Mavzu : Ajinatepa va Mingo'rik reja: I. Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix03.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#106755
Ajinatepa




Mavzu : Ajinatepa va Mingo'rik 
 
REJA: 
I. Kirish. 
II. Asosiy qism: 
1. Mingo'rik manzilgohini o'rganilish tarixi. 
2. Ajinatepa manzilgohini o'rganilish tarixi. 
3. Mingo'rik va Ajinatepa topilmalari va madaniyatning o'ziga xos jihatlari. 
III. Xulosa. 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
Ajinatepa – budda ibodatxonasi harobasi saqlangan tepalik (6–8 
asrlar). Qo‘rg‘ontepa sh. (Tojikiston Respu-blikasi)dan 12,5 km sharqda. 
Tojikiston arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan qazib o‘rganilgan (1961–69).
Ibodat-xona va monastirdan iborat 2 qismli inshoot (100x50) topilgan. 
Qazishmalar davrida besh yuzdan oshiq san’at yodgorliklari –
 haykallar, naqshlar, devoriy rasmlar va ularning parchalari 



topilgan. Buddaning o‘lim to‘shagida yotgan 12 m li haykali va sovg‘a 
keltirayotganlarning devoriy rasmlari muhim tarixiy ahamiyatga ega 
AJINATEPA — budda ibodatxonasi xarobasi saqlangan tepalik (6—8-a. 
lar). Qoʻrgʻontepa sh. (Tojikiston Respublikasi)dan 12,5 km sharqda. Tojikiston 
arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan qazib oʻrganilgan (1961—69). Ibodatxona va 
monastirdan iborat 2 qismli inshoot (100×50) topilgan. Qazishmalar davrida besh 
yuzdan oshiq sanʼat yodgorliklari — haykallar, naqshlar, devoriy rasmlar va 
ularning parchalari topilgan. Buddaning oʻlim toʻshagida yotgan 12 m li haykali va 
sovgʻa keltirayotganlarning devoriy rasmlari muhim tarixiy ahamiyatga ega. 






MINGOʻRIK – arxeologik yodgorlik, qadimiy shahar xarobasi qoldigʻi (1–13-
asrlar). Mahalliy aholi oʻrtasida u Afrosiyob tepasi nomi bilan ham mashhur 
boʻlgan. Toʻrtburchak arkka yondoshgan minora-qasr va shahristonning tepalikka 
aylangan hududidan iborat. 19-asrga oid shahar xaritasida maydoni 30–35 ga 
ekanligi koʻrsatilgan.



Toshkent temir yoʻl vokzali yaqinida, Salor kanali sohilida joylashgan; shahar 
xarobasi oʻrnida 19-asrda katta oʻrikzor boʻlganligi uchun shunday atalgan. Hozir 
shahar qurilishi munosabati bilan Mingoʻrik hududining oldingi relyefi va 
yodgorlikning madaniy qatlami buzilib ketishi natijasida Mingoʻrikning bir 
qismigina saqlangan. Birinchi marta 1896-yil (Ye.T. Smirnov, N.S.Likoshin 
tomonidan), keyin 1912-yil (A.I.Dobrosmislov, Turkiston arxeologiya havaskorlari 
toʻgaragi aʼzolari tomonidan) qayd qilingan. 20-yillarda M.Ye.Masson, 40–50-
yillarda T.Mirgʻiyosov, V.I.Sprishevskiy, Yu.F.Buryakov arxeologiya kuzatish 
ishlari olib borgan. 



Birinchi qazish ishlari Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti (Yu.F. 
Buryakov, D.G.Zilper, O.V. Obelchenko) tomonidan oʻtkazilgan, 1968-yildan 
Toshkent arxeologiya eks¬peditsiyasi mazkur arxeologik yodgorlikni oʻrganishni 
boshlagan. Uning ishlari 2008-yildan davom ettirilmoqda. Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining 2200-yilligini nishonlashga 
tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga (2008-yil 2-aprel) 
muvofiq, Mingoʻrik shahar xarobasi qoldiqlari konservatsiya qilindi (2008). 



Mingoʻrikda olib borilgan ilmiy tekshirishlar natijasida shahriston (15 gektar) va 
ark (0,5 gektar) maydonlari, shahar hayotining 3 asosiy bosqichi aniqlangan. 
1-bosqichda oʻziga xos xochsimon tarhli, uchta ichki gumbazli xonalari boʻlgan 
mahobatli meʼmoriy-qurilish majmui bunyod etilgan. Bino devor bilan oʻralgan. 
Oʻz davrida bino bir necha marotaba taʼmirlangan, yarim aylana burj va moʻlalari 
oʻsib borgan, shu bilan birga asrlar mobaynida binoning asosiy vazifasi saqlanib 
qolgan.



Bu majmua tepasidagi otashgohda oʻt yoqish va undan hosil boʻlgan muqaddas 
kullarni muntazam ravishda toʻplab, yigʻib borish bilan bogʻliq boʻlgan. Qurilish 
qoldiqlari va funksional belgilar tahliliga koʻra, bino milodning dastlabki asrlarida 
oʻt va quyoshga topingan mahalliy aholi tomonidan qurilgan. Tadqiqot natijalari 
Toshkent vohasi qadimda Qangʻ davlatining milodning boshlaridagi diniy 
markazlaridan biri boʻlgan, deb hisoblash imkonini berdi. Uning atrofida, 
kelajakdagi ilk shahar markazi shakllangan. 2-bosqichda (5–6-asrlar) shahar tez 
surʼatda rivojlanib, aholi soni oshib borishi natijasida mustahkam ark va 
shahristonga ega yirik shahar markaziga aylangan. 7-asr boshida shahar Chochning 
poytaxti boʻlgan. Arab manbalarida tilga olingan “Madinat ash-Shosh” shu 
yodgorlikning aynan oʻzi deb hisoblanadi. 3-bosqichda (7–8-asrlar) shahar eng 
yuksalgan davrda boʻlgan. Barcha meʼmoriy qurilish uslublari majmuasi, ichki 
bezaklarda hashamatli devoriy tasvir va naqshlardan foydalanish, uy-roʻzgʻor 
asbob-uskunalari, idishlar Mingoʻrikning umumsoʻgʻd madaniyati asosida Soʻgʻd, 
Fargʻona va Oʻrta Osiyoning boshqa joylari bilan mustahkam aloqada 
rivojlanganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga shahar turmush tarzida 
koʻchmanchi qabilalarning taʼsiri katta boʻlgan. Shahar qurilishi kengayib borgan 
sari eski qalʼa devorlari torlik qilib, uning xarobalari ustiga shahriston uylariga 
nisbatan salobatli qasr majmuasi – Choch hukmdorlarining saroyi qurilgan. 
Saroyda supa va naqshinkor ustunli hashamatli xonalar va ibodatxonalardan 
tashqari qoʻshimcha xonalar (xoʻjalik ehtiyojlari uchun) ham boʻlgan. Bu davrda 
Choch oʻlkasi Turk xoqonligiga tobe boʻlgan. Sanʼat va madaniyat rivojlangan. 
Manbalarda qayd etilishicha, musiqa va raqs sanʼati, ayniqsa, yuksak pogʻonaga 
chiqqan. 8-asr boshlarida Choch poytaxti xarobaga aylangan. 10-asrda 
Mingoʻrikning bir qismidagina hayot tiklangan va 13-asrgacha davom etgan. 
Markaz yangi shahar – Binkatga koʻchirilgan. 


10 
Mingoʻrik, Mingoʻriktepa — qad. shahar harobasi (1 —13-a.lar). Mahalliy aholi 
oʻrtasida Afrosiyob tepaligi nomi bilan ham mashhur boʻlgan. Minoraqasr 
(toʻrtburchak arkka yondoshgan) va shahristonning tepalikka aylangan hududidan 
iborat. Toshkent t.y. vokzali yaqinida, Salor kanali sohilida joylashgan; shahar 
harobasi oʻrnida 19-a.da katta oʻrikzor boʻlganligi uchun shunday atalgan. Hoz. 
shahar qurilishi munosabati bilan yodgorlikning madaniy qatlami buzilib ketishi 
natijasida M.ning bir qismigina saqlangan. Imarta 1896 y. (Ye. T. Smirnov, N. S. 
Likoshin tomonidan), keyin 1912 y. (A. I. Dobrosmislov, Turkiston arxeologiya 
havaskorlari toʻgaragi aʼzolari tomonidan) qayd qilingan. 20-a.lar M. Ye. Masson 
arxeologik kuzatish ishlari olib borgan. 1qazish ishlari Oʻzbekiston FA Tarix va 
arxeologiya instituti (Yu. F. Buryakov, D. G. Zilper, O. V. Obelchenko) tomonidan 
oʻtkazilgan. 1968 y.dan Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi davom ettirmoqda.
Bu ishlar natijasida shahriston (15 ga) va ark (0,5 ga) maydonlari, shahar 
hayotining 3 asosiy bosqichi aniqlangan. 1-bosqich 1—4-a.larga mansub boʻlib, 
ichki turar joy kompleksini muhofaza qilgan uzun yoʻlakli, qoʻshqator qalʼa 
devorlari qoldigʻi topilgan. Devor tashqarisida unga yondoshtirilib qurilgan 


11 
toʻrtburchakli burj va moʻlalar boʻlib, ularning orasi 12 m ga teng boʻlgan. 2-
bosqichda (5—6-a.lar) shahar tez surʼ-atda rivojlanib, aholi soni oshib borishi 
natijasida mustahkam ark va shahristonga, eng yirik shahar markaziga aylangan. 6-
a. oxirida shahar Chochning poytaxti boʻlgan.
Arab manbalarida tilga olingan "Madinat ash-Shosh" shu yodgorlikning aynan oʻzi 
deb hisoblanadi. 3-bosqich (7—8-a.lar) Arab xalifaligining Chochga yurishi 
arafasida shahar eng kjsalgan davr boʻlgan. Barcha meʼmoriy qurilish uslublari 
kompleksi, ichki bezaklarda hashamatli devoriy tasvir va naqshlardan foydalanish, 
uy-roʻzgʻor asbob uskunalari, idishlar M.ning umumsugʻd madaniyati asosida 
Sugʻd, Fargʻona va Oʻrta Osiyoning boshqa joylari bilan mu-stahkam aloqada 
rivojlanganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga shahar turmush tarzida 
koʻchmanchi qabilalarning taʼsiri katta boʻlgan.
Shahar qurilishi kengayib borgan sari qalʼa devorlari torlik qilib, uning harobalari 
ustiga shahriston uylariga nisbatan salobatli saroyqasr kompleksi — Choch 
hukmdorlarining saroyi qurilgan. Saroyda supa va naqshinkor ustunli hashamatli 
xonalar va ibodatxonalardan tashqari qoʻshimcha xonalar (xoʻjalik ehtiyojlari 
uchun) ham boʻlgan. Bu davrda Choch oʻlkasi Turk xoqonligiga tobe boʻlgan. 
Manbalarda qayd qilinishicha, musiqa va raqs sanʼati ayniqsa, yuksak pogʻonaga 
chiqqan. 8-a. boshlarida Choch poytaxti arab xalifaligi istilochilari tomonidan 
vayron qilinib, harobaga aylantirilgan. 10-a.da M.ning bir qismidagina hayot 
tiklangan va 13-a. gacha davom etgan. Markaz yangi shahar — Binkatga 
koʻchirilgan. 
 
 
 
 
 


12 
 
Foydalanilgan web-saytlar ro’yxati 
1. 
www.qomus.uz
 
2. 
www.meros.uz
 
3. 
https://meros.uz/object/mingorik-shahar-xarobasi-
 
4. 
https://qomus.info/oz/encyclopedia/a/ajinatepa/
 
5. 
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ajinatepa
 
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin