Oyoq venalarining varikoz kasalligi


Xirurgik davolashga ko‘rsatma



Yüklə 346,74 Kb.
səhifə31/32
tarix20.11.2023
ölçüsü346,74 Kb.
#164749
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

Xirurgik davolashga ko‘rsatma:
Hozirgi vaqtda faqat klapanlar plastikasi va protezlash operatsiyalari qo‘llaniladi, chunki yopiq komissurotomiya natijalari nuqsonni adekvat korreksiyalab bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Gemodinamik o‘zgarishlari ahamiyatga molik bo‘lgan hamma organik nuqsonlarda, agar klapanlarda qo‘pol morfologik o‘zgarishlar bo‘lmasa, shuningdek II-III darajali nisbiy yetishmovchiliklarda plastik operatsiyalar qo‘llaniladi. Tavaqalar va klapan osti tuzilmalarning qo‘pol o‘zgarishlaridagina protezlash operatsiyalari bajariladi.


YURAK ORTTIRILGAN NUQSONLARINI XIRURGIK
DAVOLASH PRINSIPLARI
Sun’iy qon aylanish sharoitida yurak klapanlarida bajariladigan xirurgik operatsiyalarga (“ochiq”) – klapanlarni turli sun’iy protezlar bilan almashtirish va “rekonstruksiya”- plastik operatsiyalar kiradi.
Sun’iy qon aylanish (SQA) sharoitida qilingan operatsiyalar usuli yurak ichidagi bosqichdan tashqari deyarli quyidagi sxema bo‘yicha bo‘ladi: yurakka kirish uchun o‘rta sternotomiya bajariladi. Bu ham bitta klapan, ham bir nechta klapanlarning kombinirlangan nuqsonini korreksiya qilishda eng optimal yo‘l hisoblanadi. Perikard ichi chandiqlari faqat plastik operatsiyalar rejalashtirilgandagina qirqiladi. Boshqa hollarda chandiqlar ichidan faqat aorta, kovak vena va yurakning o‘ng bo‘limlari ajratib olinadi.
Sun’iy qon aylanish appparatini ulash uchun venoz kanyulyalarni ikkala kovak venaga, arterial kateter esa ko‘tariluvchi aortaga yuboriladi. Gipotermik sharoitda tana harorati 25-27 0S gacha pasaygan va yurak fibrillyatsiyasi boshlangach sun’iy qon aylanishi ulanadi va aortaning ko‘tariluvchi qismi ko‘ndalang qisqich bilan qisiladi.
Yurakdagi qonni chiqarish turli klinikalarda turli usul bilan bajariladi. Chap qorincha drenaji yurak uchi yoki chap bo‘lmacha orqali kiritiladi. Ko‘pchilik jarrohlar kanyulyani o‘ng qorinchaning chiqish qismi orqali o‘pka arteriyasi o‘zagiga yuboradi va shu bilan chap qorinchaning to‘liq drenajlanishini ta’minlaydi.
Bundan so‘ng operatsiyaning ikkinchi bosqichi boshlanadi – yurak ichi bosqichi. Bu bosqich tugagach, yurak bo‘shliqlari germetikligiga erishilgan va ular qon bilan to‘ldirilgach aortadan qisqich olinadi va kerak bo‘lsa fibrilyator bilan yurak ishi qayta tiklanadi.
Agar gemodinamika stabil bo‘lsa, sun’iy qon aylanish to‘xtatiladi va dekonyulyatsiya qilinadi. Havoli emboliya bo‘lmasligi uchun chap qorinchani drenajlash, yurakni qon bilan to‘ldirish va massaj qilish, qisqichni olishdan oldin va keyin aortani hamda chap qorincha uchini punksiya qilish lozim.
Yurak ritmi buzilishini (bradikardiyani) profilaktika qilish maqsadida o‘ng qorincha miokardiga ikkita vaqtinchalik elektrod tashqi kardiostimulyatsiya uchun o‘rnatiladi. Operatsiya perikard va ko‘ks bo‘shlig‘ini drenajlash, perikardga chok qo‘yish, teri osti kletchatka va terini tikish bilan yakunlanadi.



Yüklə 346,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin