O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Multimediali ta’lim mahsulotlari



Yüklə 5,28 Mb.
səhifə38/139
tarix14.12.2023
ölçüsü5,28 Mb.
#176802
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   139
Mobil qurilmalarning dasturiy taminoti (1)

Multimediali ta’lim mahsulotlari:


  1. multimedia mahsulotlari, o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan, topshiriqlarni bajarishga mo‘ljallangan o‘quv kurslari:

ma’ruzalar kursi, o‘quv qo‘llanmalar; o‘quv taqdimotlari;
o‘quv filmlari, videodarslar.

  1. elektron multimediali darsliklar, ensiklopediyalar, lug’tlar, geografik atlaslar va hokazo.

  2. Interaktiv masofali o‘qitishning multimediali o‘rgatuvchi dasturlar.

Nazorat savollari





  1. Multimedianing visual va audio effektlariga qo‘yilgan talablar.

  2. Media texnologiyalarni necha turga bo‘lish mumkin

  3. Kommunikatsiya so‘zi nimani anglatadi?

  4. Kommunikatsiya nima?

  5. Multimedia ilovalarining qo‘llanilish sohalarini aytib bering

  6. Multimediali ta’lim mahsulotlariga nimalar kiradi?
  1. MAVZU: Zamonaviy kompyuter - yangi texnologiyalardan foydalanish vositasi


sifatida.


Reja:





    1. Multimediali kompyuterning asosiy tarkibiy qismlari, ularning texnik xususiyatlari.

    2. Multimedia ma'lumotlarini yaratish vositalari.

    3. Zamonaviy kompyuterning multimedia texnologiyasi.

Multimediali kompyuter — bu multimedia texnologiyalari asosida ishlay oladigan texnik va dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kompyuterdir. Multimediali kompyuter quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak: monitorda grafik va videoaxborotni, annimatsiyani tasvirlash, turli xil ovozli ma’lumotlarni, musiqani yuqori sifatda ijro etishi, jumladan musiqiy kompakt disklardagi ma’lumotlarni va boshqa ko‘plab multimediali axborotlarni tasvirlash va ijro etish imkoni bo‘lishi lozim. Multimediali kompyuterning apparat ta’minoti quyidagilardan iborat bo‘ladi:



  • Korpus va ta’minot bloki

  • Ona plata

  • Markaziy protsessor

  • Tezkor xotira

  • Videokarta

  • Monitor

  • Qattiq disklar to‘plami

  • Klaviatura

  • Sichqoncha

  • Disk yuritgich CD-ROM, DVD

  • Ovoz kartasi

  • Modem

  • Televizion va UKV tyuner

Yaqinda kompyuter industriyasining yuqori darajadagi vakillari, jumladan Intel va Microsoft ishtirokida shaxsiy kompyuterlar uchun yangi tartibdagi spetsifikatsiya ishlab chiqildi. Bu standart aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan shaxsiy kompyuterlar tizimlarining tiplarini aniqlab beradi. «Entertainment PC» yoki multimediali, ko‘nigilochar maqsadlar uchun ishlatiladigan kompyuterning apparat ta’minotiga qo‘yilgan talablarni ko‘rib chiqamiz.

    • ISA shinasidan butunlay voz kechish;

    • Ona plataning barcha komponentlari Plug-and-Play spetsifikatsiyasiga to‘la mos kelishi;

  • COM va LPT portlari faqatgina printerlarni ulash uchun foydalanilishi;

  • IDE/ATA и ATAPI interfeyslarini IEEE1394 standartiga almashtirish;

  • Modemlar uchun USB interfeysini qo‘llash;

  • Skanerlar yoki boshqa tasvirlarni kiritish qurilmalari uchun faqatgina SCSI yoki IEEE1394 interfeysini qo‘llash;

  • Ovoz kartalari uchun USB yoki PCI interfeyslaridan foydalanish;

  • Grafik adapterlarga faqatgina AGP yoki PCI interfeyslarini qo‘llash;

  • Sichqoncha va klaviaturani faqatgina USB yoki PS/2 interfeysi bilan ulash; Spetsifikatsiyada birinchi marta monitorlarning boshqa parametrlariga ruxsat berish ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Sifatli multimedia ilovalari ishlab chiqishga yo‘naltirilgan turli-tuman, bir-biridan farqli texnologik usullar mavjud. Ushbu ilovalarni yaratish va ulardan foydalanishda bir qator asosiy texnologik tavsiyalarga amal qilish kerak.
Multimedia ilovalarini yaratish uchun asos sifatida materialni elementlarga bo‘lish va ierarxiya tarzida ko‘rgazmali ravishda taqdim etishga asoslangan holda
tizimlashtirish usulini o‘zida mujassam etgan materialni qamrab olish modelini olish mumkin. Multimedia mahsuloti yaratish uchun quyidagi instrumental vositalarni jalb qilish mumkin:

  • Macromedia Flash, Adobe Flash;

  • Macromedia Director;

  • Formula Graphics Multimedia System;

  • Multimedia Creator;

  • Asymetrix ToolBook;

  • AuthorWare Professional;

  • MS PowerPoint dasturining iSpring ilovasi va boshqa shu kabi maxsus dasturiy mahsulotlar.

MS PowerPoint dasturining iSpring ilovasida dasturlar ancha oson yaratiladi, lekin ular unchalik universal emas, qo‘llanilgan instrumentlar imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa-da, malakali foydalanuvchilar bunday instrumental vositalar yordamida ishlay oladilar. Multimedia mahsulotlari yaratishda dasturlarning quyidagi imkoniyatlaridan foydalaniladi:

  • Macromedia Director – taqdimot va multimedia mahsulotlari yaratishga xizmat qiladi. Ushbu dastur MMX-texnologiyalar bilan ishlaydi va tugmalar,

slaydlar, klip va animatsiyalar bilan ishlashga imkon beradi;

  • Macromedia Flash, Adobe Flash - ob'ektlarning ikki xildagi animatsiya yaratish imkonini beradi (Shape va Motion), "tools" asboblar paneli orqali vektorli

va rastrli grafika bilan ishlaydi, vaqt bo‘yicha jarayonlarni "layer" larda tashkil qilish uchun "timeline" asbobiga ega. Dasturiy mahsulotlar swf, exe, html, jpg va boshqa formatlarda saqlanishi mumkin;

  • Formula Graphics Multimedia System – interfaol rejimda ishlovchi multimedia dasturlarini tayyorlashni ta'minlaydi.

Multimedia ilovalari bu - ensiklopediyalar, turli fanlar bo‘yicha interfaol o‘quv kurslari, o‘yinlar va ko‘ngilochar, Internet bilan ishlash, simulyatorlar, savdo reklama vositalari, elektron taqdimotlar, jamoat joylarida o‘rnatilgan ma'lumot kiosklari va turli xil ma'lumotlarni taqdim etishdir.
Multimedia ilovalarini yaratish vositalari deganda video muharrirlari, professional grafik muharrirlar, ovozli ma'lumotlarni yozib olish, yaratish va tahrirlash vositalarini tushunamiz. Bu bizga dasturlarga kiritish uchun ovozli fayllarni tayyorlash, signal amplitudasini o‘zgartirish, fon qo‘shish yoki olib tashlash, ma'lumotlar bloklarini ma'lum vaqt oralig'ida kesish yoki joylashtirish imkonini beradi. Tasvir segmentlarini manipulyatsiya qilish, ranglarni, palitralarni o‘zgartirish dasturlari, gipermatnlarni amalga oshirish dasturlari va boshqalar misol bo‘ladi.

Yüklə 5,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin