1. Psixika va ong koinot evolyutsiyasining tabiiy natijasi deganda nimani tushunasiz?
2. Ong nima? Nega u ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega deyiladi?
3. Ong va tilning birligi deganda nimani tushunasiz?
4. O’z — o’zini anglash nima?
5. «Informatsion portlash» nimani anglatadi?
ADABIYoTLAR
1. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. — T.: O’zbekiston, 1996.
2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari
va taraqqiyot
kafolatlari. - T.: O’zbekiston, 1997.
3. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq millatni-millat qilishga xizmat etsin. — T.: O’zbekiston, 1998.
4. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. — Fidokor, 2000 yil 8 iyun.
5. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. — T.: O’qituvchi, 1993.
2-mavzu. Ijtimoiy ong
Reja:
1.
Ijtimoiy ong tushunchasi,
uning mazmuni, tarkibiy qismlari.
2.
Ijtimoiy va individual ong, ularning namoyon bo’lish xususiyatlari.
3. Axborot dunyosining globallashuvi va inson ongi imkoniyatlarining kengayishi.
4. Ijtimoiy ongning mohiyati va namoyon bo’lish xususiyatlarini o’rganishning ahamiyati.
Har bir kishiga xos individual ong bo’lishi isbot talab qilmaydiga hol. Shu bilan birga xilma-xil kishilar, turli-tuman
sohalar, guruh, partiya, millat kabi ijtimoiy birliklardan iborat jamiyat uchun ham umumiy anglash mezonlari va me’yorlari
bormi? Jamiyat yagona
jism emas-ku, unda yaxlit anglash usuli va umumiy ong bo’lishi to’g’risida gapirish qanday bo’larkin?
degan savollar ham uchraydi. Bu savollarning tarixi uzoq.
Odamzod bir-biri bilan aloqalarini tartibga solib turadigan ma’naviy,
axloqiy mezonlar, umumiy qarash va
intilishlar, manfaat va maqsadlar
ham borligini anglaganidayoq, ijtimoiy ong mavjudligiga ishongan.
Jamiyat murakkab va serqirra hodisa. Uning xilma-xil sohalarida sodir bo’layotgan o’zgarishlar kishilar ongida o’z
aksini topmasligi mumkin emas. Ana shu jarayonni ifodalash uchun, odatda, ijtimoiy va individual ong tushunchalarini
ishlatamiz. Xo’sh bu tushunchalarning farqi nimada, ular qanday qonuniyatlar asosida rivojlanadi?
Dostları ilə paylaş: