Hushdan ketish sabablari



Yüklə 73,26 Kb.
tarix04.05.2023
ölçüsü73,26 Kb.
#107199
Hushdan ketish sabablari va hushdan ketganda birinchi yordam ko


Hushdan ketish sabablari va hushdan ketganda birinchi yordam ko‘rsatish

Hushdan ketish sabablari


Hushdan ketishga sabablar ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularni 4 guruhga birlashtirsak bo‘ladi.

  • Bosh miyaga qon oqib kelishi buzilganda;

  • Qonning kislorod bilan to‘yinmasligidan;

  • Metobolik buzilishlar oqibatida (miyaning oziqlanishi buzilganda);

  • Bosh miya nerv tolalari orqali impulslar o‘tishi buzilganda yoki miyada patologik qo‘zg‘alish o‘choqlari paydo bo‘lganda.

Hushdan ketganda birinchi yordam ko‘rsatish


H ushdan ketganda birinchi yordam ko‘rsatilishi shart, ko‘p hollarda bu holatga sabab aniq bo‘lmaydi, shuning uchun muammo jiddiy bo‘lishi mumkin.

  • Hushini yo‘qotgan insonni birinchi navbatda dim xonadan, ochiq toza havoli joyga olib chiqish kerak. Kiyimlarni bo‘shatish, yoqalarni ochish va oyoqlarni biroz yuqoriga ko‘tarish (miyaga ko‘proq qon borishi uchun), yuzga sovuq suv sepish, yuzga yengil urish (miyani qo‘zg‘atish uchun) zarur;

  • Uyqu arteriyasida puls va nafas olishni tekshirish kerak. Agar ular aniqlanmasa zudlik bilan paxtaga shimdirilgan novshadil spirtini burun yo‘llariga tekkizish zarur;

  • Agar bemor es hushiga kelmasa, uni yon tarafiga yotqizing. Uning tili nafas yo‘llarini berkitib qo‘ymasligi zarur, bundan tashqari ba’zida hushdan ketganda bemor qusishi ham mumkin, yon tarafga yotqizilsa, qusuq massasi nafas yo‘llariga o‘tmaydi;

  • Bemorni joyidan ko‘chirmaslikka yana bir ko‘rsatma – epilepsiyadir. Bunday holatda bemorning boshi va tana qismini tashqi biror bir qattiq jism bilan jarohatlab olmasligini ta’minlash kerak;

Yüklə 73,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin