Tovushli axborot (musiqaviy axborot) – bu ko‘rinish uchun maxsus simvollardan foydalanib kodlashtirish usuli ixtiro qilingan. Bu usul axborotni grafik axborotga o‘xshab saqlash imkoniyatini beradi,yani: nutq va boshqa tovushlar.
Sonli axborot – obyektlarni miqdoriy soni va xususiyatlari: matnli axborotga o‘xshash bo‘lib, uni tasvirlash uchun maxsus belgilar ya’ni raqamli kodlashtirish usullaridan foydalaniladi. Kodlashtirish sistemalari(sanoq) har xil bo‘lishi mumkin.
Videoaxborot– filmlar, animatsiya.
Belgiliaxborot – belgilar ,nishonlar, raqamlar, maxsus belgilar va so‘zlar orasidagi probelllar bilan taqdim etiladigan axborotdir.
Mantiqiy axborot – tipning mantiqiy xulosasini “ha-yo‘q”, “katta-kichik” bilan tavsiflovchi axborot.
Semantik
axborot– mulohazani o‘zida
mujassamlashtirgan va nutq
birligining mazmuni orqali
yuboriladigan axborot.
Multimedia texnologiyasi maxsus apparat va dasturiy
vositalarni tashkil etadi. Multimedia tizimini qurish uchun qo‘shimcha apparat qurilmalari kerak. Bularga analogli audio va video signallarni raqamli va aksincha analogli ekvivalentga aylantiruvchi analograqamli va raqamlianalogli
aylantirgichlar, odatiy televizion signallarni elektron nur trubkali displeyda ko‘rsatish imkoniyatini beruvchi videoprosessor aylantirgichlar, televizion stansiyalarni o‘zaro almashtirish uchun dekorderlar, ma’lumotlarni faylda siqish uchun maxsus integral sxemalarni misol keltirish mumkin. Tovush bilan bo‘g’liq vazifalarni tovushli karta, videoga tegishlilarini esa video karta bajaradi.
Multimеdianingapparatlivositalari:
Asosiylari - yuqori quvvatli protsеssor, 64 - 512 Mbaytgacha opеrativ xotira, 40 - 100 Gbayt va undan yuqori vinchеstrli xotira, manipulyatorlar, stеrеodinamiklar va SVGA vidеoadaptеrli multimеdia-monitor.
Maxsus - CD-ROM; TV-tyunеrlar va frеym-grabbеrlar, grafik aksеlеratorlar (tеzlashtiruvchilar) shu bilan birga, uch o‘lchovli grafikani qo‘llab-quvvatlash uchun vidеoni o‘quvchi platalar, vidеoma'lumotlarni kiritish uchun qurilmalar, rеal musiqa asboblarining ovozini bеruvchi mikshеr va musiqiy sintеzatorli ovoz platalari, akustik tizimlar va b.
Multimеdianingdasturiy vositalari.
Multimеdiyali dasturlar - entsiklopеdiyalar, turli prеdmеtlar bo‘yicha intеraktiv o‘rgatuvchi kurslar, o‘yinlar, Intеrnеt bilan ishlash, trеnajyorlar, savdo rеklamasi vositalari, elеktron prеzеntatsiyalar va boshqalar.
Multimеdia dasturlarini yaratish vositalari - vidеotasvir rеdaktorlari; profеssional grafik rеdaktorlar, dasturga kiritish uchun ovozli fayllar yaratish, signal amplitudasini o‘zgartirish, qandaydir vaqt oraliqidagi ma'lumotlar blokini kiritish yoki kеsib olish imkonini bеruvchi ovozli axborotni yozish, yaratish va tahrirlash vositalari, tasvir sеgmеntlarini qayta ishlash, rang va palitrani o‘zgartirish imkonini bеruvchi dasturlar, gipеrmatnlarni rеalizatsiya qilish dasturlari va boshqalar.
Multimedianing dasturiy vositalari uchta komponentlardan tashkil topgan: amaliy dasturiy vositalar, sistemaviy dasturiy vositalar, uskunaviy dasturiy vositalar.