Tayanchbilimlarnifaollashtirish: Uyga vazifa va o‘tilgan mavzuga oid bilimlar tekshirishga oid savol va topshiriqlar beriladi va baholanadi.
Maqsadvavazifanibelgilanishi: O‘quv mashg’uloti mavzusi, rejasi, maqsadi va kutiladiyotgan natijalar bilan tanishtiradi
O‘quv mashg’uloti baholanish mezonlari bilan tanishtiradi
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirishO‘tilgan mavzularga oid asosiy tushunchalar takrorlash uchun savollar beriladi, bilimlar mustahkamlanadi.
Yangio‘quvmateriallarbayoni: Yangi avlod mobil qurilmalarining imkoniyatlari namoyish etish metodi orqali ko‘rsatiladi. O‘tilgan mavzular asosida test sinovini o‘tkazish tartibi tushuntiriladi. (1- ilova)
Yangi o‘quv materialini mustahkamlashO‘qituvchi darsda faol qatnashgan va tushunmay qolgan o‘quvchilarni aniqlab qo‘shimcha savol va topshiriqlar beriladi bilimlar umumlashtiriladi.
O‘rganilgan asosiy tushunchalar mustahkamlanadi.
Savollarga javob beradi.
O‘quv mashg’ulotiga kerakli barcha vositalarni tayyorlaydilar
Mashg’ulot rejasi bilan tanishadlar. Tinglaydilar.
2-bosqichAsosiy (65 daqiqa)
Tinglaydilar, yozib oladilar.
O‘quvchilar mavzuga oid amaliy topshiriqlarni, test savollarini bajaradilar, natijalar ko‘rib chiqiladi kamchiliklar tuzatiladi.
Qo‘shimcha savollarga javob beradilar, bilimlarni mustahkamlaydilar
Ish joyini tartibga keltiradilar
3-bosqichYakuniy(10daqiqa)
Faol qatnashgan o‘quvchilarning ishlarini izohlab baholanadi.
Uyga vazifa topshiriladi:
Yangiavlodmobilqurilmalariimkoniyatlarihaqida o‘rganish.
Baholari bilan tanishadilar, uyga vazifani aniqlab oladilar
1-MAVZU: Multimedia vositalarining tarkibiy qismlari
Reja: Multimedia va uning tarkibiy qismlari.
Multimedia texnologiyasining tamoyillari.
Multimedianing texnik va dasturiy vositalari.
Multimedia atamasi “multium” – ko‘p va “media”, “medium” – muhit, tashuvchi, xabar vositasi ma’nolarini bildiruvchi so‘zlar birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, “ko‘p muhitlilik” deb tarjima qilish mumkin.
Multimedia – bu harakatlanmaydigan tasvirlar va harakatlanuvchi video, animatsiyalangan kompyuter grafikasi va matn, nutq hamda yuqori sifatli tovushlar bilan ishlash imkoniyatini beruvchi interaktiv tizimlardir.
Multimedia texnologiyasining paydo bo‘lish g’oyasi 1945 yilda Amerikalik olim Vanniver Bush tominidan taklif qilingan “MEMEX” xotirani tashkil etish konsepsiyasi hisoblanadi. Bu konsepsiya axborotni ma’no jihatdan hamda formal belgilalariga (tartib raqami, indeksi yoki alifbosi va boshqa narsalarga qarab) to‘g’ri keladigan qidiruvni tashkil etish nazarda tutilgan. Bu g’oya dastlab gipermatn sistemasi(matnli ma’lumotlar kombinatsiyasi bilan ishlaydigan sistema) ko‘rinishida, keyinchalik esa gipermedia (grafika, tovush, video va animatsiyalar kombinatsiyasi bilan ishlaydigan sistema) va ikkita sistemasini o‘zida mujassamlashtirgan multimedia sifatida kompyuterda realizatsiya qilingan.
XX asrning 80 yilning oxirida multimedia texnologiyalarni ijtimoiy sohaga qo‘llanishi kompyuter sohasi bo‘yicha biznesmen amerikalik Bill Geys bilan bog’liq. U amaliyotda tasvir, tovush, animatsiya, gipermatnli sistemalarni foydalanib, muzeyning invertar ma’lumotlar ombori asosida multimediali mahsulotni yaratish hamda amaliyotda tadbiq qilish g’oyasini yaratdi.Bu mahsulot “National Art Gallery London” deb nomlanadi. Bu mahsulot o‘z ichiga multimedianing uchta asosiy prinsipini mujassamlashtirgan.
Inson qabul qiladigan muhitlarning kombinatsiyalangan to‘plami yordamida axborotni taqdim etish;
Mahsulotda mavjud axborotni qidiruv ishining erkinligi; Interfeysning tasviriy dizayni va navigatsiya vositasi;
“Multimedia” atamasini talqin qilish bir nechta tushunchalarni birlashtiradi.
Tovush – tovushni ijro etilishi va saqlanishi, yuborilishi, qayta ishlanishi, tovush yozuviga tegishli barcha narsalar kiradi;
Tasvir– raqamli ko‘rinishdagi tasvir olishning barcha usullari, tasvirni qayta ishlash, yuborish, saqlash, turli xil to‘plagichlarda aks ettirish va tarqatish;
Video – harakatlanuvchi tasvirlar sifatida qo‘yilgan kadrlar ketma-ketligi bilan bog’liq barcha jarayonlar kiradi;
Multimediahujjatlar– matnni tasvir va tovush bilan birgalikda qo‘llanishi;
Multimedialiprezentatsiyalar– video, animatsiya, turli xil grafikalar, tovush hamda matnlarni birlashtirish ishini bajaruvchi kompyuter maxsulot.
Multimedialidisklar– interaktiv multimediali menyularni multimedia- prezentatsiya bilan birgalikda ishlatilishi;
Multimedia saqlanadigan joy va ma’lumotlar ombori – ma’lumotlarni olish va qidirish texnologiyalarida saqlashda yangicha yondashuvlarni hamda murojaatlar taqsimlanishini yaxlitligini ta’minlashni talab etadigan multimediali ma’lumotlarning katta massivlari;
Multimedia - (inglizchada. multimedia, lotincha multum - ko‘p, media, medium - biror narsa to‘plangan joy, vosita) - yagona axborot tizimi ko‘rinishida tashkilashtirilgan,turli xil ma’lumotlar bilan dialog rejimida ishlash imkoniyatini beruvchi apparat va dasturiy vositalar kompleksi hisoblanadi.
Multimediatizimi– bu audio, video, animatsiya va grafik ko‘rinishidagi ma’lumotlarni hosil qilish, qayta ishlash, saqlash va chiqarish kabi amallarni bajarishga qaratilgan multimedia vositalari va texnologiyalari majmuidir. Multimedia tizimining asosiy xarakteristikasi bu foydalanuvchiga audio, video, animatsiya, grafika ko‘rinishdagi
ma’lumotlarni yuqori sifatda namayon etishdir. Shu bilan birga ularning ozaro bog’liqlikda va bir birini to‘ldirgan holda foydaaninsh imkoniyatining mavjudligidir.
Multimedialitizimlarbilanqaytaishlanadiganaxborotturlari. Grafik axborot – surat, rasm, fotosurat, chizma, sxemalar ko‘rinishidagi axborot. Multimediada rang – axborotni tasvirlashning asosi hamda, ekranda har bir pikselni xarakteristikasi hisoblanadi va son bilan kodlashtiriladi.