O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish 
bir-biridan farqlanadi. 
Kundalik bilish usullari nihoyatda xilma-xil va o’ziga xos bo’lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va 
umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushkuldir. Hozirgi zamon g’arb sotsiologiyasida xalqlarning 
kundalik bilim hosil qilish usullarini o’rganuvchi maxsus soha — etnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya 
asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Nazariy bilishning ob’ekti, 
sub’ekti va predmetini bir-biridan farqlash muhim. 
Bilish ob’ekti
. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish 
uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish ob’ektlari hisoblanadi. Bilish ob’ektlari 
moddiy, ma’naviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo’lishi mumkin. Bilish ob’ektlari eng kichik zarralardan tortib 
ulkan galaktikagacha bo’lgan borliqni qamrab oladi. Bilish ob’ektlariga asoslanib, bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-
gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi. 
Bilish sub’ekti. 
Bilish bilan shug’ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish sub’ekti hisoblanadi. Ayrim olingan 
tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish sub’ektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat 
mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning o’ziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham 
bilish ob’ekti, ham bilish sub’ekti sifatida namoyon bo’ladi. 
Bilishning maqsadi
ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar 
vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga 
erishishdir. Fan — fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida 
ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama 


rivojlanishi bilan turli ilm sohalarining hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish sub’ekti, yangi ilmiy 
kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar. 
Bilish predmeti
sub’ektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish ob’ektining ayrim sohalari va tomonlaridir. 
Fanning o’rganish sohasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botanika
zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa sohalari vujudga kelgandir. Tadqiqot predmeti fanlarni bir-biridan 
farqlashga imkon beradigan muhim belgidir. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin