O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Gnoseologiya 
asosan, bilishning falsafiy 
muammolarini hal etish bilan shug’ullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqib, 
gnoseologiya oldiga yangi vazifalar qo’yadi. Xususan, XVII asr o’rtalarida evropalik faylasuflar ilmiy bilishning 
ahamiyati, haqiqiy ilmiy bilishlar hosil qilishning usullarini o’rganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan 
shug’ullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy bilimdir, degan g’oyani olg’a surdilar. 
XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga, ratsional bilishning hissiy bilishga nisbatan 
ustunligiga alohida urg’u berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalarining haqiqiyligi xususida emas, balki 
insonning bilish qobiliyatlari haqida bahs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi, degan masala keskin 
qo’yildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubha bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldilar. 
Bilish nima?
Bilish insonning tabiat, jamiyat va o’zi to’g’risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy 
faoliyat turidir. Inson o’zini qurshab turgan atrof-muhit to’g’risida bilim va tasavvurga ega bo’lmay turib, faoliyatning 
biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shug’ullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo’lib, har qanday kasb-korni 
egallash faqat ilm orqali ro’y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo’lgan ma’naviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir. 
Insoniyat ko’p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli 
ham o’zi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat 
jarayonida yangi bilimlar hosil qilinadi. 
Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar hosil qilish butun insoniyatga xos bo’lgan bilish usulidir. 
Bilimlar bevosita hayotiy ehtiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning 
ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug’ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi 
alohida sotsial guruh vujudga keldi. Bular — ilm-fan kishilari bo’lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug’ullanadilar. 
Bilishning ikki shakli: 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin