O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Ijtimoiy ongning strukturasi
ijtimoiy munosabatlar va kishilar faoliyatining turlari bilan belgilanadi. Odamlar 
faoliyati qanchalik xilma-xil, ularning ijtimoiy munosabatlari qanchalik boy bo’lsa, ijtimoiy ong ham shunchalik boy va 
murakkab bo’ladi. Voqelikni aks ettirish darajasiga ko’ra, ijtimoiy ong odatiy va nazariy ongga bo’linadi. 
Odatiy ong
hayotiy tajriba asosida vujudga kelgan oddiy xulosalar, qarashlar majmuidan iborat bo’lib, kishilarning 
kundalik hayotidagi voqealarni aks ettiradi va rivojlanadi. Uning sohiblari – sub’ektlari alohida olingan shaxslarning 
hayotiy tajribasi, qiziqishlari, qobiliyatlari, bilimlari, hayotda egallangan mavqelari hech qachon bir xil bo’lmaydi. 
Odatiy ongda nazariy bilimlarga dalil va asos bo’lib xizmat qiladigan elementlar bo’ladi. Olimlar, san’atkorlar turli 
nazariyalar, badiiy obrazlar yaratishda hayotiy-kundalik ongga asoslanadilar, undan ma’naviy oziq oladilar. 
Odatiy ongda xalq donishmandligi, an’ana va urf-odatlar, kundalik turmush qoida va talablari, tabiat haqidagi 
bilimlar, shuningdek turli uydirmalar, noto’g’ri qarashlar ham o’z ifodasini topadi. Ko’p asrlik hayotiy tajribani ixcham 
shaklda o’zida mujassamlashtirgan xalq maqollari bunga misol bo’la oladi. Odatiy ong sof holda uchramaydi. Chunki, 
inson farzandi murg’aklik davridanoq o’z atrofidagilar, so’ngra kitoblar, ta’lim tizimi yordamida inson zakovati 
erishgan ilmiy bilimlarni ham o’zlashtirishga kirishadi. Boshqacha aytganda, sodir bo’layotgan voqealarga nafaqat o’z 
tajribasi, balki ilmiy bilimlar nuqtai nazaridan ham baho bera boshlaydi, nazariy ong ta’sirida bo’ladi. 
Xo’sh, nazariy ong deganda nimani tushunish kerak? 
Nazariy ong
deganda nazariyotchilar, olimlar ishlab chiqqan nazariy qarashlar va ilmiy bilimlar tizimi tushuniladi. 
Odatiy ongdan farqli o’laroq nazariy ong o’zgaruvchan xarakterga ega. Bu o’zgaruvchanlik ilmiy bilimlarning shiddatli 
rivojlanishi, voqelik haqidagi bilimlarning doimiy chuqurlashib va kengayib borishi bilan belgilanadi. Shuningdek, 
odatiy ongga voqealarning tashqi tomonini ifodalash xos bo’lsa, nazariy ong voqealarning mohiyatini, rivojlanish 
qonuniyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun ham u odatiy ongga faol ta’sir qila oladi va kundalik tajriba asosida hosil 
qilingan bilimlarni saralashga yordam beradi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin