Oyoq venalarining varikoz kasalligi


Klapanning sistolik shovqini



Yüklə 346,74 Kb.
səhifə17/32
tarix20.11.2023
ölçüsü346,74 Kb.
#164749
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

1. Klapanning sistolik shovqini, II ohang aortal komponentning susayishi, sistolik tebranish.
2. Chap qorincha komponentlari (fizikal tekshirishlar yordamida, EKG, rentgenoskopiya, exokardiografiya,yurak bo‘shlig‘ini zondlash yordamida aniqlanadi).
3. Yurak faoliyati hajmiga bog‘liq alomatlar – darmonsizlik, bosh og‘rigi, bosh aylanishi, past arterial qon bosimi, sekin puls.
Differensial diagnostikasi. Yurak nuqsoni alomatlarining 20 foiz hollardagina kuzatilishi, shuningdek aorta o‘zagi stenozi alomatlarining bir qator yurak-qon tomir kasalliklari klinikasi bilan o‘xshashligi yurak asosida nuqsonlarini diagnostika qilishda xatolarga olib keladi. Aorta stenozidagi sistolik shovqinni yurakning tug’ma nuqsonlarida (aorta koarktatsiyasi, o‘pka arteriyasi o‘zagi stenozi) yurak asosida eshitiladigan shovqindan, aorta kengayganida (gipertonik kasallik, aorta aterosklerozi) vujudga keladigan aorta o‘zagining nisbiy stenozidagi shovqindan, shuningdek yosh sog‘lom kishilar yuragining asosida eshitiladigan funksional shovqindan differensirlash lozim.
Klinikasi.Aortal stenoz kompensatsiya davrining uzoqligi bilan xarakterlanadi. Bemorlarning shikoyatlari yo‘q, ular yurak nuqsoni borligi haqida shubha ham qilishmaydi. Uzoq kompensatsiya davrida keyin tezda yurak yetishmovchiligi yurak astmasi xurujlari bilan rivojlanadi. Keyinchalik jigarning kattarishi, venoz qon bosimining kutarilishi va shishlar bilan ifodalanadigan o‘ng qorincha yetishmovchiligi boshlanadi. Vaqt o‘tishi bilan kasallik alomatlari paydo bo‘ladi va kasallik xotimasi keskin yomonlashadi. Ifodalangan anginoz alomatlar paydo bo‘lgandan keyingi o‘rtacha yashash – 3 yil 11 oyni, umumiy yurak yetishmovchiligida 7 oyni tashkil qiladi. Aortal stenoz alomatlaridan biri – hushdan ketish, stenokardiya yoki chap qorincha yetishmovchiligining paydo bo‘lishi – bemorning 2-4 yil umri qolganligidan dalolat beradi.
Aorta klapani yetishmovchiligi
Aorta klapani yetishmovchiligi ko‘pincha aorta stenozi, mitral va trikuspidal klapanlar nuqsoni bilan birgalikda uchraydi, alohida esa 3,7% hollardagina uchraydi.
Ushbu nuqson yosh va o‘rta yoshli kishilarda, asosan erkaklarda (ayollardan 10 marta ko‘p) uchraydi.

Yüklə 346,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin