Oyoq venalarining varikoz kasalligi



Yüklə 346,74 Kb.
səhifə16/32
tarix20.11.2023
ölçüsü346,74 Kb.
#164749
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

Perkutor tekshirilganda - kompensatsiya bosqichida – yurakning nisbiy to‘mtoqligi chegarasi o‘zgarmagan; yurak yetishmochiligi rivojlanganda esa – yurakning chap chegarasi chetga va hatto qon-tomir tutam ostigacha suriladi.
Auskultativ tekshirilganda - to‘shdan o‘ng tomonda 2-qovurg‘a oralig‘i sohasida II tonning susayishi yoki yo‘qolishi, shuningdek qo‘pol tembrli, turli intensivlik va davomiylikdagi sistolik shovqin eshitiladi.
EKGda- kasallikning dastlabki bosqichlarida o‘zgarishlar yo‘q. Keyinchalik yurakning elektrik chizig‘i chapga siljigan, S-T pastga tushadi. I va II standart va ko‘krak uzatmalarida manfiy T-tishcha paydo bo‘ladi. Bo‘lmacha-qorincha tutami chap oyoqchasining qamali kuzatiladi.
FKGda - Aorta o‘zagi stenozi uchun sistolik shovqin juda xarakterlidir. Aortal stenozda o‘ng tomonlama 2-qovurg‘a oralig‘i sohasida II ohang (aortal komponent) amplitudasi kamayadi yoki yo‘qoladi.
Rentgenografiyada - kasallikning dastlabki bosqichlarida yurakning chapga kengayishi va chap qorincha uchining “to’mtoqlanishi” kuzatiladi. Yurakning beli yaxshi ifodalanadi. Kasallik ko‘p cho‘zilgan va yanada rivojlanayotgan bo‘lsa, yurak juda kattalashadi va xarakterli konfiguratsiyani egallaydi. Aortal stenoz bilan og‘rigan bemorlarning yarmidan ko‘pida aortaning kutariluvchi qismining kengayishi aniqlanadi. Bu yon proyeksiyada yaxshi ifodalanadi. Rentgenografiyada aortal klapanlarning qotishini aniqlash juda qimmatli ma’lumot hisoblanadi, chunki kalsinozning mavjudligi organik stenozdan dalolat beradi.
Exokardiografiyada- chap qorincha devorining ifodalangan gipertrofiyasi va chap qorinchaning kengayganligi qayd qilinadi.
Yurak bo‘limlarini kateterlash - yurakning o‘ng tomonini kateterlash o‘pka-kapillyar bosimni aniqlashga, ya’ni chap bo‘lmacha, o‘pka arteriyasi va o‘ng qorinchadagi bosimni qayd qilishga yordam beradi. Yurakning chap bo‘limlarini kateterlash, chap qorincha va aorta o‘rtasidagi sistolik gradient bo‘yicha aortal klapanlar stenozi darajasini aniqlashga yordam beradi. Ko‘p ifodalangan sistolik gradient – 30-40 mm. sim.ust.ga teng, stenoz keskin ifodalanganda esa 100 mm.sim.ust.ga teng bo‘ladi. Mitral klapan yetishmovchiligi va hamroh aortal yetishmovchilikni istisno qilish uchun ventrikulografiya va aortagrafiya qilish lozim.
Izolyatsiyalangan aortal stenozga qo‘yiladigan diagnoz 3 guruh alomatlarga asoslanadi:

Yüklə 346,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin