Oyoq venalarining varikoz kasalligi



Yüklə 346,74 Kb.
səhifə25/32
tarix20.11.2023
ölçüsü346,74 Kb.
#164749
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

Klinika va diagnostikasi. Mitral stenozning kompensatsiya bosqichida bemorlar shikoyat bildirmaydilar va ularning tashqi ko‘rinishi o‘zgarmaydi. Kichik qon aylanish doirasida bosim oshganda, jismoniy mehnat vaqtida hansirash va yurakning tez urishi, keyinchalik esa yurak astmasi xuruji va o‘pkaning shishi paydo bo‘ladi. “Birinchi”, keyinchalik “ikkinchi” to‘siqning mavjudligi natijasida yurakning minutlik hajmi adekvat ko‘tarilmasligi kuchli darmonsizlik va tez charchashga sabab bo‘ladi. Titroq aritmiyadan oldingi davrda bo‘lmacha ekstrasistolasi kuzatiladi. Bemorlarning tashqi ko‘rinishida ham bu davrda o‘ziga xos o‘zgarishlar bo‘ladi; umumiy oqish rang fonida yuzlarda “mitral” qizillik, burun, quloq va barmoq uchlarida sianoz, jismoniy harakatda sianoz kuchayadi va teri qavati kulrang tusga kiradi. To‘shning chap tomonida III-IV qovurg‘a oralig‘i va epigastral sohasida pulsatsiya ko‘rinadi(gipertrofiyaga uchragan o‘ng qorinchaning qisqarishi). Yurakning uchi qismida diastolik titrash – “mushuk xurillashi” paypaslaganda aniqlanadi. Bu qisilgan mitral teshikdan o‘tayotgan qonning kichik chastotali tebranishi bilan tushuntiriladi.
Auskultatsiyada: Kuchaygan I ohang (qarsillovchi) va mitral klapanlarning ochilishi ohangi xarakterli musiqiy – “bedana ritmi” ohangini beradi. Bu ohang bemor chap yonboshida yotganida va nafas chiqarganda juda yaxshi eshitiladi. Mitral klapanlar ochilishi ohangidan keyin darrov past tembrli va turli intensivlikdagi protodiastolik shovqin eshitiladi. Klapan apparatining chuqur o‘zgarishlarida I ohang yo‘qoladi. O‘pka gipertenziyasi va uch tavaqali klapan yetishmovchiligida – chap tomondan II qovurg‘a oralig‘ida kuchaygan va bo‘lingan ikkinchi ohang, xanjarsimon o‘simta ustida esa – sistolik shovqin eshitiladi. Puls mayin, kuchsiz, titrash boshlanganda – aritmik, arterial qon bosimi me’yorda.
EKGda: R tishcha kattalashgan, kengaygan. ba’zan bo‘lingan – chap bo‘lmacha zo‘riqishi alomatlari; S-T intervalning II va III uzatmalarda izoelektrik chiziqdan pastga surilishi va yurakning elektrik o‘zagining pastga, o‘ngga surilishi – o‘ng qorincha zo‘riqishi va gipertrofiyasi alomati bo‘lib, diagnostika va asosan mitral stenozni differentsial diagnostika qilish uchun juda qimmatli ma’lumot hisoblanadi.

Yüklə 346,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin