Bilish darajalari ni shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy darajaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha
tirik mavjudotlarga xos bo’lib,
hissiy bilish deyiladi. Hissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir.
Insonning sezgi a’zolari (ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo’lgani singari uning
narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muhitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning
quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, xayol tashqi olam to’g’risida muayyan bilimlar hosil qilishga yordam beradi.
Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo’lib,
aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson o’z
sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va
hodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo hodisa sifatida namoyon bo’ladi. Har bir
hodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo’ladi. Shu boisdan ham hodisa aldamchi va chalg’ituvchidir.
Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki hodisa to’g’risida bergan ma’lumotlari hech qachon uning butun
mohiyatini ochib bera olmaydi.
Tushuncha. Aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish hissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida
olingan bilimlarni umumlashtirish, tahlil qilish, sintezlash, mavhumlashtirish orqali yangi hosil qilingan bilimlardan
tushunchalar yaratiladi.
Tushunchada insonning hissiy bilish jarayonida orttirgan barcha bilimlari mujassamlashadi. Tushuncha aqliy
faoliyat mahsuli sifatida vujudga keladi. Narsa va hodisalar mohiyatiga chuqurroq kirib borishda tushuncha muhim
vosita bo’lib xizmat qiladi.
Aqliy bilish hissiy bilishga nisbatan ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Aqliy bilishda narsa va hodisalarning
tub mohiyatini bilish uchun ulardan fikran uzoqlashish talab etiladi. Masalan, insonning mohiyati uning sezgi
a’zolarimiz qayd etadigan kelishgan qaddi-qomati, chiroyli qoshu ko’zi, ijodkor qo’li, oyoqlari bilan belgilanmaydi.
Insonning mohiyati avvalo, uning aql va tafakkurga, yaratish qudratiga, mehr-shafqat hissiga, mehnat qilish, so’zlash
qobiliyatiga ega ekanligida namoyon bo’ladi.
Inson tushunchasi o’zida insoniyatning ko’p asrlar davomida orttirgan bilimlarining mahsuli sifatida shakllandi.
Har bir fan o’ziga xos tushunchalar apparatini yaratadi va ular vositasida mohiyatni bilishga intiladi. I. Kantning
fikricha, narsalarning mohiyati so’z va tushunchalarda mujassamlashadi. Ya’ni biz so’z va tushunchalarni o’zlashtirish
jarayonida biron bir bilimga ega bo’lamiz. Har bir inson dunyoga kelar ekan, tayyor narsalar, munosabatlar bilan bir
qatorda tayyor bilimlar olamiga ham kirib boradi.
Hukm. Aqliy bilish narsa va hodisalarga xos bo’lgan belgi va xususiyatlarni tasdiqlash yoki inkor etishni taqozo
etadi. Tafakkurga xos bo’lgan ana shu tasdiqlash yoki inkor etish qobiliyatiga hukm deyiladi. Hukmlar tushunchalar
vositasida shakllanadi. Hukmlar yangi bilimlar hosil qilishga imkoniyat yaratadi, ular vositasida narsa va hodisalar
mohiyatiga chuqurroq kirib boriladi. Shunday qilib, hukm narsa va hodisalarning tub mohiyatini ifodalovchi eng muhim
belgi va xususiyatlar mavjudligini yo tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Masalan, «inson aqlli mavjudotdir», degan hukmda
insonga xos eng asosiy belgi - aqlning mavjudligi tasdiqlanayapti. Biroq inson shunday murakkab mavjudotdirki, uning
mohiyati faqat aqlli mavjudot ekanligi bilan cheklanmaydi. Chunki qirg’inbarot urushlar, ekologik inqirozlar aqlli
mavjudot bo’lgan inson tomonidan amalga oshirildi. «Inson axloqli mavjudotdir». Inson to’g’risidagi hozirgi zamon
fanining muhim xulosasi ana shu.
Xulosa — aqliy bilishning muhim vositalaridan biri, yangi bilimlar hosil qilish usulidir. Xulosa chiqarish induktiv
va deduktiv bo’lishi, ya’ni ayrim olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chiqarishga yoki umumiylikdan
alohidalikka borish orqali bo’lishi ham mumkin.
Binobarin, tushuncha, hukm va xulosalar chiqarish ilmiy bilishning muhim vositalaridir. Bunday bilish insondan
alohida qobiliyat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va hodisalardan fikran uzoqlashishni, diqqatni bir joyga to’plashni,
ijodiy xayolni talab etadi.
Bilishning oliy darajasi