O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
Nazorat savollari:Multimediali kompyuter nima? Multimedia ilovalari shakllariga nimar kiradi? Web uchun ilovalarni tushuntiring Multimedia – galareyalar nima? Uch o‘lchovli (3D) grafika deb nimaga aytiladi? MAVZU: Zamonaviy kompyuterlarning periferik qurilmalari. Skaner turlari.Reja: Periferik qurilmalar haqida tushuncha. Grafik va matnli axborotlarni kiritish qurilmalari - skaner, grafik planshet. 3.Skanerning turlari va xususiyatlari. Hozirgi kunda kompyuter olami juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Bunga juda ko‘p sabablar bor. Eng asosiy sabablardan biri bu — kompyuter orqali inson tomonidan bajariladigan ishlarning deyarli barchasi bajarilmoqda. Nafaqat bajarilmoqda, balki oson va tez bajarilmoqda. Bu ishlarni bajarishda, kompyuter bir o‘zi emas, balki kompyuterga ulanadigan periferik qurilmalar yordamida amalga oshirmoqda. Periferik qurilma – bu kompyuterga tashqi tomondan ulanib, uning imkoniyatlarini kengaytiradigan qurilmalarga aytiladi. Bu qurilmalar qo‘shimcha qurilmalar ham deyiladi, ularsiz ham kompyuter o‘zining asosiy ishlarini amalga oshiraveradi. Periferik qurilmalar faqatgina qo‘shimcha ishlarni amalga oshiradi. Periferik qurilmalar kompyuterga ma'lum bir portlar yoki simsiz ulanishi mumkin. Misol uchun, USB, LPT, COM portlar orqali yoki simsiz aloqa orqali, ya'ni wi-fi, Bluetooth va hakazolar orqali. Biz bilamizki, kompyuter tizimli blok, monitor va klaviaturadan iborat asosiy qismlardan tashkil topgan. Bu qurilmalarning birortasi bo‘lmasa kompyuterni ishlatib bo‘lmaydi. Ko‘pchilik bu ro‘yxatga sichqonchani ham kiritishadi, lekin usiz ham kompyuterni ishlatish mumkin. Tizimli blok ichidagi qurilmalar(ОЗУ, vinchester, protsessor,..) umumiy holda uning ichiki qurilmalariga misol bo‘ladi. Qolgan barcha qurilmalar periferik qurilmalardir. Periferik qurilmalarning soni ko‘pligi uchun, ularni bir necha guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi. Yüklə 5,28 Mb. Dostları ilə paylaş: |