O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


Ong moddiylikning miyada aks etishi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Ong moddiylikning miyada aks etishi
deb tushunishda, uning mohiyati inson tanasi faoliyati bilan bog’lab talqin 
etiladi. Bunday qarashlar ham qadimiy ildizlarga ega. XVIII asrga kelib ongni bevosita inson miyasi faoliyati bilan 
bog’lashga harakat qilgan qarashlar ham shakllandi. Ayni paytda materialistik yo’nalish nomini olgan bunday 
yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo bo’lgan. Falsafa tarixida «
Vulgar 
materializm»
deb nom olgan oqim namoyandalarining qarashlari bunga misol bo’la oladi. Ularning fikricha, xuddi 
jigar safro ishlab chiqargani kabi, miya ham ongni ishlab chiqaradi. Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, balki 
moddiy hodisa, degan xulosa chiqadi. Vaholanki, safroni ko’rish mumkin, ammo ongni ko’rib ham, ushlab ham, 
o’lchab ham bo’lmaydi. 
Xo’sh, ong tarixan qachon va qanday omillar ta’sirida shakllangan? U haqiqatan ham miya bilan bog’liqmi? 
Ong tarixi
insonning inson bo’lib shaklllana boshlashi tarixi bilan bog’liqdir. Uzoq vaqt davomida inson, uning 
ongi planetar, ya’ni Er shari doirasidagi hodisa sifatida qarab kelindi. Hozirgi zamon fani masalaga kengroq doirada 
yondashish zarurligini ko’rsatmoqda. Chunki fan dalillari inson paydo bo’lishini faqat Erda kechgan jarayonlar bilan 
cheklab qo’yish to’g’ri emasligini, u koinot evolyutsiyasining tabiiy hosilasi ekanligini tobora chuqurroq isbotlamoqda. 
Inson biologik va ijtimoiy harakatning tashuvchisi ekan, harakat shakllari o’rtasidagi uzviy aloqadorlikni, uning 
yuqori shakllari quyi shakllariga bog’liqligini, tayanishini, ulardan o’sib chiqishini unutmaslik lozim. Boshqacha 
aytanda, ular o’rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. 
Ong tarixi Quyosh sistemasi va unda millionlab yillar davomida sodir bo’lgan o’zgarishlardan ham ayricha olib 
qaralishi mumkin emas. Aynan mana shu jihatdan olganda, ongning shakllanishini kosmik hodisa sifatida qarash ham 
mumkin. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin