mafkura deyiladi, deb xulosa chiqarish mumkin.
Ammo mafkuraviy andoza va qoidalar mutlaqlashtirilishiga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Mutlaqlashtirish uni tayyor
va o’zgarmas tamoyillar, ko’rsatmalar yig’indisi sifatida tushunish natijasida yuzaga keladi. Bunday tushunish, ma’lum
darajada, xavfli ekanligini ham ta’kidlash zarur. Xususan, marksizm asoschilari asarlarida bayon etilgan g’oya,
printsiplarning mutlaqlashtirilishi, hayot o’zgarib borayotgan bir paytda mafkuraviy qarashlarda dogmatizmning
ustuvorligi, hayotni qotib qolgan mafkuraviy andozalarga qarab o’zgartirishga urinish er yuzida bir-biriga qarama-
qarshi turgan ikki siyosiy sistemaning shakllanishiga olib keldi. Insoniyatni halokat yoqasiga keltirib qo’ygan bu
mafkura bilan qurollangan yoki zo’rlab qurollantirilgan xalqlar mashaqqatli kunlarni, og’ir judoliklarni boshidan
kechirdilar. Insoniyat boshiga ko’plab kulfatlar keltirgan bunday mafkuralar haqida ko’plab misollar keltirish mumkin.
Biroq ular umuman mafkuraning jamiyat hayotidagi rolini inkor etmaydi.
Agar muayyan bilimlar, qadriyatlar va maqsadlar tizimi — mafkura bo’lmas ekan, kishilarda ijtimoiy
jarayonlarning mohiyatini to’la-to’kis anglash imkoniyati bo’lmaydi, davlat, jamiyat o’z taraqqiyot yo’lini yo’qotib
qo’yadi. Buning isboti uchun uzoqqa borish shart emas.
Chunonchi, sodir bo’layogan jarayonlarni tushunishga va mavjud muammolarni hal qilishga turlicha yondashuv, yagona
birlashtiruvchi mafkuraning yo’qligi, sobiq Ittifoq davrida «bosmachilik» tamg’asi bosilgan milliy ozodlik harakati
namoyandalarining yakdil faoliyatiga imkon bermadi. Ularning har biri ezgu maqsadlar yo’lida harakat qilgan, millat ozodligini orzu
etgan bo’lsalar-da, ammo yagona milliy g’oya va rahnamo atrofida birlasha olmadilar. Prezidentimiz o’rinli ta’kidlaganlaridek,
mafkuraviy yakdillik bo’lmagan, bo’shliq yuzaga kelgan joyda begona mafkura hukmron bo’lishini isbot qiladigan ana shunday
misollarni xoh o’tmishdan, xoh zamonamizdan ko’plab keltirish mumkin.