Oyoq venalarining varikoz kasalligi


-funksional sinf og‘irlikda



Yüklə 346,74 Kb.
səhifə28/32
tarix20.11.2023
ölçüsü346,74 Kb.
#164749
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

1-funksional sinf og‘irlikda bemorlar xirurgik yo‘l bilan davolanmaydi, chunki kompensator mexanizm, revmatizmni fasliy profilaktikasi qon aylanishini turg‘un kompensatsiyada uzoq vaqt ushlab turadi.
2-funksional sinfda operatsiyaga ko‘rsatmalar nisbiy. Bemor hayotini uzoq vaqtgacha asoratsiz saqlab turadigan operatsiyalar bajarish mumkin. (yopiq mitral komissuratomiya, rekonstruktiv operatsiyalar).
3- va 4-funksional sinflarda operatsiyaga ko‘rsatmalar- konservativ davolash qon aylanishini vaqtinchalik me’yorda ushlab turadi. Revmatik protsessning faolligi operatsiyaga monelik qilolmaydi, adekvat korreksiya qilingan bo‘lsa, operatsiyadan keyingi revmokardit residivlari juda kam uchraydi. Xirurgik operatsiyaga yakkayu-yagona monelik – kasallikning terminal distrofik bosqichidir, bunga miokard va boshqa a’zolarda, asosan jigardagi qaytmas o‘zgarishlar samarali natijaga umid bog‘lashga qo‘ymaydi.
Mitral klapan nuqsonlarini korreksiyalash usulini to‘g‘ri va qat’iy tanlash juda muhimdir. Yakka mitral stenozi yoki klapanlar tuzilishidagi chuqur o‘zgarishlarsiz mitral klapanlar restenozi, shuningdek xamrox mitral yetishmovchilik bo‘lganda yoki 1 darajali kalsinoz bilan bo‘lgan bemrlarga yopiq mitral komissuratomiya ko‘rsatma bo‘ladi. Boshqa hamma hollarda, klapan yuqumli endokarditida, postinfarkt nuqsonlarda, II – III darajadagi kalsinozda eng samarali operatsiya – klapanlarning mexanik va biologik protez bilan almashtirishdir.


UCh TAVAQALI KLAPAN NUQSONLARI
Yurakning revmatik nuqsonlari bilan og‘rigan bemorlarning 12-27 %da uch tavaqali klapan nuqsoni uchraydi. Bu klapanlar stenoziga har doim organik yoki funksional xarakterdagi yetishmovchilik hamroh bo‘ladi.
Etiologiyasi. Bu nuqsonning asosiy sababi revmatizm, travmatik shikastlanish va yuqumli endokarditdir. Uch tavaqali klapanning nisbiy yetishmovchiligi mitral va aortal klapanlarning nuqsonida rivojlanadigan gemodinamik o‘zgarishlar natijasida vujudga keladi, vaholanki bu nuqsonlar birgalikda uchraydi.
Uch tavaqali klapan nuqsoni mitral klapan nuqsoni rivojlanishiga anologik ravishda vujudga kelishi bilan bir vaqtda uch tavaqali klapanning anatomo-fiziologik xususiyatlarining o‘ziga xosligi uning tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarning kamroq ifodalanishiga, tavaqalar harakatining saqlanib qolishiga va kalsinozning bo‘lmasligiga sabab bo‘ladi. Tavaqalarning qalinlashishi kuzatiladi, komissuralar, asosan oldingi to‘siqli komissuralar yopishadi, fibroz halqa kengayadi.



Yüklə 346,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin