oyaga xos bo’lgan xususiyatlarning bir qismi, xolos. G’oya ilmiy fakt, muammo, faraz,
nazariya kabi
voqelikni aks ettirish, ilmiy bilishning o’ziga xos shakllaridan biri ekanligini ham unutmaslik lozim. Ana shu holatga
nisbatan oladigan bo’lsak, g’oyaning nafaqat voqelikni o’rganish natijasida bo’lgan muayyan bilim sifatida o’zligini
nomoyon qilishiga, balki unda shu voqelik bundan keyin qay yo’nalishda o’rganilishi zarurligi haqidagi ko’rsatma
botiniy tarzda mavjudligiga ham ishonch hosil qilish mumkin.
Shu nuqtai
nazardan qaraganda, g’oya ulkan yo’naltiruvchilik rolini o’taydi. Masalan, qadimgi yunonistonlik
faylasuflarning atomlar haqidagi g’oyasi asrlar davomida ilmiy izlanishlarni uni topishga, xususiyatlarini tadqiq etishga,
dunyoning tuzilishidagi o’rnini aniqlashga yo’naltirib keldi. Ana shu izlanishlarning natijasi o’laroq o’tgan asrda atom
kashf qilindi. Bu kashfiyot insoniyatning olam tuzilishi to’g’risidagi tasavvurlarining butunlay o’zgarishiga olib keldi.
Ammo insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ilmiylikka da’vogarlik qilgan bo’lsa-da, o’z mohiyatiga ko’ra
g’ayrilmiy bo’lgan va ilm-fan taraqqiyotida o’ta salbiy iz qoldirgan g’oyalar ham ko’p bo’lganligini ko’rish mumkin.
Masalan, o’z davrida sobiq ittifoqda kibernetika va genetikani «yolg’on fan»ligini asoslashga qaratilgan g’oyalar
ustuvor bo’lganligi bu fanlar rivojini bir necha o’n yillarga orqaga surib yubordi.
Tabiiy-ilmiy g’oyalar haqida fikr yuritar ekanmiz, yana bir holatga diqqatni qaratish lozim bo’ladi. Ular taraqqiyot
omiliga aylanishi uchun ma’lum bir shart-sharoit bo’lishi kerak. Ya’ni, birinchidan, jamiyatning umumiy bilim darajasi
yuzaga kelgan yangi bilimni qabul qilishga tayyor bo’lishi va ikkinchidan, uni tekshirib ko’rish,
tasdiqlash yoki inkor
etish imkoniyatiga – qurollar, vositalar, moddiy-moliyaviy resurslarga ega bo’lishi lozim. Aks holda u ma’lum
madaniy-ma’rifiy hodisa sifatida qolib ketadi. Buyuk bobokolonimiz Abu Rayhon Beruniyning «G’arbiy yarim sharda
quruqlik bor», degan fikrlari taqdiri ana shunday bo’ldi. Jamiyatning bunday g’oyani qabul qilishga tayyor emasligi
tufayli o’sha paytda bu g’oya o’zining haqli bahosini topmadi. Oradan bir necha asr o’tgandan so’ng G’arbiy yarim
sharda quruqlikning borligi haqiqatan tasdiqlandi. Bu quruqlik – materik keyinchalik
Amerika nomi bilan yuritila
boshlandi. Ajoyib shoirimizning «Kolumbda bor alamim manim», degan o’tli misralarida ana shu tarixiy faktga o’ziga
xos munosabat ifodasini topgan, deyish mumkin.
G’oyaning yana bir o’ziga xos ko’rinishi bu
Dostları ilə paylaş: