Oyoq venalarining varikoz kasalligi



Yüklə 346,74 Kb.
səhifə27/32
tarix20.11.2023
ölçüsü346,74 Kb.
#164749
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

Klassifikatsiyasi. VI Ukraina kardiologlar Kongressi tomonidan (Kiyev, 2000) qabul qilingan tasnifda mitral klapan stenozining rivojlanishiga ko‘ra 5 bosqichi tafovut qilinadi:
I bosqich – qon aylanishning to‘liq kompensatsiyalangan bosqichi. Bemorda hech qanday shikoyatlar bo‘lmaydi. Faqat obyektiv tekshiruvda mitral stenozga xos belgilar aniqlanadi. Mitral teshik yuzasi 3-4 sm2, chap bo‘lmacha o‘lchami 4 smdan katta emas. Jarrohlik amaliyoti bajarilmaydi.
II bosqich – qon aylanishning nisbatan buzilishi bochqichi. Bemorda jismoniy zo‘riqishda kuchayadigan hansirashdan shikoyat qiladi. Kichik qon aylanish doirasida gipertenziya, bir oz venoz bosimning oshishi kuzatilsada, biroq qon aylanishning yetishmovchiligini ifodalaydigan belgilar kuzatilmaydi. Mitral teshik yuzasi 2 sm2 atrofida, chap bo‘lmacha o‘lchami 4-5 sm. Jarrohlik amaliyoti jarayon avj olishini to‘xtatadi va yaxshi natija beradi.
III bosqich – qon aylanishning buzilishining boshlang‘ich ifodalangan bosqichi. Bu bosqichda kichik va katta qon aylanish doirasida dimlanish xos bo‘ladi. Yurak o‘lchami kattalashadi. Venoz bosim sezilarli oshadi. Jigarning kattalashuvi ko‘zga tashlanadi. Mitral teshik yuzasi 1-1,5 sm2, chap bo‘lmacha o‘lchami 5 sm va undan kattaroq. Jarrohlik amaliyotini bajarish uchun qulay fursat o‘tgan, biroq uni qilish zarur.
IV bosqich – katta qon aylanish doirasida sezilarli dimlanishi bilan birga qon aylanishning buzilishining o‘tkir ifodalangan bochqichi. Yurak o‘lchami sezilarli kattalashadi. Jigar kattalashgan, qattiq. Yuqori venoz bosim. Ba’zida kam miqdorda assit va periferik shishlar. Bu bosqichda bemorda titroq aritmiya ham kuzatiladi. Mitral teshik yuzasi 1 sm2 dan kichik, chap bo‘lmacha o‘lchami 5 sm dan katta. Jarrohlik amaliyotini bajarish muammoga aylanadi.
V bosqich – V.X.Vasilenko va N.D. Strajesko bo‘yicha qon aylanish yetishmovchiligining terminal distrofik bosqichi. Yurak o‘lchamining juda kattalashuvi, katta jigar. Venoz bosimning o‘tkir ko‘tarilishi, assit, ko‘p miqdordagi periferik shishlar. Bemorda doimiy, hatto tinch paytda hansirash kuzatiladi. Mitral teshik yuzasi 1 sm2 dan kichik, chap bo‘lmacha o‘lchami 5 sm dan katta. Jarrohlik amaliyotini bajarish mumkin emas. Terapevtik davo ham yaxshi natija bermaydi.
Mitral klapanda bajariladigan operatsiyaga ko‘rsatma va moneliklarni 2 aspektda ko‘rib chiqish mumkin:
1) bemor ahvolining og‘irligiga bog‘liq ravishda.
2) nuqsonni korreksiyalash usulini tanlash.

Yüklə 346,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin