O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 5,28 Mb.
səhifə42/139
tarix14.12.2023
ölçüsü5,28 Mb.
#176802
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   139
Mobil qurilmalarning dasturiy taminoti (1)

Kiritish qurilmalari. Bu qurilmalar berilgan ma’lumot(rasm, yozuv, buyruq, video, ovoz)larni kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladi. Klaviaturani ham shu guruhga kiritish mumkin, lekin u periferik qurilma emas. Bu guruhga quyidagi qurilmalar misol bo‘la oladi: trekbol, skaner, raqamli fotoapparat, kodlovchi qurilma, shtrix-kodlarni o‘quchi qurilmalar, mikrofon,…
Chiqarish qurilmalari. Har qanday ma’lumot(rasm, matn, ovoz,..)ni kompyuterdan chiqarish uchun ishlatiladi. Bu guruhga quyidagilar misol bo‘la oladi: printer, plotter, naushnik, kolonka, sambufer,
Saqlash qurilmalari. Ma'lumotlarni saqlash uchun qo‘llaniladigan qurilmalar. Vinchester, kompyuter ichida joylashgani va asosiy qurilmasi bo‘lgani uchun periferik qurilmaga kirmaydi. Bu guruhga quyidagilar misol bo‘la oladi: qo‘shimcha qattiq disklar, CD-DVD disklar, fleshkalar, floppi disklar, disk massivlari,
Tarmoq qurilmalari. Tarmoq qurish uchun ishlatiladigan qurilmalar. Tarmoq topologiyalariga qarab bu qurilmalar tanlanadi. Misol qilib, tashqi modem qurilmalari, tarmoq adapterlari.

Skaner - qog’ozdagi ma’lumotni komp’yuterga tasvir ko‘rinishida kirituvchi qurilma. Skanerlar belgilarni ham anglaydi, shuning uchun qo‘lyozmalarni ham komp’yuterga kiritishi mumkin. Skanerlar 2 xil bo‘ladi: avtomatik va avtomatik bo‘lmagan. Birinchisi ma’lumotni varaqlab o‘qiydi, ikkinchisi satrlab, buning uchun skanerni kerakli satrga qo‘l bilan surib turish kerak. Skaner - fotosurat, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Hozirgi kunda stol usti skanerlari va qo‘l skanerlari keng tarqalgan.

Matnlarni skaner yordamida kiritib, tahrirlash.


Matnlarni skaner orqali kompyuterga (Word dasturiga) kiritish uchun «Вставка» menyusidan «Рисунок» bo‘limini tanlaymiz. Shunda chap tomonda qism menyu darchasi hosil bo‘ladi. Bu darchadagi «Со сканера или камеры…» buyrug’i ustida sichqoncha ko‘rsatkichini etib chap tugmasini bir marta bosamiz.

Natijada «Вставка рисунка со сканера или камеры» muloqot oynasi hosil bo‘ladi. Bu muloqot oynasidagi «Устройство» bo‘limidan kompyuterga ulangan skanerni tanlaymiz.


«Разрешение:» qatoridagi buyruqlardan «для печати» ni tanlab (nuqtachani qo‘yish kerak)
«Вставить» yoki «Специальная вставка» buyrug’ini beramiz.

Shundan keyin «Сканирование с помощью S2W 4300U/3300U Scanner» nomli skanerning oynasi (muloqot oynasi) hosil bo‘ladi. Bu oynadan «Выберите тип сканируемого изображения» bo‘limidagi «Черно-белый рисунок или текст» buyrug’ini tanlaymiz va


«Просмотр» tugmasini bosamiz.

Skanerning muloqot oynasida kompyuterga kiritilishi kerak bol’gan matn hosil bo‘ladi.


Kerakli qism tanlanib «Сканировать» buyrug’ini beramiz.



Grafik planshetlar (digitayzerlar) planshet bo‘yicha maxsus ko‘rsatkichni (peroni) harakatlantirish yo‘li bilan grafik ma’lumotlarni, tasvirlarni qo‘lda kiritish uchun pero siljiganda uning koordinatalari uqiladi va bu ma’lumotlar SHKga kiritiladi; Digitayzer (digitaizer) yoki boshqachasiga grafikli planshet — bu asosiy vazifasi tasvirlarni raqamlab chiqish qurilmasidir. U ikki qismdan: asosdan (planshetdan) va asos yuzi bo‘yicha siljiydigan ko‘rsatish qurilmasidan (pero yoki kursordan) iborat. Kursor knopkasini bosilganda uning planshet yuzasidagi holati qayd qilinadi va koordinatalari kompyuterga
beriladi. Digitayzer foydalanuvchi yaratayotgan rasmni kompyuterga kiritish uchun ishlatilishi mumkin: foydalanuvchi pero kursorni planshet bo‘yicha olib yuradi, lekin tasvir qog’ozda paydo bo‘lmasdan, balki grafik faylda qayd qilinadi.



Yüklə 5,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin